Ko‘chma savdo joylari «K – SAVDO» AAT orqali elektron auksionda sotilmoqda
📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ko‘chma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5136 son qaroriga asosan,
2021-yil 1-dekabrdan boshlab:
🔹ko‘chma savdo faoliyati tadbirkorlar tomonidan ko‘chma savdo obyektlarini elektron tarzda «K – SAVDO» avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) – k-savdo.soliq.uz’da ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi;
🔹ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo obyektlari joylashish sxemalari bo‘yicha «K – SAVDO» AAT orqali elektron auksionda sotiladi.
Auksion boshlang‘ich narxi tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkasining yer solig‘i miqdorida belgilanadi.
Auksion g‘olibi tomonidan ko‘chma savdo joyi qiymati to‘liq to‘langanidan so‘ng unga «K – SAVDO» tizimi orqali avtomatik ravishda QR-kod qo‘yilgan guvohnoma beriladi hamda u mazkur joydan 36 oy muddatga foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda, ko‘chma savdo joyidan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish talab etilmaydi.
Qarorga asosan savdo avtomatlari orqali tovarlarni sotish va (yoki) xizmatlarni ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
🔹 savdo avtomatlariga nisbatan nazorat-kassa texnikalaridan majburiy foydalanish talabi tatbiq etilmasligi;
🔹sotadigan tovarlari va (yoki) ko‘rsatadigan xizmatlari turidan qatʼi nazar bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchi deb eʼtirof etilishi belgilandi.
❗️Eslatma: ko‘chma savdo obyektlari – vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, ish kuni yakunlangandan so‘ng obyektni ko‘chirish imkoni bo‘lgan ko‘chma savdo obyektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodo‘konlar, avtotirkamalar, avtotsisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari). Obyektni ko‘chirish talabi savdo avtomatlariga tatbiq etilmaydi.
#kochma_savdo
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt