Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #Bobur_540_yilligi
Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi muhim fakt bilan tanishing:
⏺ Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
⏺ Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini olgan.
⏺ Otasi 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, 12 yoshida taxtga oʻtiradi (1494 yil iyun).
⏺ Bobur Afgʻonistonda “Bogʻi Shahroro”, “Bogʻi Jahonoro”, “Oʻrtabogʻ”, “Bosh vafo” va “Bogʻi Bobur” kabi oromgohlar tashkil etgan.
⏺ Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tugʻilgan.
⏺ Bobur 1526 yil aprelda Panipatda Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning 100 ming kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi.
⏺ “Boburnoma” voqealari Andijon, Samarqand, Xoʻjand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha boʻlgan qamrovga ega. Unda Oʻrta Osiyodan boshlab Hindistongacha boʻlgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
⏺ Bobur 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va oʻsha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq hoki Kobulga keltirilib, oʻzi bunyod ettirgan “Bogʻi Bobur”ga qoʻyildi.
⏺ Bobur asos solgan boburiylar sulolasi Hindistonda uch yarim asrga yaqin xukm surgan.
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi muhim fakt bilan tanishing:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM