Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#uchrashuv

Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati farg‘onalik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Seminarda tadbirkorlar tomonidan kelib tushgan takliflar, hududlarda o‘tkazilgan uchrashuvlar munosabati bilan soliq ma’muriyatchiligiga oid dasturiy mahsulotlarni yanada takomillashtirishga doir joriy etilgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil axborot berildi.

Xususan, “E-aktiv” dasturidan foydalanish 2022-yilda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, dasturdan foydalanmaganlik uchun javobgarlik choralari 2022-yil 1-sentabrga qadar qo‘llanilmasligi tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyat ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, QQS to‘lovchilarning tahlika-tahlil avtomatlashtirilgan tizimi bo‘yicha soliq xavfini aniqlashdagi ayrim me’zonlar qo‘llanilishi 2023-yil 1-yanvarga qadar to‘xtatib turilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, mol-mulk solig‘i bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar ko‘chmas mol-mulkini o‘z vaqtida qayta baholatib kelayotgan tadbirkorlarga teng raqobat sharoitlari yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Erkin va ochiq muloqotlarda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha taklif va tashabbuslar ham muhokama qilindi. O‘rtaga tashlangan masalalar yuzasidan aniq ko‘rsatma va amaliy yechimlar berildi.

Tadbir yakunida sohadagi yangiliklar va tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar yuzma-yuz muloqotlarda DSQ rahbariyati ishtirokida muhokama etilishi soliq xizmati organlari tadbirkorlarning yaqin hamkori va maslahatchisiga aylanib borayotganining yorqin isboti ekanligi e’tirof etildi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#keshbek

15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab...

Maʼlumki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi QR-kodli chekini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 % keshbekka ega bo‘lmoqda.

Joriy yil 1-yanvardan 1-fevralga qadar 32 755 242 ta (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, 17 134 987 ta ko‘p, yaʼni 191 % ga oshgan) xarid cheki onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan bo‘lib, shundan 1 482 563 tasiga Soliq mobil ilovasi orqali 19,4 mlrd so‘mlik keshbek hisoblangan.

Taʼkidlash lozim, chakana savdo, maishiy xizmat va umumiy ovqatlanish sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan keshbek amaliyoti isteʼmolchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.

Ammo, bugungi kunga qadar keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar tahlil qilinganda, ayrim texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM) xodimlari keshbekka ega bo‘lish maqsadida vazifalarini suiisteʼmol qilib o‘zgalar tomonidan amalga oshirilgan xarid uchun shakllangan cheklarni o‘z nomidan ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari aniqlandi.

Jumladan, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan 281 ta tadbirkorlik subyektining 11 mlrd so‘mlik 15,9 mingta xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Xususan, TXKM xodimlari:

▫️Q.N. tomonidan 178 ta tadbirkorning 7 524 ta 5,8 mlrd so‘mlik;

▫️Q.A. tomonidan 80 ta tadbirkorning 5 206 ta 4,6 mlrd so‘mlik;

▫️R.F. tomonidan 23 ta tadbirkorning 3 131 ta 0,6 mlrd so‘mlik cheklarini “Soliq” mobil ilovasida QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan.

“Soliq” mobil ilovasida yuqoridagi shaxslar tomonidan xaridni amalga oshirmasdan ro‘yxatga olingan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilinadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, DSQ keshbek amaliyoti to‘g‘ri qo‘llanilishini doimiy nazorat qilib boradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
📌Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlarini keng tushuntirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan mas’ul idoralar vakillari ekstremizm va terrorizm XXI asrda eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylanganligi, bag‘rikenglik, rang-baranglik va hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna solishini ta’kidlab o‘tdilar.

♻️Shuningdek, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissa qo‘shish har bir fuqaroning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

📺Ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilib, sog‘lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilayotganligi haqida videolavha ishtirokchilarga namoyish etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#sorovnoma

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Davlat soliq qo‘mitasi soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik fikri asosida baholash hamda sohadagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda!

Barcha soliq to‘lovchilarni mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Sizning fikringiz biz uchun muhim❗️

👉Quyidagi havola orqali so'rovnomada ishtirok eting https://soliq.uz/public-opinion/rating
———————————

Уважаемые налогоплательщики❗️

Государственный налоговый комитет проводит опрос общественного мнения для оценки эффективности работы органов государственной налоговой службы и выявления существующих проблем в сфере!

Мы призываем всех налогоплательщиков принять активное участие в этом опросе.

Ваше мнение очень важно для нас❗️

👉Примите участие в опросе по этой ссылке
https://soliq.uz/public-opinion/rating?lang=ru

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara

“Soliq” mobil ilovasida elektron raqamli imzosiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin

🧑‍💼Jismoniy shaxslar uchun “Soliq” mobil ilovasida ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratildi. Hisobga qo‘yish ilovaning "Ijaraga berish" menyusida Face ID (insonning yuz ko‘rinishi) orqali amalga oshiriladi.

📱Ilovada:
👉“Ijarani
ro‘yxatga olish”
👉“Ijarani tasdiqlash”
👉“Ijaralar ro‘yxati”
👉“Talabalar uchun ijara shartnoma”
bo‘limlari mavjud.

🏠Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijaraga berilayotgan obyekt maydoni, ijara davri, ijara summasi va ijaraga olayotgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilishi lozim.

Ijaraga oluvchi jismoniy shaxs jo‘natilgan maʼlumotlarni tekshirib, "Tasdiqlash" tugmasini bosgandan so‘ng avtomatik ravishda ijara shartnomasi soliq organida hisobga olinadi va hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma shakllanadi.

👨‍🎓Ilovaning “Talabalarga ijaraga berish” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Bunda, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari (F.I.O, manzili, oliy o‘quv yurtining nomi, fakulteti va bosqichi ) avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

⚙️Face ID dan tashqari ERI va oneID orqali ham ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish imkoniyati yaratilmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#vakansiya #fergana #soliq

Фарғона вилояти солиқ идораларидаги вакант лавозимлар учун очиқ мустақил танлов эълон қилинди

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Фарғона вилоят филиали Давлат солиқ бошқармаси билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

— Фарғона вилояти давлат солиқ бошқармаси солиқ назорати бўлими солиқ аудити шўъбаси давлат солиқ катта инспектори;

— Қўқон шаҳар давлат солиқ инспекцияси Солиқ назорати бўлими сайёр солиқ текширувлари шўъбаси давлат солиқ катта инспектори;

— Қўқон шаҳар давлат солиқ инспекцияси жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи ўринбосари;

— Қўқон шаҳар давлат солиқ инспекцияси жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими давлат солиқ катта инспектори;

— Қўқон шаҳар давлат солиқ инспекцияси юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Қўқон шаҳар давлат солиқ инспекцияси ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими давлат солиқ катта инспектори (2-секторга масъул);

— Қўқон шаҳар давлат солиқ инспекцияси солиққа оид ҳуқуқбузарликлари билан ишлаш шўъбаси давлат солиқ бош инспектори;

— Марғилон шаҳар давлат солиқ инспекцияси солиққа оид ҳуқуқбузарликлари билан ишлаш шўъбаси давлат солиқ бош инспектори;

— Марғилон шаҳар давлат солиқ инспекцияси бошлиғи ўринбосари;

— Марғилон шаҳар давлат солиқ инспекцияси солиқ назорати бўлими бошлиғи;

— Фарғона шаҳар давлат солиқ инспекцияси бошлиғи ўринбосари;

— Бешариқ тумани давлат солиқ инспекцияси солиқ назорати бўлими Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи;

— Бешариқ тумани давлат солиқ инспекцияси бошлиғи ўринбосари;

— Бешариқ тумани давлат солиқ инспекцияси жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими давлат солиқ катта инспектори;

— Бувайда тумани давлат солиқ инспекцияси солиқ назорати бўлими Камерал солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи;

— Бувайда тумани давлат солиқ инспекцияси солиқ назорати бўлими Камерал солиқ текширувлари шўъбаси давлат солиқ бош инспектори;

— Бувайда тумани давлат солиқ инспекцияси юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Данғара тумани давлат солиқ инспекцияси солиқ назорати бўлими Камерал солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи;

— Данғара тумани давлат солиқ инспекцияси солиқ назорати бўлими Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи;

— Ёзёвон тумани давлат солиқ инспекцияси ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими 0,5 ставка давлат солиқ катта инспектори (2-секторга масъул);

— Тошлоқ тумани давлат солиқ инспекцияси жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими давлат солиқ бош инспектори;

— Ўзбекистон тумани давлат солиқ инспекцияси солиқ назорати бўлими Камерал солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи;

— Фурқат тумани давлат солиқ инспекцияси бошлиғи ўринбосари.

▶️
Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 3 февралдан 12 февралгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt