Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#QQS #e_aktiv #e_ijara #press_tur

Tadbirkorga 1,1 mlrd. so‘mlik ortiqcha QQS to‘lovi qaytarildi

📌Farg‘ona viloyatida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🗓Joriy yil yanvar oyining o‘zida Farg‘ona shahridagi 300 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan masalalar o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda 2022-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar targ‘iboti olib borilmoqda.

Xususan, 2019-yilda tashkil etilgan "SWISSAGRO" qo‘shma korxonasi ayni paytda 17 turdagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarmoqda. Soliq idoralari xodimlari tomonidan korxona vakillari bilan uchrashib, chetdan olib kelingan ishlab chiqarish uskunalari va xom ashyo sotib olish natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish masalasi ko‘rib chiqildi. Tadbirkorning murojaati qisqa fursatda qanoatlantirib, korxona hisob raqamiga 1,1 mlrd. so‘m qaytarilishida ko‘maklashildi.

Viloyat DSB xodimlari Farg‘ona shahrida armatura maxsulotlari ishlab chiqaruvchi "ZHONG MIN METAL PRODUCTS" korxonasida ham bo‘ldilar.

♻️Tadbirkor bilan ochiq muloqot jarayonida soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, xususan, E-aktiv, E-ijara platformalari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvlarda OAV vakillari ham ishtirok etib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
So‘x tumanida 4-sektor rahbariyati tomonidan sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi

Aholi muammolarini yaqindan o‘rganish va joyida hal etish maqsadida viloyat markazidan olisda bo’lgan eksklav hududlardan biri So’x tumanida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, 4-sektor rahbariyati tomonidan sayyor qabullar tashkil etildi.

So‘x, Chashma, Zangat MFYlarida o‘tkazilgan qabullarda 20 nafardan ortiq fuqaroning murojaati mas’ullar tomonidan joyida ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. 10 ta ehtiyojmand oilaga oziq ovqat mahsulotlari berildi.

Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 4-sektor hududida joylashgan So‘x MFY binosida tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan kutubxona foydalanishga topshirildi.

Tadbir jarayonida 4-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

#4_sektor #press_tur

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt