Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#YaTT #hunarmand

Yangi ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda

Joriy yil yanvar-iyul oylarida mamlakatimizda 59 721 ta yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular tomonidan 5 014 ta ishchi yollangan bo‘lib, jami yaratilgan ish o‘rinlari soni 64 735 ta. Shundan 7 098 tasi hunarmandlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida yangi ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni bo‘yicha yetakchi uchlik:
🔹 Farg‘ona viloyati – 6 456 ta;
🔹 Samarqand viloyati – 6 388 ta;
🔹 Toshkent viloyati – 5 949 ta.

Hunarmandchilikda:
🔹Farg‘ona viloyati
– 1 021 ta;
🔹Samarqand viloyati – 707 ta
🔹Andijon viloyati – 650 ta.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#YaTT #infografika

Yakka tartibdagi tashuvchilar 5 mingdan oshdi

Prezidentimizning “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yana-da soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan (PQ-5108-son 07.05.2021) haydovchidan tashqari to‘rtta o‘rindiqli yengil avtotransportda taksi xizmati ko‘rsatish yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT) faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Ushbu norma 2022-yil so‘nggiga qadar eksperiment tariqasida amalga oshirishi belgilangan.

Bunda yakka tartibdagi tashuvchilar:

🔹 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida 10 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda ekspluatatsiya qilinayotgan yengil avtomobil bo‘lishi;
🔹 transport vositasini texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazishi;
🔹 “O‘ztrans” yagona interaktiv axborot tizimiga ulangan ko‘p tarmoqli poliklinikalar, xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi;
🔹 avtotransport vositasi tepasiga “TAXI” belgili to‘q sariq rangli fonar o‘rnatishi;
🔹 to‘lovni amalga oshirish, bosib o‘tilgan yo‘lni elektron qayd etish imkoniyatiga ega moslamalarga ega bo‘lish lozim.

Shuningdek:
🔸 faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollamaydi;
🔸 litsenziya varaqasi uchun yiliga bir marotaba BHMning bir barobari (270 ming so‘m) miqdorida davlat boji to‘laydi;
🔸 har oylik qatʼiy (2021 yil uchun 150 ming so‘m) va ijtimoiy soliq (270 ming so‘m) soliqlarni to‘laydi.

Yakka tartibdagi tashuvchilar 2021-yil 1-sentabrdan faoliyatini faqatgina agregatorlar xizmatidan foydalangan holda amalga oshirmoqda.

2021-yil 14-oktabr holatiga 5 mingdan ziyod yakka tartibdagi tashuvchi ro‘yxatga olindi. Jumladan, Samarqand viloyatida YATT sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotganlar 807 nafarni tashkil etadi. Surxondaryoda esa 678 nafar yakka tartibdagi tashuvchi ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich, Toshkent shahrida 504 nafarni tashkil etmoqda.

YATT sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotganlarga jami 2,2 mlrd so‘m qatʼiy beliglangan soliq va 3,9 mlrd so‘m ijtimoiy soliq hisoblangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#YaTT

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari

Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi 707-son qaroriga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi.

👉Mehnat shartnomasi namunasi

▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi.

▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi:
✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash;
✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish.

✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning STIR yoki JShSHIR (PINFL)i kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Тelegram
| Facebook | Youtube| Instagram
Farg‘onada 25 ming nafardan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda

2022-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) soni 25 297 nafarga yetib, yil boshiga nisbatan 17 foizga oshgan.

Faoliyat turlari bo‘yicha YaTTning eng ko‘p ulushi chakana savdo sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarga to‘g‘ri kelmoqda.

📍Hududlar kesimida esa Qo‘qon (3 773 ta), Marg‘ilon (2 829) va Farg‘ona (2 456) shaharlari yetakchilik qilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 31-moddasiga asosan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

📃VM-850-sonli qarorga asosan xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari tasdiqlangan.

🖌Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki elektron raqamli imzo bilan fo.birdarcha.uz portali orqali davlat ro‘yxatidan o‘tish mumkin.

#raqamlashtirish #YaTT

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #YaTT

Farg‘ona viloyatida yakka tartibdagi tadbirkorlar soni qariyb 24 mingga yetdi

2023-yil 1-may holatiga respublika bo‘yicha YaTTlar 238 343 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4%ga (12,3 mingta) oshgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar #YaTT

YaTTlarning soliq qarzi, penya va jarimalari hisobdan chiqariladi

🗓 2023-yil 1-iyun holatiga

🔹oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YaTTlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi.

👉PQ-192-son 14.06.2023

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning JShSHIR (PINFL)ini kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#YaTT

👉 Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
👉 Ro‘yxatdan o‘tishda qancha davlat boji to‘lanadi?
👉 Necha nafargacha xodimlarni ishga olishi mumkin
?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt