Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#munosabat

Davlat soliq idoralarida asossiz yig‘ilish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbari tomonidan yarim tunda yig‘ilishlar o‘tkazilayotganligi haqida asossiz, tasdiqlanmagan xabarlar tarqatilmoqda.

Ta’kidlash joizki, davlat soliq idoralari tomonidan hafta davomida amalga oshiriladigan ishlarni aniq qilib rejalashtirib olish uchun dushanba kuni haftada bir marta mehnat qonunchiligi doirasida yig‘ilish o‘tkaziladi. Va, albatta, mazkur yig‘ilishlarda biror xodimning shaxsiyatiga tegish, kamsitish holatlari kuzatilmaydi. Ish vaqtidan tashqari esa bunday yig‘ilishlar o‘tkazilishiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday asossiz xabarlar tarqatmaslikni so‘raymiz.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining soliq ma'murchiligiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda

Muhokama markazida soliq ma'murchilgidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan, tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar

👉 Jonli efir havolasi 📡

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#munosabat

Dam olish maskanlarida ishchilarni rasmiylashtirish holati bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan
munosabat

Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ida joylashgan xususiy dam olish maskanlarida ishchilarni rasmiylashtirish holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Mazkur holat bo'yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Ayni paytda Chimyon qishlog‘ida 3 ta davlat va 7 ta xususiy dam olish maskanlari faoliyat olib bormoqda, ularda 1 031 nafar fuqarolarning rasmiy bandligi ta’minlangan.

E’lon qilingan xabarda qayd etilgan “Nurafshon sihatgohi” MChJ nomli dam olish maskani O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 100 foiz ta’sischiligidagi davlat korxonasi hisoblanadi. 2023-yil noyabr oyi uchun taqdim etilgan hisobotlarga ko‘ra, ushbu dam olish maskanida 36 nafar ishchi-xodimning bandligi ta’minlangan hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobotlari o‘z vaqtida berilib, soliqlar davlat budjetiga to‘lab kelinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslar ishchi-xodimlarining haqiqiy soni va soliq hisobotdagi aks ettirilgan ishchi-xodimlar soniga muvofiqligi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi amalga oshirilishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#munosabat

Rasmiy
munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun olinadigan yer solig‘i bo‘yicha tarqatilgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

📃Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda belgilanadi hamda soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi👉

Soliq kodeksida belgilangan bazaviy soliq stavka asosida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan shahar va tumanlar uchun 0,5 dan 2,0 gacha hamda ushbu shahar va tumanlar Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahallalar kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llagan holda soliq stavkalarini aniq miqdori tasdiqlanadi.

Misol uchun: Farg‘ona shahri Oybek MFYda joylashgan 1,0 gektardan iborat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi uchun yer solig‘i miqdori joriy yilda 107 244 500 so‘m etib belgilangan.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube