Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#savol_javob

Qanday holatlar soliq bazasini yashirish deb hisoblanadi?

Soliq kodeksining 223-moddasiga muvofiq, quyidagilar soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb e’tirof etiladi:

👉 tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirmaslik;

👉 yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish;

👉 hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;

👉 rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish;

👉 tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yo‘q qilish;
qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;

👉 nazorat-kassa texnikasining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda o‘zgartirish kiritish;

👉 foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;

👉 tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);

👉 moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sun’iy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash;

👉 ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;

👉 mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;

👉 realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar bo‘yicha aks ettirish;

👉 qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida to‘liq aks ettirilmaganligi.

❗️Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) — yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda mol-mulk solig‘i kim tomonidan to‘lanadi?

Soliq kodeksining 423-moddasiga muvofiq, mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1-yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.

#savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari qachon to‘xtatib turilishi mumkin?

📃Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan, yuridik shaxslar va YaTTning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

1)
ushbu soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;

2) soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

3)
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda;

4) soliq to‘lovchining o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.

❗️Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarning to‘xtatib turilishi banklar tomonidan soliq to‘lovchining barcha hisobvaraqlari bo‘yicha barcha chiqim operatsiyalari to‘xtatib turilishini anglatadi.

#savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#savol_javob

Agar mol-mulk ijarasi bo‘yicha shartnoma qarindoshlar o‘rtasida tuzilsa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) to‘lash zarurmi?

Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar jumlasiga kiradi.

Agar ijaraga oluvchi - jismoniy shaxs bo‘lsa, ushbu daromadlarga daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida JShODS solinadi (Soliq kodeksi, 393-modda).

Sodda qilib aytganda haq evaziga mol-mulk ijaraga berilsa, ijaraga beruvchi tomonidan JShODS to‘lanadi.

❗️
Soliq kodeksida yaqin qarindoshga mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha imtiyozlar mavjud emas.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

🟣Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

#savol_javob #yer_soligi #15_oktabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

#savol_javob #mol_mulk_soligi #15_oktabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi qanday? Subsidiya uchun topshirilgan arizalarga soliq organlari tomonidan ball berish qanday amalga oshiriladi?

📃Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan. Ushbu nizomda mas’ul tashkilotlar, xususan, soliq organlari tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash tartibi ko‘zda tutilgan👉

Soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning daromadlarini aniqlaydi.

❗️Bugungi kunda ariza topshirgan fuqarolarning daromadlari subsidiya.idm.uz platformasi orqali avtomatik shakllanadi.

Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) asosida eng yuqori 10 ballgacha baholanadi. Ayni paytda MHTEKM – 980 ming so‘m.

Misol uchun,
viloyatimizda daromadi MHTEKMning 2,7 dan 7,0 baravarigacha bo‘lgan fuqarolarga 10 ball beriladi. Ya’ni, 980 000*2,7 = 2 646 000 so‘m, shu summani ariza beruvchining oxirgi ishlagan 12 oyga (yillik) ko‘paytiradigan bo‘lsak – 31 752 000 so‘m, 7,0 baravari esa 980 000*7,0=6 860 000 so‘m (yillik – 82 320 000 so‘m). Demak, o‘rtacha yillik daromadi 31 mln 752 ming so‘mdan 82 mln 320 ming so‘mgacha daromadga ega bo‘lgan fuqarolarga soliq organlari tomonidan 10 ball beriladi.

Shuningdek, daromad miqdoriga qarab, 6 yoki 2 ball ham berilishi, me’yorlarga to‘g‘ri kelmagan taqdirda esa umuman ball berilmasligi mumkin. Soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, agar ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu belgilangan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.

#subsidiya #savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

🟣Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

#savol_javob #yer_soligi #15_oktabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

#savol_javob #mol_mulk_soligi #15_oktabr

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#savol_javob

2023-yil boshida turar joy🏠 sotib olgandim, ushbu xususiy mulkimni 2023-yil oxirigacha sotishni rejalashtiryapman. Mazkur holatda menga daromad solig‘i hisoblanadimi?

Ha, ushbu vaziyatda turar joyni sotishdan olingan daromad soliqqa tortiladi.

📄Soliq kodeksining 378-moddasiga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilgan.

Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

❇️noturar joylarni;

❇️o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda❗️ soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni;

❇️qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt