Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Bosh qomusimiz 30 yillik yubileyi arafasida munosiblar taqdirlandi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Madhiya sadolari ostida boshlangan tadbirda boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Nazarjon Polvonov so‘zga chiqib, Bosh qomusimiz demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilib kelayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida o‘zining samarali mehnati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qator xodimlar “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

#8_dekabr

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#8_dekabr #konstitutsiya_30

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi muborak boʻlsin!

Aziz hamyurtlar, Siz, azizlarni, koʻpmillatli xalqimizni qutlugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan Davlat soliq xizmati organlari jamoasi va oʻz nomimdan tabriklayman.

Bosh Qomusimiz
erishgan va erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib kelayotganini hammamiz yaxshi anglaymiz va yuksak qadrlaymiz.

Shu boisdan ham bu bayram qalblarimizga quvonch va shukuh bagʻishlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalarda shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.

Mana shunday ulugʻ bayram bilan Siz azizlarga yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etish baxtiga muyassar boʻlganimdan bagʻoyat xursandman.

Taʼkidlash lozimki, Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekiston poydevoriga tamal toshi qoʻyilishida ham aynan Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish gʻoyasi muhim ahamiyatga ega.

Oʻtgan qisqa davrda erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, inson manfaatlari, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.

Darhaqiqat, bugun Oʻzbekistonda ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Eng muhimi, bunday oʻzgarishlar natijalarini har bir inson kundalik hayotida koʻrmoqda, his etmoqda.

Hurmatli yurtimiz ahli, aziz vatandoshlar Konstitutsiya kuni bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklab, Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Sherzod Kudbiyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ochib berdi hamda joriy yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz o‘zining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilganligini eslatib o‘tdi. Shuningdek, fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shartligi Bosh qomusimizning 63-moddasida ko‘rsatib qo‘yilganligi ta’kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ko‘ra kiritilgan asosiy o‘zgarishlar haqida qisqacha ma’lumot berdilar.

#8_dekabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

63-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.

Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

149-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir.

#8_dekabr

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube