Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.8K photos
528 videos
42 files
2.46K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#yutuqli_oyinlar

Yutuqli chek o‘yinlari: navbatdagi Spark o‘z sohibiga topshirildi

Joriy yilning 26-avgust kuni Nukus shahrida yutuqli chek o‘yinlarining VIII tiraji o‘tkazilgan edi.

Super yutuq – Spark avtomashinasi atiga 5 ming so‘mlik xarid cheki evaziga Farg‘ona viloyati Rishton tumanida istiqomat qiluvchi isteʼmolchiga nasib etgan edi.

Davlat soliq qo‘mitasida yutuqli chek o‘yinlarining 2021-yildagi VIII tiraji g‘oliblariga sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
__________
#призовые_игры

Призовые чековые игры: очередной Spark вручен победителю

VIII тираж призовых чековых игр состоялся 26 августа текущего года в Нукусе.

Суперприз – автомобиль Spark выиграл потребитель из Риштанского района Ферганской области, совершив покупку стоимостью в 5 000 сумов.

В Государственном налоговом комитете в торжественной обстановке вручены призы победителям VIII тиража призовых чековых игр 2021 года.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yutuqli_oyinlar

👏👏👏Spark avtomobili muborak bo‘lsin

"5 ming so‘mlik ko‘k choy sotib olgan edim, o‘shani cheki menga omad keltirdi" deydi 8-tiraj qahramoni Rishtonning Oqyer qishlog‘idan kelgan Valijon aka.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliqchi_komakchi

Oltiariqlik usta-sozgarga “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida yordam ko‘rsatildi

Ko‘p yillardan buyon dutor, rubob, doira singari musiqa dastgohlarini yasab keladigan usta-sozgar Rahmonali Nortojievni Oltiariqda tanimagan odam kam topiladi. An’analarimiz davom etsin, hunarim yerda qolmasin deya o‘z xonadonida o‘g‘li va shogirdlariga dastgohlar yasash sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.

Endi esa mohir hunarmand o‘z faoliyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan. Shu bois, Oltiariq tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida unga “Musiqa sadolari” oilaviy korxonasini ochishda huquqiy masalahat berildi hamda ayni paytda soliq hisobotlarini tayyorlab jo‘natishda amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Qopchug‘ay MFYda joylashgan “Oltiariq baxmali” korxonasiga esa 2021-yil 1-yarmida ishlab chiqarish mahsulotlarini realizatsiya qilish natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha QQS summasini qaytarishga ko‘maklashildi va 140 mln. so‘m tadbirkorning hisob-raqamiga o‘tkazib berildi.

Ma’lumot uchun: 2021-yilning dastlabki 8 oyi davomida Oltiariq tumani DSI tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilishi natijasida 897 ta subyektga yordam zarurligi aniqlandi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, 135 ta subyektning 9,9 mlrd. so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berildi, 695 nafar tadbirkorga soliq hisobotlarini to‘ldirish va topshirishga ko‘maklashildi, 17 ta subyektga esa soliq imtiyozlaridan foydalanish tartibi tushuntirildi.
#antikorrupsiya

Siz soliq organlarida korrupsiya holatlariga duch keldingizmi? Bu haqda xabar bering!

📲 Soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni

💬@dsq\_anticorrupciya\_bot maxsus telegram boti orqali yuborish mumkin.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Davlat soliq xizmati organlariga quyidagilar kiradi:

🔸 Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati;
🔸 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalari;
🔸 Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi;
🔸 «Yangi texnologiyalar» ilmiy axborot markazi DUK;
🔸 “Soliq-servis” DUK;
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut;
🔸 Soliq texnikumlari (Toshkent shahri, Buxoro va Farg‘ona viloyati).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2021-yil 15-sentabr

avgust oyi uchun:

- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrdan kechiktirmay to‘lashni unutmang❗️

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga yangi soliq imtiyozlari belgilandi

📌Prezidentimizning 2021-yil 14-sentabr kungi “Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muvofiq:

2020-yil 1-yanvardan boshlab maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor bo‘lganligi munosabati bilan mazkur soliq imtiyozlarining foydalanilmay qolgan qismi 2020-yil 1-oktyabrga qadar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reestriga kiritilgan ishtirokchilar uchun, ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda, ular reestrga kiritilgan sanadan boshlab 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarda to‘liq qo‘llaniladi;

maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga 2021-yil 15-sentyabrdan boshlab mahsulot ishlab chiqarishda va o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni import qilganda QQS va bojxona bojini foizlar hisoblanmagan va ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kungacha muddatga kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.