Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.93K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#bilasizmi

❗️Agar tadbirkorlik subyekti tomonidan nol hisobot topshirganlik soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) maqsadida qilingan bo‘lsa va ushbu holat tasdiqlansa 👉

Soliq kodeksining 223-moddasiga asosan, soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) —yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi yoki mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi ham soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb e’tirof etiladi. Ushbu soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi o‘n ikki oy uchun aniqlanadi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan:
▫️uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
▫️daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
▫️qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar;
▫️koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari;
▫️boshqa imoratlar, binolar va inshootlarga
ega bo‘lgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini to‘laydi.

👉 Soliq kodeksi 418-modda

Eslatib o‘tamiz! Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

👉2023-yil uchun mol-mulk solig‘i stavkalari

👉Batafsil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Fermer xoʻjaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad soligʻi qaytarib beriladi

🗓 Joriy yil 1-apreldan 2024-yil 1-mayga qadar eksperiment tariqasida paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JSHODSni bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etilgan:

🔸
har bir gektar yer uchun oyiga kamida bir nafar ishchining band boʻlishi;

🔸har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanganda;

🔸fermer xoʻjaligi oʻtgan yil yakuni boʻyicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

📃Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda barcha soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan:

🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹avtotransport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agro va vetenariya xizmatlari;
🔹ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

📌Ushbu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

📃Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi:

bolalar, ayollar va sport poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 60 foizni tashkil etsa;

poyabzallarni, charm-attorlik mahsulotlarini va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlarni eksport qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida 80 foizni tashkil etsa.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

📃 Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qanday turdagi yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb e'tirof etiladi?

#bilasizmi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Chiqindilarni qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilgan

📃Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq, chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar👉

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Soliq organlari soliq to‘lovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar bo‘yicha bir martadan ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas (bundan soliq auditini o‘tkazish chog‘ida soliq organiga ma’lum bo‘lmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno).

Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Xodimning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas

📃Mehnat kodeksining 245-moddasiga muvofiq, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bir vaqtning o‘zida belgilanadi (ayni paytda 980 ming so‘m) hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.

Ish vaqtining oylik normasini ishlab bergan va mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini bajargan xodimning mehnatiga haq to‘lashning oylik miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.

O‘z mehnat majburiyatlarini bajargan xodimning mehnatiga soatbay haq to‘lashning eng kam miqdori tegishli kalendar yilda olti kunlik ish haftasidagi ish soatlarining o‘rtacha oylik miqdoriga bo‘lingan, bir oyda mehnatga haq to‘lashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.

❗️Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ish haqiga ustamalar, boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, shuningdek ish vaqtidan tashqari ish, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish, tungi vaqtdagi ish uchun to‘lovlar, tuman koeffitsiyentlariga doir to‘lovlar hamda boshqa kompensatsiyaga oid va ijtimoiy to‘lovlar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga kiritilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt