Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
4.71K photos
519 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#bilasizmi #1_yanvar

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi

📃Prezident qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarga ruxsat etiladi:

yakka tartibdagi tadbirkorlarga murakkab bo‘lmagan umumiy qurilish va qurilish-ta’mirlash ishlari (beton quyish, bo‘yoqchilik, suvoqchilik ishlari, g‘isht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;

qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilishga.

❗️Bunda, yakka tartibdagi tadbirkorlarga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodimlarni yollashga ruxsat etiladi;

umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda kamida 3 nafar xodimni yollagan YaTTga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat qurollari va asbob-uskunalarni sotib olishga subsidiya ajratiladi. Bunda, subsidiya miqdori bitta xodim uchun BHMning 15 baravaridan oshmasligi lozim.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM