Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#yoshlar_forumi_2021 #молодежный_форум_2021

Yosh auditoriyani qiziqtirgan savollardan biri — Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan qanday qilib bevosita bog‘lanish mumkin

Bu savolga javoban Sherzod Kudbiev fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish maqsadida “Tadbirkor va Soliqchi” telegram guruhi ochilgani va o‘zi uning administratori ekanini maʼlum qildi. Bundan tashqari Facebook va Instagram orqali ham murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda.

Bugungi kunda guruhning 11,5 mingdan ortiq obunachilari bor.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi guruhda qoldirilgan murojaatlarni shaxsan kuzatib boradi va bahsli masalalarning hal etilishini nazorat qiladi.

——————————————

Один из животрепещущих вопросов молодежной аудитории – как можно напрямую обратиться к председателю Государственного налогового комитета

Шерзод Кудбиев рассказал, что он является администратором телеграм-группы «Тадбиркор ва Солиқчи», созданной для приема обращений граждан. Оперативно рассматриваются также обращения и вопросы, оставленные в Facebook и Instagram.

На сегодняшний день в группе больше 11,5 тысяч подписчиков.

Председатель Государственного налогового комитета лично просматривает оставляемые в группе обращения и оказывает содействие в решении спорных вопросов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yoshlar_kuni

Yoshlik — umrning bahori, g‘ayrat-shijoat fasli

Yoshlik — inson umrining bahori, betakror, azmu shijoatga to‘la faslidir. Yoshlik kelgusi umrning qay manzil tomon yo‘nalishini hal etadigan muhim palladir. Yurakda muhabbat, tafakkurda bitmas-tuganmas g‘oyalar jo‘sh urgan bu davrda inson o‘zini dunyoni o‘zgartirishga qodir his qiladi. Ana shu jurʼat insoniyatni buyuk ixtirolar, ilm-fanda ulkan muvaffaqiyatlar qilishga undaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlik — dunyoni yangilashga, odamzodning hayot tarzini yana-da yaxshilashga hissa qo‘shishdek ulug‘ ishda qatnashish uchun har birimizga berilgan takrorlanmas imkoniyatdir.

Bugun yurtimiz yoshlari ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Yangi O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga doston qilayotir.

Shu o‘rinda taʼkidlash joiz, Prezidentimiz boshchiligida bugun yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, mamlakat ertasi bo‘lmish yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini erkin namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda. O‘z navbatida, yoshlar ham bu imkoniyatlarga ilm-fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa ko‘plab sohalarda erishayotgan yutuqlari, olamshumul g‘alabalari bilan munosib javob qaytarishga harakat qilayotir.

Davlat soliq xizmati organlarida ham asosiy kuch bu — yosh kadrlar hisoblanadi. Ularning ishchanligi, izlanishga, o‘rganishga bo‘lgan baland ishtiyoqi boshqa xodimlarni ham g‘ayrat bilan mehnat qilishga, yoshlardan ortda qolmay samarali faoliyat olib borishga undaydi. Hozirda davlat soliq xizmati organlarida 2 ming nafardan ziyod 30 yoshgacha bo‘lgan xodim xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yurtimizning barcha mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, sport va boshqa sohalar bo‘yicha turli tanlovlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash ishlariga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz miqyosida 753 ming nafardan ziyod yosh tadbirkorlar faoliyat yuritmoqda. Shundan 90 mingga yaqini korxona rahbari, 52 mingdan ziyodi yakka tartibdagi tadbirkor, 611 mingdan ortig‘i o‘zini o‘zi band qilgan yoshlardir.

30-iyun — Yoshlar kuni bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan uka-singillarimni samimiy muborakbod etaman!

Shu muqaddas zaminni asrab-avaylash, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish, yurtimizni dunyoning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishdek nihoyatda sharafli ishda yoshlarga ishonishimizni, ularga suyanishimizni taʼkidlab, mana shu masʼuliyatli vazifani vijdonan, sidqidildan ado etishda barcha yoshlarga kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilayman.

Aziz yoshlar, umrning bahorini, g‘ayrat-shijoat faslini munosib yashang! Bayram muborak bo‘lsin!

Sherzod KUDBIYEV,
Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
4-sektor rahbari rishtonlik yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlar muammolarini bevosita joylarda o‘rganish va hal etish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlar bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish maqsadida Rishton tumanida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Adxamjon Tillavoldiyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida sektor rahbariga 30 nafar yoshlardan turli murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 21 tasiga joyida ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan 9 ta murojaat mas’ullarga biriktirildi.

Yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida murojaatchilarga uchrashuv jarayonida 17 ta tikuv mashinasi, 1 ta multikultivator, 1 ta dori sepish uskunasi va boshqa texnik-uskunalar topshirildi.

Shuningdek, “Beshta muhim tashabbus” o‘z ifodasini topgan tadbir davomida 4 ta sektor hududida istiqomat qilayotgan yoshlar o‘rtasida osh tayyorlash bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Uchrashuv yakunida bellashuv g‘oliblari, qator faol yoshlar, shuningdek, muddatidan avval grant asosida oliy o‘quv yurtiga qabul qilingan o‘quvchi yoshlar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

#yoshlar_bilan_uchrashuv

Telegram
I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rishton tumanida o‘tkazilgan yoshlar bilan uchrashuv tafsilotlari

©️Farg‘ona TV

#yoshlar_bilan_uchrashuv

Telegram
I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor rahbari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Biz bir bo‘lsak, yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ostida viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Harbiy vatanparvarlik” festivali doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanovning yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Unda yoshlar tomonidan deklaratsiya, o‘zini o‘zi band qilish, yoshlarga berilayotgan soliq imtiyozlari, kredit ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Festival doirasida milliy sport o‘yinlari, shaxmat, rassomchilik, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, kitob savdosi yarmarkalari tashkil etildi.

#4_sektor #yoshlar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt