🛩 Farg’ona xalqaro aeroportida ham xorijiy sayyohlarga O‘zbekistonda sotib olingan tovarlarga hisoblangan QQS “Tax free” tamoyili asosida qaytariladi
2023-yil 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda ular tomonidan to‘langan QQS summalarini qaytarish bo‘yicha “tax free” tizimi joriy etildi.
✅Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq servis” unitar korxonasi tomonidan Farg’ona xalqaro aeroporti hududida chet davlat fuqarolari tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xaridlarni tekshirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida “Tax free” servis shoxobchasi tashkil etildi.
“Tax free” - ingliz tilidan tarjima qilinganda “soliqlardan ozod” (yig‘imlarsiz) degan maʼnoni anglatadi.
“Tax free” shoxobchasi orqali mamlakatdan chiqib ketayotgan xorij fuqarolariga amalga oshirilgan xariddan QQS summasi qaytariladi.
#taxfree
💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube