Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Farg‘onada boshlangan xatlovning birinchi kunida soliq qarzdorlarining 8,1 mlrd so‘m qiymatdagi mol-mulklari xatlovga olindi

So‘nggi yillarda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur sharoitlarni yaratish bilan birga ularga qo‘yilayotgan yagona talab – hisoblangan soliqlarni davlat byudjetiga o‘z vaqtida to‘lab qo‘yish.

Afsuski, besh qo‘l barobar emas deganlaridek, soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan insofli tadbirkorlar bilan birga soliq to‘lashga panja ortidan qarayotgan yoki yaxshigina daromad topayotganiga qaramay turli vajlar bilan to‘lovni ortga surayotgan tadbirkorlar topiladi.

Soliq qarzdorligi yuqori bo‘lgan ana shunday tadbirkorlar bilan uchrashish, undiruv choralarini ko‘rish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda maxsus ishchi guruh tashkil etildi hamda qarzdorlikni mol-mulk hisobidan qoplash uchun xatlov tadbirlari boshlab yuborildi.

Xatlovning dastlabki kunida viloyatdagi 25 ta subyektning 14 nafari 769 mln so‘m miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirdilar.

Shuningdek, qarzdorligi katta bo‘lgan 11 nafar tadbirkorning 8,1 mlrd so‘m qiymatdagi mol-mulklari xatlovga olindi.

Xususan, Farg‘ona shahridagi “Toza hudud” DUK 3,7 mlrd so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun korxonaga tegishli bo‘lgan 3,2 mlrd so‘m qiymatdagi MAN rusumli chiqindi tashish avtomashinasi xatlovga olindi hamda vaqtincha saqlash joyiga olib kirildi.

Qo‘qon shahrida qurilish mollari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Mustahkam taraqqiyot ta’mir” MChJning soliqlardan bo‘lgan 1,1 mlrd so‘m qarzi evaziga 1,5 mlrd so‘m qiymatdagi Shacman rusumli yuk transport vositasi xatlandi.

Qo‘qon shahridagi yana bir korxona “Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari” AJning 4,2 mlrd so‘m soliq qarzdorligi hisobiga jamiyatning rahbar va bosh hisobchisi xonalari muhrlanib, Kamaz va Nexia rusumli avtomobillari jarima maydoniga olib kirib xatlandi.

Shuningdek, Bag‘dod tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvich "Tezkor shinam kurilish" MChJning 160 mln so‘m qiymatdagi yangi qurilgan xonadoni xatlovga olindi.

Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.

#xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
“Qo‘qon paxta tozalash zavodi”ning mol-mulklari xatlovga olindi

Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning barcha shahar va tumanlarida soliq qarzdorliklarini undirish uchun xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Hozirga qadar o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 39 ta tadbirkorlik subyekti 2,9 mlrd so‘m miqdoridagi soliq to‘lovlarni amalga oshirdi.

Shuningdek, qarzdorligi katta bo‘lgan 50 ta subyektning qariyb 30 mlrd so‘m qiymatdagi mol-mulklari xatlovga olindi.

Misol uchun, Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan xatlovda “Qo'qon neftgaz parmalash ishlari” AJning 4,2 mlrd so'm soliq qarzi hisobiga jamiyatning “Lacetti” va “Nexia” rusumli xizmat avtomashinalari jarima maydoniga olib kirilib xatlandi (xatlovning dastlabki kunida qarzdorning Kamaz va yana bir “Nexia” rusumli mashinasi ham xatlovga olingandi).

Shuningdek, tadbirlarda “Qo‘qon paxta tozalash” AJning 592 mln so‘m soliq qarzdorligi uchun jamiyatning ma’muriy binosi hamda “Damas” rusumli transport vositasi xatlandi.

Qo‘qon shahrida ro‘yxatdan o‘tgan yana bir korxona “Qo`qon Poyafzali” MChJning esa 184,3 mln so‘m soliq qarzi evaziga taxminiy qiymati 100 mln so‘m bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinasi xatlanib jarima maydoniga qo‘yildi.

Bundan tashqari, Bag‘dod tumanidagi "Bag‘dod TYFUK"ning 977 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish jarayonida korxonaga tegishli bino inshootlar xatlandi.

Furqat tumani o‘tkazilgan xatlovlarda esa “Sifat qurilish biznes” MChJning soliqlardan bo‘lgan 240 mln so‘m qarzdorligi uchun “Howo” rusumli yuk transport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.

Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.

#xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliqdan qarzdorlarning 48 mlrd. so‘mlik mol-mulki xatlovga olindi

Avval xabar berganimizdek, turli vajlar bilan to‘lanmay kelinayotgan soliq qarzdorliklarini undirish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning barcha shahar va tumanlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Joriy yil iyun oyi boshidan hozirga qadar o‘tkazilgan tadbirlar natijasida soliqdan qarzdorligi mavjud bo‘lgan 12 ta tadbirkorlik subyekti 1,2 mlrd. so‘m miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirdi.

🔹Xususan, Farg‘ona tumanida ro‘yxatdan o‘tgan "Qo‘rg‘on sifat" MChJ vakillari bilan mavjud soliq qarzdorligi yuzasidan o‘tkazilgan suhbat natijasida 310 mln. so‘m miqdoridagi soliqlar davlat byudjetiga to‘lab berildi.

🔹Farg‘ona shahridagi "Sayyor-2017" MCHJdan esa 201 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi.

Bundan tashqari, qarzdorligi katta bo‘lgan 36 ta subyektning qariyb 48 mlrd. so‘m qiymatdagi mol-mulklari xatlovga olindi.

🔹Binobarin, Qo‘shtepa tumanidagi “Texmashservis” MChJning 1,2 mlrd. soliq qarzdorligi uchun jamiyatning bino inshootlari xatlanib, muxrlandi.

🔹Uzoq vaqtdan buyon soliqlar to‘lanmasligi natijasida 5,8 mlrd. so‘m miqdoridagi qarzdorligi yuzaga kelgan “Issiqlik manbai” DUKning ham bino-inshootlari xatlovga olindi.

🔹O‘zbekiston tumanida olib borilgan tadbirlarda esa "Sho'rsuv gisht zavod" MCHJning 82,0 mln.so'm soliq qarzi hisobiga jamiyatga tegishli “Nexia” rusumli transport vositasi xatlanib, vaqtincha saqlash joyiga olib kirildi.

Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.
#xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda

Avval xabar qilinganidek, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning barcha shahar va tumanlarida soliq qarzdorliklarini undirish uchun xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Joriy yil iyul oyida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 71 ta tadbirkorlik subyekti 3,7 mlrd so‘m miqdoridagi soliq to‘lovlarni amalga oshirdi.

Shuningdek, qarzdorligi katta bo‘lgan 55 ta subyektning qariyb 12,5 mlrd so‘m qiymatdagi transport vositalari, bino-inshootlari va boshqa mol-mulklari xatlovga olindi.

Xususan, Marg‘ilon shahrida o‘tkazilgan tadbirda “Mir oil Brend Group” MChJning 534 mln soliq qarzdorligi hisobiga "MAN" rusumli transport vositasini xatlash bilan birga 90 mln so‘m undirildi.

"Farg‘ona savdo majmuasi" MChJning ham soliqlardan bo‘lgan 283 mln so‘m qarzi evaziga jamiyat balansidagi “Nexia3” rusumli transport vositasi xatlovga olindi.

Shuningdek, Dang‘ara tumanida joylashgan “Chinobod agroservis” MTPning 1,06 mlrd so‘m qarzdorligi uchun jamiyatning bino-inshootlari xatlovga olindi.

Qo‘shtepa tumanida o‘tkazilgan xatlovda esa “Ravshan hamkor ta'mirlash” MChJning qarzdorligi uchun 200 mln so‘m qiymatdagi kvartirasi xatlandi.

Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.

#xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Xatlovdan so‘ng qarzdordan 700 mln so‘m undirildi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan MIB viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda soliq qarzdorligi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarida xatlov tadbirlari olib borilmoqda.

Joriy yil oktabr oyining dastlabki 15 kunida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida viloyat bo‘yicha 112 ta tadbirkorlik subyekti 13,1 mlrd so‘m miqdoridagi soliq to‘lovlarni amalga oshirdi.

Shuningdek, qarzdorligi katta bo‘lgan 132 ta subyektning qariyb 31,7 mlrd so‘m qiymatdagi transport vositalari, bino-inshootlari va boshqa mol-mulklari xatlovga olindi.

➡️Xususan, Davlat soliq qo'mitasi vakillari ishtirok etgan tadbirda Qo'qon shahridan ro'yxatdan o'tgan "Qo'qon neft gaz parmalash" AJning katta miqdordagi qarzdorligi hisobiga jamiyatga tegishli transport vositalari xatlanib, jarima maydoniga olib kirildi. Natijada, xatlovdan so‘ng qarzdordan 700 mln so‘m undirildi.

➡️Shuningdek, Uchko‘prik tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan "Elite grand imkon fayz" MCHJning 645 mln so‘m soliq qarzi uchun bino inshootlari xatlanib, 300 mln so‘m undirildi.

➡️Uchko‘prik tumanidagi yana bir qarzdor, velosiped ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi “Mirbas Qo‘qon” MChJning 1,2 mlrd so‘m soliq qarzi mavjud bo‘lib, tashkilotning taxminiy qiymati 6 mlrd so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish dastgohi xatlovga olindi.

Xatlov tadbirlari davom ettirilmoqda.

#xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari #xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari #xatlov

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari

©️Fargona TV

#soliq_xabarlari #xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari

#soliq_xabarlari #xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt