FARG'ONA KADASTR
1.79K subscribers
4.92K photos
968 videos
17 files
3.12K links
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Оила
аъзоларининг розилигисиз турар жойни олди-сотди ёки ҳадя ҳамда турар жойни бир қисмини нотариал идора орқали ўзга бир шахсга ўтказиб бериш мумкинми?

ЖАВОБ

Ўзбекистон
Республикаси Оила кодексининг 24-моддасига асосан Эр (хотин) ўзининг номига расмийлаштирган умумий кўчмас мол-мулкни тасарруф этиш бўйича битим тузиши учун хотин (эр)нинг нотариал тартибда тасдиқланган розилигини олиши лозимлиги белгиланган. Шунга асосан уй-жойни сотишда турмуш ўртоғингизнинг нотариал тартибда тасдиқланган розилиги зарур бўлади.

Бизларни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг
Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Турар
жойимнинг бир қисмини нотурар жой тоифасига ўтказганман ва кадастр ҳужжатини расмийлаштирганман. Энди ўша нотурар жойимни қайта бинонинг турар жой қисмига қўштирмоқчиман. Бу қай тартибда амалга оширилади?

ЖАВОБ

Нотурар жойни қайта турар жой тоифасига ўтказиш учун тегишли ҳужжатлар билан жойлардаги Давлат хизматлари марказига мурожаат қилишингиз зарур бўлади.
Шу билан бирга, кадастр ҳужжатларингизни қайта тайёрлаш учун ариза беришингиз мумкин.

Бизларни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг
Telegram Instagram YouTube Facebook
​​#Foydali #Savol_javob
Savol: Xonadonimga kadastr pasporti olmoqchi edim. Bu bo'yicha qayerga murojaat qilsam bo'ladi? Kadastr hujjati necha kunda tayyor bo'ladi?

❗️Javob: Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari https://my.gov.uz portalida ro'yxatdan o'tadi. 

Kadastr pasportini tayyorlash ko'chmas mulkni turar joyga oid qismi bo'yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹 ko'p kvartirali uydagi kvartira - 3 ish kunigacha;

🔹 yakka tartibdagi turar joy - 5 ish kunigacha.

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

Савол: Хонадонимга кадастр паспорти олмоқчи эдим. Бу бўйича қаерга мурожаат қилсам бўлади? Кадастр ҳужжати неча кунда тайёр бўлади?

❗️Жавоб: Ариза берувчи кадастр паспортини олиш учун Давлат хизматлари марказига ўзи келиб мурожаат этади ёки Ягона интерактив давлат хизматлари https://my.gov.uz порталида рўйхатдан ўтади. 

Кадастр паспортини тайёрлаш кўчмас мулкни турар жойга оид қисми бўйича қуйидаги муддатларда амалга оширилади:

🔹 кўп квартирали уйдаги квартира - 3 иш кунигача;

🔹 якка тартибдаги турар жой - 5 иш кунигача.

https://t.iss.one/fargonakadastr
#Foydali #Savol_javob
Savol: Men uyimning bir qismini savdo do‘koni yaʼni noturar joy toifasiga kadastr hujjat qilib o‘zgartirganman. Endi men o‘sha do‘konimni yana qaytib turar joy sifatida qayta o‘zgartirmoqchiman. Yaʼni u yerni turar joy qismiga qo‘shtirmoqchiman. Shunday qilishim uchun men nima qilishim kerak? Va qayerga uchrashim kerak?

❗️Javob: Noturar joyni qayta turar joy toifasiga o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi "Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 200-sonli qaroriga asosan tegishli hujjatlar bilan o‘zingizga yaqin bo‘lgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi va shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-sentyabridagi "Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 535-sonli qaroriga asosan xonadoningizning kadastr hujjatlarini ham qayta tayyorlash uchun ariza berishingiz mumkin.

▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️

Савол: Мен уйимнинг бир қисмини савдо дўкони яъни нотурар жой тоифасига кадастр ҳужжат қилиб ўзгартирганман. Энди мен ўша дўконимни яна қайтиб турар жой сифатида қайта ўзгартирмоқчиман. Яъни у ерни турар жой қисмига қўштирмоқчиман. Шундай қилишим учун мен нима қилишим керак? Ва қаерга учрашим керак?

❗️Жавоб: Нотурар жойни қайта турар жой тоифасига ўтказиш учун Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 20 апрелдаги "Қурилиш соҳасига оид ягона маъмурий қурилиш регламентларини тасдиқлаш тўғрисида"ги 200-сонли қарорига асосан тегишли ҳужжатлар билан ўзингизга яқин бўлган Давлат хизматлари марказига мурожаат қилишингиз керак бўлади ва шу билан бирга Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 3 сентябридаги "Кадастр соҳасида айрим давлат хизматлари кўрсатишнинг маъмурий регламентларини тасдиқлаш тўғрисида"ги 535-сонли қарорига асосан хонадонингизнинг кадастр ҳужжатларини ҳам қайта тайёрлаш учун ариза беришингиз мумкин.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#savol_javob

Savol: Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook
#savol_javob #murojaatlar #foydali

📩 O'zimga tegishli bo'lgan daraxtlarni ham kadastr hujjatlarini tayyorlash mumkinmi?

Ha, albatta ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin.

👨‍💻Buning uchun arizachi ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali (https://my.gov.uz/oz/service/667) orqali ariza yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini tayyorlash 5 ish kunida.
Ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 2 ish kunida.

🪙 Xizmat narxi
BHMning 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun BHMning 7 foizini tashkil qiladi.

Asos: 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi «Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida» 535-sonli qarori

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #murojaatlar #foydali

📩 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kechiktirilgan bo‘lsa ya’ni o‘z vaqtida murojaat qilinmagan bo‘lsa, mulk egasi kadastr idoralari tomonidan jarimaga tortiladimi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga asosan 👍Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) boʻlimi inspektorlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik holati boʻyicha jarima qoʻllash vakolati berilgan.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 68-prim 1-moddasiga asosan jarima miqdori fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravarini tashkil etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i O'razbaev Ruslan Xajibaevich javob beradi.

➡️ Hurmatli fuqarolar loyihamizning navbatdagi mehmoni 🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i bo'ladi. Sizda Kadastr sohasiga oid savollaringiz bormi unda 📱Telegram messenjeri orqali @Kadastrga_murojaat akauntiga yuborishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Uyimni kadastr qilganimdan keyin hovlimda qo‘shimcha qurilish bo‘lgan. Bu holatda kadastr hujjatini yangilashim kerakmi?

🟢Javobni batafsil videoda bilib oling


🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Turar joyim 2017-yil davlat ro'yxatidan o'tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Lekin men huddi shu uy-joyimga qaytadan ko'chirma olmoqchi bo'lsam xizmat uchun yana pul to'lashim kerak bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Murojaatingizga ko'ra, yer mulkingizda hech qanday o'zgarish bo'lmaganligi hisobga olinadigan bo'lsa, ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr pasporti mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmaganda, kadastr pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM