Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.92K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#seminar #fergana

📢Hurmatli soliq to‘lovchilar!

2022-yil 18-yanvar kuni Farg‘ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi"da Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ishtirokida soliq ma'muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi.

Ochiq muloqotda soliq ma’murchiligi samarasini oshirish orqali tadbirkorlarga yaratilayotgan teng raqobat sharoitlari, sohaga tatbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar imkoniyatlari va ularning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

🕰 Boshlanish vaqti: soat 11:00

Manzil: Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 17-uy.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fergana #soliq #seminar

Soliq qonunchiligidagi so‘nggi yangiliklar farg‘onalik tadbirkorlarga yetkazildi

©️O‘zbekiston24

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#Seminar

Farg'ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarda soliq qonunchiligiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilgan soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida seminarlar o‘tkaziladi

2022-yil 28-noyabr

🕰soat 10:00 da
🏢Rishton tumani davlat soliq inspeksiyasi majlislar zalida

🕰soat 14:00 da
🏢O'zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi majlislar zalida

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Hududlarni toifalarga ajratish natijasida berilayotgan soliq imtiyozlari tadbirkorlarga yetkazilmoqda

📃Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son farmoniga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan Farg‘ona viloyatining 19 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratildi hamda toifadan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.

Xususan, 4-toifaga kiritilgan Furqat hamda 5-toifaga kiritilgan Yozyovon va So'x tumanlarida tadbirkorlik subyektlariga qator soliq imtiyozlari berilmoqda.

Mazkur imtiyozlar, shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga batafsil yetkazish maqsadida viloyat DSB mas’ul xodimlari ishtirokida Yozyovon va Furqat tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

♻️Ochiq muloqot jarayonida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: soliq qonunchiligidagi yangiliklar yetkazildi


2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik, xususan, tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, mas’ul xodimlar va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, da’vo qilish muddatining 3 yilga qisqartirilganligi, foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 10 mlrd so‘m etib belgilanganligi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibi, mol-mulk solig‘idagi o‘zgarishlar va boshqalarga batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Ochiq va konstruktiv muloqot tarzida o‘tgan tadbirda soliq to‘lovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt