Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.9K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#aksiz_soligi

2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalari:

- O'rtacha 10% ga indeksatsiya qilinadi:
🔸neft mahsulotlari
(yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan);
🔸ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari turlari.

- Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 % miqdorida belgilanadi:
▫️filtrli;
▫️filtrsiz sigaretalar;
▫️papiroslar;
▫️sigarillalar (sigaritlar);
▫️bidi;
▫️kretek
.

👉O‘RQ-741 29.12.2021-y.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

Aksiz solig‘i bo‘yicha qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar

🔹Saqlab qolindi
▫️soliq to‘lovchilarning toifasi,
▫️soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash muddatlari.

🔹2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.

🔹2023-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini (kuchsiz alkogolli ichimliklar bundan mustasno) ishlab chiqarishda aksiz solig‘i aksiz to‘lanadigan mahsulot tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining o‘lchov birligi “litr” deb belgilandi (ilgari “dal” edi).

2022-yilda aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal uchun 138 000 so‘m (yoki 1 litr uchun 13 800 so‘m) miqdorida belgilangan edi.

2023-yilda ushbu mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suv qo‘shilmagan etil spirtining 1 litri uchun 34 500 so‘m miqdorida belgilanmoqda.
Masalan, aroq tarkibidagi etil spirti ulushi 40%ni tashkil etadi, 1 litr uchun aksiz solig‘i summasi 13 800 so‘mni (34 500 so‘m x 40%), 2023-yil 1-fevraldan esa indeksatsiyani hisobga olgan holda – 15 200 so‘mni (38 000 so‘m x 40%) tashkil etadi.

🔹2023-yil 1-yanvardan quyidagilarga aksiz solig‘i stavkasi 5 baravarga oshiriladi va 1 litr uchun 7 450 so‘mni tashkil etadi:
▫️oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti;
▫️efiraldegidli fraksiyadan texnik rektifikatsiyalangan etil spirti;
▫️asosiy fraksiyadan etil spirti.

🔹2023-yil 1-yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5% ga pasaytirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#aksiz_soligi

2023-yil 1-fevraldan
neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#aksiz_soligi

2024-yil uchun tamaki va alkogol mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari

Mahalliy alkogol va tamaki mahsulotlariga qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari inflyatsiya darajasi miqdorida 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Alkogol, tamaki hamda vino mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5 foizga pasaytirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#aksiz_soligi

1-apreldan gazlangan va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi

🗓 2024-yil 1-apreldan:

👉tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) 1 litr uchun 500 so‘m;

👉energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr uchun 2 000 so'm miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi.

📃Soliq kodeksi 289 prim 3-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#aksiz_soligi

Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig'i stavkalari

2024-yil 1-apreldan:

🔹neft mahsulotlari
uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 foizga indeksatsiya qilindi;

🔹quyidagilarga aksiz solig‘i joriy etildi:
▫️tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno)1 litr uchun 500 so‘m;
▫️energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr uchun 2 000 so'm.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
2025-yil uchun neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlarga aksiz solig'i stavkalari

#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube