Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#korrupsiya #uchrashuv

“Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida Farg‘ona viloyati soliq xizmati organi xodimlari uchun o‘tkazilayotgan tadbirlar davom etmoqda.

Navbatdagi muloqotlar Quvasoy, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari, Bag‘dod hamda Buvayda tumanlari soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot berildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda soliq tizimida ko'p uchrayotgan qonunbuzilish holatlari va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#korrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning salbiy oqibatlarini tushuntirish va oldini olish maqsadida “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

📍Navbatdagi muloqotlar Dang‘ara, Qo‘shtepa, So‘x va O‘zbekiston tumanlari soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#korrupsiya #uchrashuv

Viloyat soliq boshqarmasida ham korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muloqot o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona viloyati soliq xizmati organi xodimlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bunday muloqotlar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, Quva hamda Uchko‘prik tumanlari soliq inspeksiyalarida ham tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda poraxo‘rlik, ta’magirlik, mansab mavqеini suiistе`mol qilish bilan kabi holatlar oqibatlari xodimlarga yetkazildi.

Boshqarmada o‘tkazilgan muloqot jarayonida joriy yilning o‘tgan davrida soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotda sodda soliq maʼmurchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida ilgari surilgan muhim tashabbuslar mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirni viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Nazirjon Polvonov ochib berdi hamda biznes muhitini yaxshilash maqsadida kiritilishi kutilayotgan soliq ma'murchiligidagi imtiyoz va preferensiyalar haqida ma'lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuv mobaynida soliqni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati hamda soliq qarzdorligi bartaraf etilmaganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar batafsil tushuntirildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglandi.

#uchrashuv #ochiq_muloqot

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#korrupsiya #uchrashuv

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Farg‘ona viloyati soliq organlari xodimlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bag‘dod, Buvayda, Toshloq va Uchko‘prik tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan seminarlarda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari muhokama etildi, qonunlarga rioya qilgan holda sidqidildan oila va Vatan tinchligi uchun mehnat qilish afzalliklari tushuntirildi.

Uchrashuvlar mobaynida soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish bilan birga, xodimlar xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limini xabardor etishlari shart ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#korrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Quvasoy shahri, Quva, Rishton va Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#korrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan tizim xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Bag‘dod va Quva tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berildi.

Muloqot davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan xodimlar ogohlantirildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Fermer xo‘jaliklari hisobchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi hamda viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlari uchun seminar tashkil etildi. Unda fermer xo‘jaliklari hisobchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan g‘alla va paxta yetishtiruvchilar uchun joriy etilgan soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar, taqdim etilgan imtiyozlar batafsil tushuntirildi.

Misol uchun, 2026-yil 1-aprelgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari va qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) o‘rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish tartiblari, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish shartlari haqida batafsil axborot berildi.

#uchrashuv

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#antikorrupsiya #uchrashuv

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan Dang‘ara, Yozyovon va Toshloq tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan seminarlarda korrupsiya va uning salbiy oqibatlari muhokama etildi, qonunlarga rioya qilgan holda sidqidildan oila va Vatan tinchligi uchun mehnat qilish afzalliklari tushuntirildi.

Soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida korrupsiya va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan xushmuomalada bo‘lish bilan birga, xodimlar xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida korrupsion holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmaning mas'ul bo‘limini xabardor etishlari shart ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda soliq tizimida ko'p uchrayotgan qonunbuzilish holatlari va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#antikorrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Marg‘ilon va Quvasoy shaharlari, Bag‘dod, Buvayda va Uchko‘prik tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Uchrashuvlarda xodimlarga vazifalarini sidqidildan bajarishi, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish va bunda birdamlikning muhim ahamiyati tushuntirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt