Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Farg‘onalik tadbirkorlar soliqlardan 366 mlrd. so‘m tejab qoladi

📄2022-yil 27-yanvar kungi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, tadbirkorlarga qator soliq imtiyozlari berilgan.

Xususan, chakana savdo va umumiy ovqatlanish; mehmonxona xizmatlari; avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish; maishiy texnikani ta’mirlash; agroko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish kabi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan.

Mazkur imtiyoz, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi 8 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektiga tatbiq etilib, 2022-yilning o‘zida qariyb 366 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar soliqlardan tejab qolinishiga sabab bo‘ladi.

❇️Yuqoridagi imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqorida keltirilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

❗️Ta’kidlash joiz, qarorda ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

#imtiyoz

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#25_may
#bitiruvchi_2022

Fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan Davlat xizmatchisi bo‘lishdek eng sharafli kasbni tanlashingiz tarafdoriman

Aziz bitiruvchilar, jonajon maktabingiz, qadrdon ustozlaringiz va bir partada yonma-yon o‘tirib, oila aʼzolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada masʼuliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Bunyodkorlik, yaratuvchanlik, har doim o‘qish va izlanishda bo‘lib, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bo‘lib yetishishingizda omadlar tilayman.

Albatta fikr erkinligi, xilma-xilligi ko‘p va ularni hurmat qilamiz.

Lekin, bugun sizning shaʼningizga bildirilayotgan ezgu tilaklar qatorida, kimlardir davlat xizmatchisi bo‘lishni tanlamang degan maslahatlarni ham berishdi.

Xalqimizning, xizmat qilgan elda aziz, degan iborasi bejizga aytilmagan.

Davlat xizmatchisi – bu xalq xizmatkoridir!

Yangi O‘zbekiston meʼmori
va tashabbuskori hisoblanuvchi Prezidentimiz tomonlaridan belgilangan bugungi va ertangi avlodlarimizning “Uchinchi Renessans” poydevorini birgalikda qurishimiz uchun yuksak kasbiy mahorat, kuchli iroda sohibi, o‘rni kelganda mardlik va fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan Davlat xizmatchisi bo‘lishdek eng sharafli kasbni tanlashingiz tarafdoriman.

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek

Aprel oyi uchun iste‘molchilarga 40 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab berildi

🧾
Aprel oyida 427 ming nafar iste'molchi tomonidan 8 mlntaga yaqin chek "Soliq" mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 7,5 mlntaga yaqin cheklarga 61,4 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

💰27-may holatiga 340 mingdan ortiq iste'molchilarga 38,6 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Qolgan keshbek summalari qachon to‘lanadi?

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

soliq hisobotlari topshirilishi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Keshbek olish uchun chek qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

👉K
eshbek bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

👉Elektron xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi

👉Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

👉Keshbek chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi
______________________
#кешбэк

Потребителям за апрель уже выплатили почти 40 млрд сумов кешбэка

🧾
В апреле 427 тысяч потребителей зарегистрировали около 8 млн чеков в мобильном приложении "Soliq", почти за 7,5 млн из них начислен кешбэк в размере 61,4 млрд сумов.

💰По состоянию на 27 мая более 340 тысячам человек уже выплачено 38,6 млрд сумов кешбэка.

Когда будут выплачены оставшиеся суммы кешбэка?

Суммы кешбэка выплачиваются автоматически, по мере того как субъекты предпринимательства:
представляют налоговую отчетность;
исправляют недостатки в отчетности;
погашают
налоговую задолженность.

👉Как зарегистрировать чек, чтобы получить кешбэк?

👉
Как перевести кешбэк на банковскую карту?

👉Кешбэк за дистанционные электронные платежи

👉За какие чеки с QR-кодом не возвращается кешбэк?

👉Кешбэк подтверждается после 25-го числа следующего месяца

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#aksiz_soligi

2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalari:

- O'rtacha 10% ga indeksatsiya qilinadi:
🔸neft mahsulotlari
(yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan);
🔸ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari turlari.

- Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 % miqdorida belgilanadi:
▫️filtrli;
▫️filtrsiz sigaretalar;
▫️papiroslar;
▫️sigarillalar (sigaritlar);
▫️bidi;
▫️kretek
.

👉O‘RQ-741 29.12.2021-y.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#rasmiy_munosabat

Xarid cheklarini berish bilan bog‘liq tekshirishlar to‘g‘risida

Davlat soliq qo‘mitasi oxirgi vaqtlarda xarid cheklarini berish bilan bog‘liq o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshirishlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim postlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Soliq organlari maʼmurchilikni amalga oshirishda quyidagilarga tayanadi:
🔸tadbirkorlar uchun bir xil sharoitdagi muhitni yaratishga erishish;
🔸“yashirin iqtisodiyot”ga barham berish.

Shuningdek, Xalqaro moliya institutlari va professional ekspertlarning tahlil va xulosalari respublikamizda yashirin iqtisodiyotning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lib, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida bu ko‘rsatkich 70 foizgacha yetishi maʼlum qilingan.

Shu munosabat bilan xufiyona iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan soliq maʼmurchiligining zamonaviy instrumentlari qatorida, chek bermaslik, plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlari ustidan keng jamoatchilik nazorati instituti ishga tushirilib, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish uchun “Soliq” mobil ilovasi amaliyotga kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlarga fuqarolarning faol ishtiroki kuzatilib, yil boshidan buyon 13 mingga yaqin fuqarodan 66 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida nazorat tadbirlarini o‘tkazishdan oldin, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganidek hech qanday tahlillarsiz emas, ularning har biri sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilmoqda:

Onlayn kassa mashinalari orqali urilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilib, murojaatchining xabari asosliyligi bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat kassa mashinasi ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.

Aynan shunday tahlillar natijasi bilan 30 mingga yaqin murojaat bo‘yicha tekshirish o‘tkazish rad etilgan.

Lekin, qolgan qismi tekshirilganda - afsuski 97 foizida haqiqatda chek urilmaganligi bo‘yicha murojaatchilarning xabari tasdig‘ini topdi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar soliq to‘lovchilarni jazolash emas, belgilangan soliq siyosati asosida budjetga to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan.

Soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida chora qo‘llashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni eʼlon qiladi.

Joriy yil 1-iyundan boshlab:
Birinchidan,
“Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan taʼsirchan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydi.

Mazkur ogohlantirishdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subyekti bo‘yicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.

Ikkinchidan, murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subyekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.

To‘rtinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari, mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda, chek talab qilib, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarimizni rag‘batlantirishni va noqonuniy ishlash yo‘lini tanlagan ayrim subyektlarga nisbatan taʼsirchan nazorat tadbirlari izchil davom ettiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
⚡️Chek bermaslik bo'yicha dastlabki murojaatga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilmaydi

Soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida chora qo‘llashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni eʼlon qiladi.

Joriy yil 1-iyundan boshlab:

Birinchidan,
“Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, xarid cheklarini berish bilan bog‘liq birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan taʼsirchan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydi.

Mazkur ogohlantirishdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subyekti bo‘yicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.

Ikkinchidan, murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subyekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.

To‘rtinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari, mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda, chek talab qilib, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarimizni rag‘batlantirishni va noqonuniy ishlash yo‘lini tanlagan ayrim subyektlarga nisbatan taʼsirchan nazorat tadbirlari izchil davom ettiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#savol_javob

2021-yilda turar joy🏠 sotib olgandim, ushbu xususiy mulkimni 2022-yil oxirigacha sotishni rejalashtiryapman. Mazkur holatda menga daromad solig‘i hisoblanadimi?

Ha, ushbu vaziyatda turar joyni sotishdan olingan daromad soliqqa tortiladi.

📄Soliq kodeksining 378-moddasiga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilgan.

Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

❇️noturar joylarni;

❇️o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda❗️ soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni;

❇️qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bolalar_kuni #soliq_imtiyozi

Bolalar bilan bog‘liq qanday soliq imtiyozlari bor?

Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq,

Quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQSdan ozod etiladi:

🔹maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga qarash bo‘yicha xizmatlarni;

🔹maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari doirasida ta’lim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash bo‘yicha xizmatlarni, to‘garaklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni.
_____

Soliq kodeksining 317-moddasiga muvofiq,

Foyda solig‘i bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

🔹xayriya yordamini amalga oshirish uchun xarajatlar, bundan metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar, shuningdek Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag‘lar MUSTASNO.
____

Soliq kodeksining 480-moddasiga muvofiq,

Quyidagi jismoniy shaxslar daromad solig'idan qisman ozod etiladi*:

🔹ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar;

🔹ikki va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar.

*Daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (ayni paytda – 1 297 200 so'm).
____

Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq,

🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar mulkida bo‘lgan mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan ozod etiladi.


🔹o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
____

Soliq kodeksining 428-moddasiga muvofiq,

🔹sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar yer solig‘i solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu asosda tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri sug‘urta tashkilotlari tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromad summalari noto‘g‘ri aks ettirish holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – sug‘urta tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 060-satr 5-ustunida aks ettirilgan summalarni foyda solig‘i hisobotining Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 020-satrida to‘g‘ri aks ettirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 13 ta sug‘urta tashkiloti soliq hisobotlarida jami 53,9 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
4-sektor rahbariyati tomonidan Beshariq tumanida aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Chekka qishloqlarga borib, mavjud muammolarini uyma-uy yurib o‘rganish, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardiga quloq tutish va ko‘tarilgan masalalarni joyida bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Beshariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tuman markazidan 15 km olislikda joylashgan Katta Jiyda mahallasida o‘tkazilgan qabulga tumandagi barcha mutasaddi tashkilotlar vakillari jalb etildi. Tadbirda xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolari tinglandi hamda zarur yechimlar berildi.

Xususan, Katta Jiyda mahallasi ichki yo‘llaring 300 metri shag‘allashtirildi, salomatligi borasida murojaat qilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ehtiyoji bor fuqarolarga nogironlik aravachasi berildi. Bundan tashqari, kam ta’minlangan fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlarni yetkazib berildi.

#4_sektor #sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram