Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oltiariq tumanida "Soliqchi - ko‘makchi" tamoyili doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida

©️Farg'ona TV

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili amalda

Mazkur tamoyil doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yil avgust oyida Beshariq tumanidagi 220 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi hamda zarur yordamlar ko‘rsatildi.

Tadbirkorlik subyektlariga, asosan, dastlabki buxgalteriyani yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, ortiqcha to‘lovni qaytarish, E-ijara, E-imtiyoz va E-aktiv avtomatlashtirilgan dasturlaridan foydalanish va boshqa masalalar yuzasidan ko‘maklashilmoqda.

Misol uchun, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "LUX YAN TEX"MChJ vakillari bilan ham uchrashib, yechimini kutayotgan muammolari o‘rganildi hamda ijobiy hal etildi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chet elga eksport qilinishi natijasida yuzaga kelgan 1 mlrd so‘m qiymatdagi ortiqcha QQS to‘lovini korxonaning foyda solig‘idan bo‘lgan qarzdorligiga so‘ndirilishida yordamlashildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Faoliyatini yangi boshlagan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida Marg‘ilon shahar DSI xodimlari tomonidan 2022-yil avgust-sentabr oylarida 500 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan muammolar o‘rganildi va zarur yordamlar ko‘rsatildi.

O‘rganishlar jarayonida tadbirkorlar huzuriga tashrif buyurib, dastlabki buxgalteriyani yuritish, soliq hisobotlarini topshirish, avtomatlashtirilgan dasturlardan foydalanish, imtiyozlarni qo‘llash masalalari yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahri markazida yaqindagina faoliyatini boshlagan "KANNAM CHICKEN" MChJga ham qulay soliq rejimini tanlash, ijara shartnomasi tuzish, QQS guvohnomasi olish, onlayn-NKMdan foydalanish borasida zarur ko‘maklar berildi.

Shuningdek, tadbirkor bilan suhbat davomida xizmat ko‘rsatish sohasiga ijtimoiy soliq bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar batafsil tushuntirildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Oltiariq tumanida 1600 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan muammolar o‘rganildi

🗺Amaliyotda uchrayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va bartaraf etish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili doirasida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, Oltiariq tumani DSI xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

👨‍💻Xususan, joriy yil yanvar-oktabr oylarida 1614 nafar tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ko‘maklashish zarur bo‘lgan 1411 ta subyektga 7 ta yo‘nalishda zarur amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Xususan, 185 nafar tadbirkorga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, 171 tasiga E-aktiv va E-ijara avtomatlashtirilgan dasturlardan qanday foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 221 ta holatda soliq turlaridan bo‘lgan ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda amaliy yordam berildi.

🛡Misol uchun, Qopchug‘ay MFY hududida tayyor mahsulotni qayta qadoqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "WINEYARDS VALLEY" MCHJ hamda Yangi hayot MFYda qog‘oz quti mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "SENIFIM" MCHJ vakillari bilan uchrashib, soliq sohasiga taalluqli masalalar yuzasidan zarur ko‘mak ko‘rsatildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♀️Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida joriy yil yanvar-noyabr oylarida Beshariq tumanidagi 1 500 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur yordamlar ko‘rsatildi.

🫥O‘rganishlar natijasida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Beshariq momiq fayz” xususiy korxonasiga ishlab chiqarilgan maxsulotlar eksport qilinishi natijasida yuzaga kelgan qariyb 500 mln so‘m miqdordagi QQS to‘lovlari korxona hisob raqamiga qaytarib berildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♀️Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida joriy yilda Qo‘qon shahridagi 917 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur yordamlar ko‘rsatildi.

🫥Xususan, 47 ta xo‘jalik yurituvchi subyektning mavjud ortiqcha to‘lovlari hisob raqamlariga qaytarib berildi. Turli sabablarga ko‘ra to'xtab qolgan 51 ta subyektning faoliyati qayta tiklandi.

©️Farg'ona TV

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♀️Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida O'zbekiston tumanida olib borilayotgan ishlar

#soliqchi_komakchi

©️Farg'ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Joriy yilning oʻtgan davrida 8 973 ta korxonaga 804,3 mlrd soʻmlik, shundan 8 795 ta qishloq xoʻjaligi korxonasiga 290,6 mlrd soʻmlik soliq qarzini toʻlash muddatini oʻzgartirish imkoniyati berildi.

👉Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo'yicha videoqo‘llanma
__________
#солиқчи_кўмакчи

За прошедший период этого года 8 973 организациям предоставлена возможность изменения сроков уплаты налогов на сумму 804,3 млрд сумов, из них 290,6 млрд сумов приходится на 8 795 сельскохозяйственных предприятий.

👉Видеоинструкция по отсрочке или рассрочке уплаты налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Buvaydalik tadbirkorga qulay soliq rejimini tanlashga ko‘maklashildi

Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida Buvayda tumani DSI xodimlari tomonidan joriy yil boshidan hozirga qadar 186 ta tadbirkorlik subyektini qiynayotgan muammolar o‘rganildi hamda 7 ta yo‘nalishda zarur yordamlar ko‘rsatildi.

Xususan, 77 ta nafar tadbirkorga buxgalteriyasini yuritishga ko‘maklashilgan bo‘lsa, 43 ta subyektga qulay soliq rejimini tanlash, yana 18 nafariga esa soliq imtiyozlarini qo‘llashda amaliy yordam berildi.

🔹Misol uchun, tuman markazida sumka ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "BUVAYDA SUMKALARI" xususiy korxonasi 2021-yilda tashkil topgan bo‘lib, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi sifatida faoliyat yuritib kelgan.

♻️Mas’ullar tadbirkor bilan uchrashib, yillik tovar aylanmasidan kelib chiqqan holda QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozimligi, ushbu soliq stavkasining 12 foizga pasaytirilganligi hamda hisobot topshirish tartiblarini tushuntirishdi. Shu bilan birga, QQS guvohnomasi olishda ko‘maklashildi.

Ta’kidlash joiz, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar jarayonida 2023-yil 1- yanvardan soliq qonunchiligida joriy etilgan o‘zgarishlar tushuntirib borilmoqda.

#soliqchi_komakchi

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq xizmatlaridan masofadan qanday foydalanish mumkin?

❗️Yuridik shaxslar:

👉 my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan –
▫️ elektron soliq hisobotlarini yuborish
▫️soliqlarni to'lash
▫️ Imtiyozlardan foydalanish uchun ariza topshirish

👉 new.soliqservis.uz saytida EHF rasmiylashtirish

👉E-ijara xizmati orqali - ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish

👉 tasnif.soliq.uz saytida shaxsiy kabinet orqali – MXIK olish va mahsulot qadog‘ini yaratish uchun ariza topshirish.

❗️Jismoniy shaxslar:

👉Soliq mobil ilovasida (Android / iOS):
▫️soliqlarni toʻlash
▫️talabalar bilan, shuningdek, avtomobil uchun tuzilgan ijara shartnomasini ro'yxatdan o'tkazish
▫️ soliq qarzi yo'qligi haqida ma'lumotnoma olish
▫️O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish

👉 my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinet orqali -
▫️Jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish
__________
#солиқчи_кўмакчи

Как воспользоваться налоговыми услугами удаленно?

❗️Юридические лица могут
:

👉в персональном кабинете на сайте my.soliq.uz -
▫️отправить электронную налоговую отчетность
▫️уплатить налоги
▫️подать обращение по
использованию льгот

👉на сайте new.soliqservis.uz - оформить ЭСФ

👉через сервис E-ijara - зарегистрировать договоры аренды недвижимого имущества

👉через персональный кабинет на сайте tasnif.soliq.uz - подать заявку на ИКПУ и создать упаковку товара

❗️Физические лица могут:

👉в мобильном приложении Soliq (Android / iOS):
▫️уплатить налоги
▫️зарегистрировать договоры аренды со студентом, а также автомобиля
▫️получить справку об отсутствии налоговой задолженности
▫️зарегистрироваться в качестве самозанятого

👉через персональный кабинет на на сайте my.soliq.uz -
▫️подать декларацию о совокупном годовом доходе

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda o‘tkazishdan voz kechishlari mumkin

Soliq to'lovchi tomonidan ortiqcha to'langan ortiqcha soliq summasini uning soliq qarzini so‘ndirish hisobiga hisob-kitob qilish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 104-modda 1-qism

Agar hisobga olinadigan summa BHMning 20 barobaridan oshmasa, elektron topshiriqnomalar soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yaratilishi va elektron shaklda yuborilishi mumkin.
👉Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA 33-band

2022-yil 1-maydan ushbu jarayon bir necha turdagi soliqlar bo‘yicha soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan.

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda hisob-kitob qilishdan voz kechish huquqiga ega. Bu haqda my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali soliq organlarini xabardor qilish zarur:

1. "Xizmatlar" bo'limida "YuSh ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish" bandi tanlanadi.

2. Ochilgan oynada ko‘k rangdagi “Ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliq summalarini boshqa soliqlar bo‘yicha mavjud qarzlarni uzish hisobiga avtomatik hisob-kitob qilish” qatori tanlanadi.

3. Avtomatik hisob-kitob qilish funksiyasini o‘chirish uchun berilgan savolga "Yo‘q" javobini tanlab, "Yuborish" tugmasi bosiladi.

4. Shundan so'ng, "Avtomat xulosa yuborish tizimi yoqilgan"ligi haqida ma’lumot paydo bo'ladi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tish afzalliklari yuzasidan Quva tumanida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

📌Xabaringiz bor, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

Mazkur o‘zgarish mazmun-mohiyati va qulayliklarini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida Quva tumanida ham oziq va nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi, dorixona, umumiy ovqatlanish shoxobchasi kabi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari joyiga chiqqan holda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar jarayonida AOSdan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibiga o‘tganda yaratiladigan yengilliklar batafsil tushuntirilmoqda:

🫥soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

🫥bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi;

🫥tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.

💬Ma’lumot uchun, 2023-yil boshidan 7-fevralga qadar Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan 5 587 ta AOS to‘lovchi ixtiyoriy ravishda qat’iy belgilangan summada soliq to‘lash tartibiga o‘tdilar.

#AOS #soliqchi_komakchi

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorga qariyb 1 mlrd so‘m QQS qaytarildi

O‘zbekiston tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz uchrashib, mavjud kamchiliklar, muammoli masalalar bartaraf etilmoqda.

Misol uchun, tuman hududida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Yo‘lbars tex” MChJ vakillari bilan uchrashib, 917 mln so‘m QQS qaytarilishida ko‘mak ko‘rsatildi.

4-sektor hududida qop ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Qo‘qon sement xom-ashyo” korxonasi yaqindagina ishga tushgan bo‘lib, soliq hisobotlari topshirilishida amaliy yordam berilmoqda. E’tiborlisi, yaqindagina ishga tushgan korxonada 20 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.

♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Prezident Farmoniga asosan viloyatimiz shahar va tumanlari 5 ta toifaga ajratilgan.

5-toifaga kiritilgan Yozyovon tumanida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan subyektlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida qator soliq imtiyozlari berilgan.

Mazkur imtiyozlar natijasida tuman hududida faoliyat olib borayotgan 1084 ta tadbirkorlik subyekti 2023-yil dastlabki 6 oyi davomida 8,8 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni soliqlardan tejab qolgan.

Mazkur imtiyozlar mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida soliq xizmati organlari tomonidan hududdagi tadbirkorlar bilan muloqotlar, faoliyat joyiga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt