Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
4.71K photos
519 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Ishlab chiqarish sohasi korxonalarining soliq qarzi – TOP-10

2022-yil 1-dekabr
holatiga soliq qarzi 100 mln so'mdan yuqori ishlab chiqarish korxonalari soni republika bo‘yicha 703 tani tashkil etmoqda. Ularning jami soliq qarzi 314,8 mlrd so'm.

Shundan 74,4 mlrd so‘mi, ya'ni 24 %i soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

📍Farg'ona viloyatida esa 67 ta ishlab chiqaruvchi korxonaning 26,6 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.

#raqamlashritish
#soliq_qarzi

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

600 ming nafardan ortiq farg‘onaliklarning 70 mlrd so‘m qarzi hisobdan chiqarildi

2023-yil 14-iyundagi PQ-192-son qarorga asosan respublika bo‘yicha 5,4 mln nafar jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer solig‘i qarzdorligi uchun hisoblangan 501,9 mlrd so'm penya hisobdan chiqarildi.

Xususan, Farg‘ona viloyatidagi 617 887 nafar jismoniy shaxslarning ham 70,5 mlrd so‘m xuddi shunday qarzidan voz kechildi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi 61 720 nafar yakka tartibdagi tadbirkor uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblangan 58,9 mlrd so‘m soliq qarzi, penya va jarimalar hisobdan chiqarildi.

Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davrida viloyatdagi 61 ta tadbirkorlik subyektlariga 9,7 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati berildi.
👉Soliqlarni kechiktirish yoki bo'lib to'lash bo'yicha videoqo'llanma

👆Hududlar kesimida batafsil maʼlumotlar infografikada.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Soliq to‘lovchilarga 1,2 mlrd so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoni berildi

Joriy yilning I choragida respublika bo‘yicha 21 ta tashkilotga 27 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyati berildi.

Xususan, Farg‘ona viloyatida 4 ta subyektga 1,2 mlrd so‘mlik soliqlarni bo‘lib-bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash imkoni berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_qarzi

Soliq qarzi va unga nisbatan koʻriladigan choralar

Soliq qarzi – bu soliq hisobotlari yoki soliq tekshiruvlari boʻyicha hisoblangan va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar, boʻnak va joriy toʻlovlar yoki moliyaviy sanksiya va penyalar.

❗️Qarzdorlikni Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida ko‘rish mumkin.

Soliq qarzini toʻlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
▫️ soliqlar summasi;
▫️ hisoblangan penyalar;
▫️ jarimalar.
👉 Soliq kodeksi 55-modda

Soliq kodeksida har bir soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari belgilangan.
Misol uchun:
QQS boʻyicha – oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirilmagan muddatda hisobot taqdim etilishi va soliq toʻlanishi shart
👉 Soliq kodeksi 273-modda;

AOS boʻyicha –
- oy yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan,
- yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay hisobot taqdim qilinadi va toʻlov amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 470-modda;

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari joriy yil uchun toʻlovlar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 423- va 440- moddalar.

Soliq qarziga nisbatan qanday choralar koʻriladi?

Yuridik shaxslar va YTTlarga nisbatan:
▫️soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin 3 kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi va soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmagan boʻlsa, ularning bank hisobvaraqlariga soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali inkasso topshiriqnomalari qoʻyiladi;
👉 Soliq kodeksi 117- va 121-moddalar

▫️tan olingan soliq qarzi boʻyicha, yaʼni soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan eʼtiroz bildirilmagan taqdirda yuridik shaxslarning mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyiladi va 15 kalendar kun ichida toʻliq bajarilmagan taqdirda soliq organining qarori bilan mol-mulki xatlanishi mumkin;
👉 Soliq kodeksi 60- va 114-moddalar

Yuridik shaxs va YATT tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran 60 kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda soliq organi qarori asosida undiruv soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratiladi va qaror Majburiy ijro byurolariga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksi 119- va 123-moddalar

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln soʻmdan oshgan taqdirda, soliq organi soliq qarzini undirish yuzasidan sudga ariza kiritadi va sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 125-modda

Penya nima?

Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.
Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (13,5%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 10 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
🧮10 000 000 x (13,5%/300) = 4 500.
Soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 4,5 ming soʻm penya hisoblanadi.
❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va soliq organlari tomonidan yuqorida qayd qilingan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads