Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#AOS

AOS to‘lovchilar uchun

Endilikda aylanmadan olinadigan soliqni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotida mazkur stavkalar EHF, onlayn-NKT hamda "E-imtiyoz" dasturi orqali avtomatik shakllanadi.

📤Buning uchun soliq toʻlovchi “E-imtiyoz” orqali murojaat qoldirishi lozim.

Murojaat qoldirish uchun my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:

👉Xizmatlar roʻyxati
👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat
👉Murojaatlar

Soʻngra hujjat turi, soliq turi, hujjat raqami tanlanadi. Bunda imtiyoz boshlanish va tugash sanasi, imtiyoz matni qatorlari shuningdek, tadbirkorlik subyektining onlayn nazorat-kassa texnikalari roʻyxati avtomatik shakllanadi.

Barcha qatorlarga soʻralgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgach, “Yuborish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar #AOS

Ayrim toifadagi hunarmandlar uchun AOS stavkasi pasaytirildi

Oʻzbekiston Respublikkasi Prezidentining “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-91-son 12.06.2023

Farmonga muvofiq:

🗓2023-yil 1-iyundan 2025-yil 1-yanvarga qadar –
▫️Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi
▫️Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun AOS stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

🔖Shuningdek, hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra faoliyati yo‘nalishlari 43 ta etib belgilandi.

Ma'lumot uchun. Bungacha hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari 34 tani tashkil etgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#AOS


AOSning pasaytirilgan stavkalari soliq hisobotlarida avtomatik shakllanadi

Aylanmadan olinadigan soliqni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotida mazkur stavkalar EHF, onlayn-NKT hamda "E-imtiyoz" dasturida avtomatik shakllanadi.

📤Buning uchun soliq toʻlovchi “my3.soliq.uz” orqali murojaat qoldirishi lozim.

Murojaat qoldirish uchun my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
▪️Xizmatlar;
▪️Soliq imtiyozlaridan foydalanish boʻyicha murojaat;
▪️Murojaat yuborish
.

Ochilgan oynada quyidagilar ko‘rsatiladi:
▫️
Hujjat turi;
▫️Soliq turi;
▫️Hujjat raqami
;
▫️Telefon raqami.

Imtiyoz boshlanish va tugash sanasi, imtiyoz matni qatorlari shuningdek, tadbirkorlik subyektining onlayn nazorat-kassa texnikalari roʻyxati avtomatik shakllanadi.

Barcha qatorlarga soʻralgan maʼlumotlar toʻliq kiritilgach, “Yuborish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

Yuborilgan murojaatlar holatini "Murojaatlar ro‘yxati"dan bilib olish mumkin.

👉Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

Quyidagi hujjatlarga asosan soliq to‘lovchilarga AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘lash huquqi berilgan:

👉Soliq kodeksi 467 (1-qism 5 va 6-bandlari), 480 hamda 483-moddasi;

👉08.06.2020-yildagi PQ-4742-son;

👉30.04.2022-yildagi PQ-232-son;

👉30.05.2022-yildagi PQ-264-son;

👉06.07.2022-yildagi PQ-307-son;

👉31.08.2022-yildagi PF-213-son;

👉30.12.2022-yildagi PF-287-son.

Eslatma❗️
AOSni pasaytirilgan stavkalarda to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari hisobotlari avtomatik shakllanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aylanmadan_olinadigan_soliq_AOS_hisob_kitobini_to‘ldirish_bo‘yicha.pdf
532.3 KB
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉AOS hisobotining paket kodi: 10104_30
_______________
#налог_с_оборота

Инструкция по заполнению отчетности по налогу c оборота

👉Код пакета отчетности по налогу с оборота:
10104_30

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#AOS

🗓 15-oktabr dam olish (yakshanba) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi va to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 16-oktabrga ko‘chiriladi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda

Shu bois 2023-yil 16-oktabr - aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni.

📜 Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉AOS hisobotining paket kodi: 10104_30

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#AOS

Aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasi qachondan rad qilinadi?


Joriy soliq davrida aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summadagi stavkada toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va soliqni Soliq kodeksining 467-moddasining 1-qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari (foizlarda (advalor) boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.

Buning uchun soliq toʻlovchi navbatdagi soliq davri boshlangunga qadar 10 kundan kechiktirmay* my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga rad qilish xabarnomasini yuborishi lozim.

*Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan, yaʼni 2024-yil 1-yanvardan AOSning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasini rad etish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organiga xabarnoma yuborishi lozim.

Telegram I
#AOS

📢 Tadbirkorlar, shoshiling, vaqt oz qoldi ❗️

AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Buning uchun soliq toʻlovchi my3.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali rad qilish xabarnomasini yuboradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#AOS

Bugun, 18-dekabr – soliq rejimini o‘zgartirish uchun xabarnoma yuborishning oxirgi kuni

♻️ AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2024-yil 1-yanvardan soliqni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) stavkada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️QQS yoki AOS to‘lovchilari AOSni qatʼiy belgilangan summada to‘lashga o‘tish uchun;

♻️Jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan QQS to‘lovchilari AOS to‘lashga o‘tish uchun 2023-yil 18-dekabrgacha soliq organini xabardor qilishlari kerak.

👉Xabarnoma my3.soliq.uz sayti orqali yuboriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#AOS

2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi o‘zgardi

Qatʼiy belgilangan summada AOS stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilandi:
▫️ jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 25 mln so‘m;
▫️ jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 34 mln so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt