Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.93K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#bilasizmi

2022-yilda ham quyidagi soliq turlari bo‘yicha stavkalar saqlanib qolmoqda:

❇️Qo‘shilgan qiymat solig‘i – 15%;

❇️Foyda solig‘i –15% (alohida toifalar uchun – 20%);

❇️Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 12%;

❇️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i – 0,95%;

❇️Ijtimoiy soliq – 12% (byudjet tashkilotlari uchun 25%);

❇️Aylanmadan olinadigan soliq – 4% (bazaviy stavka).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Yosh oila uchun xushxabar: ipoteka kreditini qoplashga yo‘naltirilgan daromadlar soliqdan ozod etiladi

📄2022-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, soliqqa tortilmaydigan daromadlar tarkibi kengaytirildi.

Xususan, yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlari hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etildi.

Ushbu soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga to‘lguniga qadar, Soliq kodeksida kvartiralarning qiymati va byudjetdan ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qo‘llaniladi.

📌Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, ipoteka krediti bo‘yicha soliq imtiyozlari agar uy-joyning qiymati 300 million so‘mdan oshmasa hamda kredit shartnomasida kredit to‘lovlari uchun byudjetdan subsidiya ajratilishi nazarda tutilgan bo‘lsa (ushbu shartlar to‘liq bajarilmasa imtiyoz tatbiq etilmaydi), oylik ish haqining 15 million so‘mgacha kreditni qoplashga yo‘naltirilgan qismiga nisbatan tatbiq etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq imtiyozi berildi

Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (amalda BHMning bir baravari) miqdorida belgilandi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#EHF #ЭСФ

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Bayram munosabati bilan 2022-yil 5-yanvargacha dam olish kunlari belgilanganligi sababli 2021-yil dekabr oyi uchun EHFni rasmiylashtirish muddati 2022-yil 18-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Mazkur eʼlon DSQ rasmiy xabari sifatida tan olinib soliq nazorati vaqtida moliyaviy yoki maʼmuriy jarimalar qo‘llanilmasligiga asos bo‘ladi.
______________________

Уважаемые налогоплательщики!

В связи с установлением праздничных выходных дней до 5 января 2022 года, срок оформления ЭСФ за декабрь 2021 года продлен по 18 января 2022 года.

Данное объявление признается официальным сообщением ГНК и является основанием для неприменения финансовых либо административных штрафов при налоговом контроле.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘iga joriy to‘lovlar bo‘yicha ma‘lumotnoma shakllari

📄Soliq to‘lovchilar 2022-yil uchun yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘iga joriy to‘lovlar bo‘yicha ma‘lumotnomani 1-fevralga qadar 1 m² minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etishi mumkin (eski shaklda).

Bunda:
👉aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan korxonalar 10401_15-raqamli hisobot shaklini;
👉 aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari 10401_16-raqamli hisobot shaklini tanlagan holda taqdim etadi.

Shuningdek, 1 m² minimal qiymat miqdorini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan maʼlumotnoma shakllari ham ishlab chiqilgan.

Bunda:
👉aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan korxonalar 10401_19-raqamli hisobot shaklini;
👉 aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari 10401_20-raqamli hisobot shaklini tanlagan holda taqdim etadi.

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, DSQ mutaxassislari tomonidan yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma shakllarini taqdim etish bo‘yicha USLUBIY QO‘LLANMA tayyorlandi.

➡️ Qo‘llanma bilan batafsil bu yerda tanishing

➡️ 2022-yildagi yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i haqida yangiliklar

➡️ Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#e_aktiv

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Ma'lumki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) ishga tushirilgan.

Mazkur tizim tadbirkorlik subyektlariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobini yuritish imkonini beradi.

Bugungi kunda tizimni amaliyotga joriy etish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Jumladan, elektron hisobvaraq-faktura va bojxona-yuk deklaratsiyalari asosida kiruvchi va chiquvchi tovarlar oqimini avtomatik ravishda hisobga olish joriy etildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining taklif va murojaatlari asosida tizimni avtomatlashtirilgan yirik buxgalteriya hisobi dasturiy mahsullari (1C, SAP va boshqalar) bilan integratsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

2022-yil 1-iyulgacha “E-aktiv” ATT bilan integratsiya qilinmaganlik yoki undagi barcha operatsiyalarni to‘liq aks ettirmaganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llanilmasligini maʼlum qilamiz. (PQ-73 30.12.2021)

Ma'lumot uchun.
“E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini 1C dasturiy mahsulining “Perfect Solutions” va “Venkon Group” integratorlari bilan integratsiyalash ishlari yakuniga yetkazildi
.

📜“E-aktiv” AATdan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Maqsad: soliqlarni adolatli taqsimlanishi orqali teng raqobat sharoitini yaratish

Koʼchmas mulk obyektlarining bozor bahosiga yaqin boʼlgan kadastr qiymati asosida mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan (PF-6121).

Kadastr qiymatini bozor qiymatiga yaqinlashtirish va kelajakda yuridik shaxslarning mol-mulk hamda yer soliqlarini birlashtirib, koʼchmas mulk soligʼini joriy qilish maqsadida minimal miqdor amaliyotga tatbiq etildi.

Toshkent shahri Mirzo Ulugʼbek tumanida mulkni bozor qiymati asosida hisoblab chiqarish mexanizmini joriy etish boʼyicha tajriba oʼtkazilganda tijorat koʼchmas mulk obyektlarining 1 kv.m joy uchun bozor qiymati 6 mln soʼmdan ortiqni tashkil etdi.

Belgilangan minimal qiymat koʼchmas mulk obyektlari bozor qiymatining 2 barobaridan past ekanligini koʼrsatmoqda.

Аksariyat kichik korxonalar yillar davomida mol-mulkini qayta baholamay kelganligi natijasida koʼchmas mulkining qoldiq qiymati "past" yoki “nol” boʼlgan. Shu bois, minimal qiymat asosida soliq hisoblanganda ushbu obyektlar uchun soliq yuki ortishi kuzatilmoqda.
Raqamlar esa 41 mingta obyekt qayta baholanmaganligi sababli ularning qiymati bozor bahosiga nisbatan kam ekanligini koʼrsatib turibdi.

Fikrimiz tasdigʼi sifatida quyidagi misollarni keltiramiz:

📍Toshkent shahrida "А" korxonaga tegishli 40 m² noturar obyektining qoldiq qiymati 2 mln soʼm deb koʼrsatilib, bir yilda 41 ming soʼm soliq toʼlangan boʼlsa, xuddi shu tumanda joylashgan "B" korxona 31 m² noturar obyekt qoldiq qiymatini bozor bahosiga yaqin qiymatda 168 mln soʼm baholab yiliga 3,4 mln soʼm soliq toʼlagan.
Kiritilgan oʼzgarishlar natijasida mulkining qoldiq qiymatini kamaytirib koʼrsatganligi uchun "А" korxonada yuqori farq kelib chiqadi, "B" korxona esa stavka pasaygani hamda qoldiq qiymati hisob-kitobini toʼgʼri yuritganligi sababli oʼtgan yilga nisbatan (0,8 mln soʼm) kam soliq toʼlaydi (Foto 1).

📍Vobkent tumanida "А" korxonaga tegishli 1750 m² noturar obyektning qoldiq qiymati 25 mln soʼm deb koʼrsatilib, 1 yilda 518 ming soʼm soliq toʼlangan boʼlsa, xuddi shu tumanda joylashgan "B" korxona 1474 m² noturar obyekt qoldiq qiymatini bozor bahosiga yaqin qiymatda 1,6 mlrd soʼm baholab yiliga 63,4 mln soʼm soliq toʼlagan.
2022-yildan mulk maydoniga nisbatan eng kam qiymat kiritilishi munosabati bilan "А" korxonaning mulk soligʼi 1,7 mlrd soʼm 1,5% stavkada 26,2 mln soʼm hisoblanishi kutilyapti. Qoldiq qiymati belgilangan minimal miqdordan haqiqatda kam boʼlgan taqdirda oʼz koʼchmas mulklarini qayta baholashlari mumkin, baholash natijalari soliq bazasi sifatida tan olinadi.
"B" korxonada esa stavka pasaygani hamda qoldiq qiymati toʼgʼri hisob kitobi yuritilganligi sababli 39,6 mln soʼm korxona ixtiyorida qoladi (Foto 2).

Mulklarini bozor narxlariga yaqinlashtirish maqsadida qayta baholab kelgan 21,5 mingta soliq toʼlovchida stavkaning pasayishi (2 %dan 1,5 %ga) hisobiga soliq summasi kamaymoqda.

Bundan tashqari, minimal qiymatni hisoblab chiqishda yengillashtiruvchi holatlar mavjud.

Mazkur holatlar soliq yukini tenglashtirib, uni adolatli taqsimlashga va teng raqobat sharoitini yaratishga imkon beradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e_aktiv

🎞"E-aktiv" tizimidan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma

2022-yil 1-iyulgacha
“E-aktiv” AATdan lozim darajada foydalanmaganlik uchun soliq to‘lovchilarga ta'sir choralari ko‘rilmasligini maʼlum qilamiz.

Ma'lumot uchun. “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimini 1C dasturiy mahsulining “Perfect Solutions” va “Venkon Group” integratorlari bilan integratsiyalash ishlari yakuniga yetkazildi.

👉“E-aktiv” AATdan foydalanish bo‘yicha o‘quv QO‘LLANMA
#keshbek

Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati

Xarid qilingan tovar (xizmat)lar qiymatidan 1% keshbekka ega bo‘lish imkoniyati isteʼmolchilar orasida tobora ommalashib bormoqda.

Xususan, mazkur tizim amaliyotga joriy etilgach, dastlabki 14 kunda:
☑️ keshbek olish uchun 401 604 ta QR-kodli chek ro'yxatga olindi;
☑️ jami keshbek summasi 5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi;
☑️ “Soliq” mobil ilovasida 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi (Android/ iOS).

Buni intizomli soliq to‘lovchilar safi kengayib borayotgani hamda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan jamoatchilik nazorati kuchaygani bilan izohlash mumkin.

Shu bilan birga, cheklardagi maʼlumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatish, QR-kodli cheklarni bermaslik, boshqa shaxslarning cheklari hisobiga keshbekka ega bo‘lish kabi isteʼmolchilar huquqlarini poymol qiluvchi, keshbek amaliyotiga salbiy taʼsir etayotgan holatlarning yuzaga kelayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, savdo xodimlari tomonidan onlayn-NKM cheklarining nusxasi (dublikat)ni chop etgan holda xaridordan avvalroq ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari ko‘p uchramoqda.

Shu bois, isteʼmolchilar huquqlarini har tomonlama himoya qilish va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida quyidagi talablar o‘rnatilmoqda:

– QR-kodli chek birinchi marta SOLIQ mobil ilovasida skanerlanganda isteʼmolchi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan maʼlumotlar bazasida avtomatik ro‘yxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida chek qaysi raqam orqali ro‘yxatga olinganini ko‘rsatuvchi eslatma paydo bo‘ladi;

– har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagacha chekni ro‘yxatga olish tartibi joriy etilmoqda. 6-chek ro‘yxatdan o‘tkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugaganligi to‘g‘risida eslatma paydo bo‘ladi.

DSQ keshbek amaliyoti to‘g‘ri qo‘llanilishini doimiy nazorat qilib borish bilan birga, isteʼmolchilar firk-mulohazalarini inobatga olgan holda tizimni takomillashtirib boradi.
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar soliq bazasi bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan turli fikr va xulosalar bildirilmoqda.

👉 kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan izoh

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

Ayni paytda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ishtirokida soliq ma'muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

📹Matbuot-anjumanini ushbu havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda kuzating:

👉 Youtube
__________________________
#пресс_конференция

Началась пресс-конференция, посвященная обсуждению нововведений в сфере налогового администрирования, с участием председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева.

📹Прямой эфир смотрите по ссылке:

👉 Youtube

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#seminar #fergana

📢Hurmatli soliq to‘lovchilar!

2022-yil 18-yanvar kuni Farg‘ona shahridagi "Tadbirkorlar uyi"da Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ishtirokida soliq ma'muriyatchiligidagi so‘nggi yangiliklarga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi.

Ochiq muloqotda soliq ma’murchiligi samarasini oshirish orqali tadbirkorlarga yaratilayotgan teng raqobat sharoitlari, sohaga tatbiq etilayotgan raqamli texnologiyalar imkoniyatlari va ularning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

🕰 Boshlanish vaqti: soat 11:00

Manzil: Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 17-uy.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Давлат солиқ қўмитаси раҳбарияти иштирокида фарғоналик тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказилди

2022 йил 1 январдан бошлаб солиқ қонунчилигига киритилган ўзгартиришларни солиқ тўловчиларга етказиш мақсадида Фарғона шаҳридаги "Тадбиркорлар уйи"да вилоят давлат солиқ бошқармаси томонидан кўргазмали амалий семинар ташкил этилди.

Очиқ мулоқот тарзида ўтказилган тадбирда Давлат солиқ қўмитаси раисининг 1-ўринбосари Мубин Мирзаев ва қатор мутахассислар иштирок этиб, “Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодексига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Қонун билан жорий этилган янгиликлар ҳақида батафсил ахборот бердилар.

Хусусан, юридик шахслардан олинадиган мол-мулк солиғининг ставкаси 2 фоиздан 1,5 фоизга пасайтирилиб, тадбиркорларга тенг рақобат шароитларини яратиш мақсадида кўчмас мулк объектининг 1 кв.метр учун мутлақ қийматда минимал миқдорлар белгиланлиги таъкидланди.

Тадбир давомида солиқ тўловчиларни қизиқтирган саволларга мутахассислар томонидан батафсил тушунтиришлар берилди.