Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Quvasoy shahridagi yangi loyiha evaziga 320 ta ish o‘rni yaratiladi

Mamlakatimiz sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga yuqori texnologiyalarni keng joriy etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, eksportni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida qabul qilingan PQ-72-son qaror doirasida joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Quvasoy shahar Pakana MFY hududida keramogranit plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Art soft ceramics” MChJ faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur loyihaning qiymati 7,5 mln. AQSh dollari bo‘lib, 320 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Ayni damda qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut o‘qishga taklif etadi

Institutda👉

Soliqlar va soliqqa tortish;
Buxgalteriya hisobi va audit;
Raqamli iqtisodiyot;
Xalqaro soliqqa tortish qo‘shma ta’lim dasturi;

yo‘nalishlari asosida o‘qitiladi.

📌Institutda dunyodagi oliy ta’lim muassasalari reytingida TOP-500 talikka kiruvchi Rossiya federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

👨‍🏫Ta’lim berish uchun 50 foizi xorijda o‘qigan va tajriba orttirgan professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-iyun

may oyi uchun:

🔹 hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

🔹aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).
___________

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
2022-yil uchun sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan sektor rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etildi.

Unga koʻra, quyidagilar baholashning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

👉 hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yigʻindisi;

👉 yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yigʻindisi;

👉 xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yigʻindisi;

👉 mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar (48 turdagi mahallada sodir etilgan jinoyatchilikni oʻtgan yilga nisbati);

👉 sektor rahbarlarining shaxsiy tashabbuskorligi bilan amalga oshirilgan ishlari (yoʻl qurish, ichimlik suvi bilan taʼminlash, gazlashtirish, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari va boshqa);

👉 tuman (shahar) boʻlinmalari rahbarlarining sohaviy xizmat faoliyati samaradorligining baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

👉 tuman (shahar) aholisi va MFY raislarining sektorlar faoliyatidan qoniqish darajasi boʻyicha soʻrovnoma natijalari;

👉 sektorlar rahbarlarining bilimini ilm.argos.uz platformasi orqali sinovdan oʻtkazish natijalari bilan shakllantiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan xatoliklar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan holatlardan biriAOS hisobotining jami daromadlar tarkibidagi summalarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – soliq to‘lovchilar tomonidan aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 040-satrida aks ettirilgan daromadlar summasi ortib boruvchi yakun bilan shakllantirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: ushbu holat bo‘yicha 2021-yilda 194 ta tashkilot soliq hisobotida jami 665,5 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

👉AOS hisobotida valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy va salbiy kurs farqi qanday aks ettiriladi?

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida salbiy kurs farqidan olingan zarar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish

👉aksiz solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalarini hisobotlarda noto‘g‘ri aks ettirish

👉QQS to‘lovchilari tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmat) uchun onlayn-NKM orqali chop etilgan cheklarda QQS summasini aks ettirmaslik

👉QQS hisobotida soliq solinadigan bazaga kiritiladigan aksiz solig‘i summasi hamda ushbu davr mobaynida to‘langan aksiz solig‘i summasi o‘rtasidagi tafovutlar

👉moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va QQS hisobotida aks ettirilgan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishdan sof tushum ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida Soliq kodeksining 314-moddasi bo‘yicha QQSga doir xarajatlar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish

👉sug‘urta tashkilotlari tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromad summalari noto‘g‘ri aks ettirish

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etishda salbiy kurs o‘zgarishidan olingan daromad summasi noto‘g‘ri aks ettirish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-iyun

may oyi uchun:

QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

agar may oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-va 4-qismlari);

soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200-baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va YaTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200-baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan AOSni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌“Soliq xabarlari” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida:

👉 4-sektor rahbariyati tomonidan Dang'ara tumanida sayyor qabul tashkil etildi;

👉 Marg'ilon shahridagi savdo obyektlarida onlayn-NKMdan foydalanish va qonuniy faoliyat yuritish borasida o'tkazilayotgan o'rganishlar;

👉 Soliq qarzdorligi katta bo'lgan subyektlarda amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari;

👉 Quva tumani 4-sektor hududida ayollar bandligini ta'minlash masalalari;

👉 Xususiy bog‘cha va maktablar uchun 1-apreldan soliq imtiyozi berildimi?

©️Farg'ona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

📌Soliq kodeksining 15-moddasiga ko'ra, soliq munosabatlarida soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida

🔹ularning soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini;

🔹kontragentning ishbilarmonlik obro‘sini;

🔹ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini;

🔹moliyaviy holatini;

🔹bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib,

lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart.

❗️Soliq to‘lovchi tomonidan uning oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha qilingan xarajatlar (ko‘rilgan zararlar), agar ushbu soliq to‘lovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Soliq to‘lovchining soliq davri davomida qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga (kursni tugatganlik to‘g‘risida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lganda) to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha (2 mln 400 ming so‘mgacha) bo‘lgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#MXIK

Yagona katalogda MXIKlar soni 3 barobar oshdi

Bugungi kunda mahsulotlarning Yagona elektron milliy katalogida 258 086 ta mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodlari (MXIK) kiritilgan.
2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 79 700 MXIK bo‘lgan.

Mavjud QQS imtiyozlarining barchasi MXIKga bog'langan bo'lib tadbirkorlik subyektlari ulardan EHF va onlayn-KKT tizimida foydalanadi. Tizimlarning o'zaro integratsiyasi tufayli ushbu imtiyozlar avtomatik ravishda soliq hisobotida aks ettiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan EHF va onlayn-KKT cheklarida MXIKning to‘g‘ri aks ettirilishi quyidagilarga imkon beradi:
🔸real vaqt rejimida ishlab chiqarilgan yoki import qilinadigan tovarlar/xizmatlar nomenklaturasi haqida toʻliq maʼlumot olish;
🔸savdo va xizmatlar hajmini tahlil qilish;
🔸soliq imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash;
🔸iste’molchilarga o‘z vaqtida xarid summasidan 1% (keshbek) qaytarish.

👉MXIK qo‘shish uchun ariza qanday taqdim etiladi?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Ko‘chma savdo joylari «K – SAVDO» AAT orqali elektron auksionda sotilmoqda

📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ko‘chma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5136 son qaroriga asosan,

2021-yil 1-dekabrdan boshlab:

🔹ko‘chma savdo faoliyati tadbirkorlar tomonidan ko‘chma savdo obyektlarini elektron tarzda «K – SAVDO» avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) – k-savdo.soliq.uz’da ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi;

🔹ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo obyektlari joylashish sxemalari bo‘yicha «K – SAVDO» AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

Auksion boshlang‘ich narxi tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkasining yer solig‘i miqdorida belgilanadi.

Auksion g‘olibi tomonidan ko‘chma savdo joyi qiymati to‘liq to‘langanidan so‘ng unga «K – SAVDO» tizimi orqali avtomatik ravishda QR-kod qo‘yilgan guvohnoma beriladi hamda u mazkur joydan 36 oy muddatga foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda, ko‘chma savdo joyidan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish talab etilmaydi.

Qarorga asosan savdo avtomatlari orqali tovarlarni sotish va (yoki) xizmatlarni ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

🔹 savdo avtomatlariga nisbatan nazorat-kassa texnikalaridan majburiy foydalanish talabi tatbiq etilmasligi;

🔹sotadigan tovarlari va (yoki) ko‘rsatadigan xizmatlari turidan qatʼi nazar bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchi deb eʼtirof etilishi belgilandi.

❗️Eslatma: ko‘chma savdo obyektlari – vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, ish kuni yakunlangandan so‘ng obyektni ko‘chirish imkoni bo‘lgan ko‘chma savdo obyektlari (lotoklar, palatkalar, savdo aravalari, peshtaxtalar, avtodo‘konlar, avtotirkamalar, avtotsisternalar, fudtraklar, tonarlar, savdo avtomatlari). Obyektni ko‘chirish talabi savdo avtomatlariga tatbiq etilmaydi.

#kochma_savdo

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
SAVOL: Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanamiz. Oshxonamizda pivo mahsulotini ham realizatsiya qilsak, litsenziya olishimiz kerakmi?

JAVOB: PF-5656-son Prezident farmoniga asosan mahalliy pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarni realizatsiya qilish barcha savdo korxonalari, shuningdek mehmonxonalar xizmatlarini hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsat etish guvohnomasi bo‘lmasdan turib umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

#savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

"Soliq" mobil ilovasidagi tasdiqlangan "keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-iyun

iyun oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#sorovnoma

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Moliya vazirligi tomonidan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar va soliq siyosatini takomillashtirish to'g'risida chora-tadbirlarni baholash bo‘yicha anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomaning ikkinchi qismida 2022-yil 4-iyulgacha ishtirok eting⬇️
https://clck.ru/qWZgf
__________
#опрос

Уважаемые налогоплательщики❗️

Министерство финансов проводит анонимный опрос по оценке изменений, внесенных в Налоговый кодекс, и мер по совершенствованию налоговой политики.

Примите участие во второй части опроса до 4 июля 2022 г.⬇️
https://clck.ru/qWZeH

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKM

Mahsulot kreditga sotilganda onlayn-NKM cheklarida qanday aks ettirilishi bo‘yicha videoqo‘llanma

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Buvayda tumanida ham tadbirkorlar huzuriga borgan holda muammolar o‘rganilmoqda

“Soliqchi-ko`makchi” tamoyili asosida soliq to`lovchilarga sifatli xizmat ko`rsatish maqsadida Buvayda tumani DSI xodimlari tomonidan tadbirkorlar faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda, mavjud muammolarni hal etish choralari ko'rilmoqda.

Joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida tumandagi 334 ta tadbirkorlik subyektini qiynayotgan muammolar o`rganildi hamda “E-ijara”, “E-aktiv” dasturlaridan foydalanish, soliq imtiyozlari va ularni qo'llash, ortiqcha to'lovlarni qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko'rsatildi.

Xususan, chiqindini qayta ishlab to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "LANMEI" MCHJ vakillari bilan uchrashib, muammolar o‘rganildi. Natijada, eksport qilish evaziga hosil bo‘lgan 355 mln. so‘m miqdordagi ortiqcha QQS to‘lovlari joriy yil 9-iyunda korxona hisob raqamiga qaytarildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt