Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
4.71K photos
519 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Mol-mulk va yer soliqlari teng yarmini 15-apreldan kechiktirmay to‘lashni unutmang❗️

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

#15_aprel #yer #mol_mulk #soliq #fergana

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

🟣Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

#savol_javob #yer_soligi #15_aprel

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

#savol_javob #mol_mulk_soligi #15_aprel

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#15_aprel #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari

Mol-mulkning kadast qiymatidan kelib chiqqan holda 2022-yil uchun infografikada ko‘rsatilgan stavkalarda hisoblanadi.

☝️Agar jismoniy shaxslar mol-mulkining kadastr qiymati mavjud bo‘lmasa, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — 42 mln so‘mning besh baravari (210 mln so‘m) miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari (84 mln so‘m) miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

📍Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.

Hurmatli fuqarolar❗️

Siz ham soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shing!

#15_aprel #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мол-мулк ва ер солиқларини 15 апрелдан кечиктирмай тўлашни унутманг❗️

Сиз тўлаган солиқлар аҳолини ижтимоий-иқтисодий қўллаб-қувватлаш ҳамда юртимиз фаровонлигига хизмат қилади.

P.S Ўз вақтида тўланмаган солиқ суммасига ҳар бир кечиктирилган кун учун белгиланган тартибда пеня ҳисобланиб, қарздорлик суд тартибида мажбурий ундирувга қаратилиши ҳамда қарздорга тегишли бўлган мол-мулк ҳисобидан қопланиши мумкин.

#15_aprel #yer #mol_mulk #soliq #fergana

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qanday turdagi mol-mulkka jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i hisoblanadi?

Soliq kodeksining 419-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi.

❇️ uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;

❇️ tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari;

❇️ qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar.

Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;

❇️ ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.

#savol_javob #mol_mulk_soligi #15_aprel

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

Soliqlarni masofadan turib Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson to‘lashingiz mumkin.

📌Soliqlar – yurtimiz farovonligi🏞, yo‘llarimiz ravonligi🛣, sarhadlarimiz mustahkamligi🚧, aholi salomatligi🏥, farzandlar kelajagi 👫 uchun sarflanadi.