FARG'ONA KADASTR
1.82K subscribers
4.9K photos
965 videos
17 files
3.11K links
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Aerogeodeziya #toponimika

🌐 Республика аэрогеодезия марказининг топонимика хизмати томонидан амалга оширилаётган юртимиздаги географик объектларни номлаш, жой номларини давлат экспертизасидан ўтказиш ҳамда реестр базасига жойлаштириш ишлари ҳақида "Замон" информацион дастури лавҳаси.
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya #yer_nazorati

Кадастр агентлиги, Республика аэрогеодезия маркази Ер тузувчи муҳандислари томонидан қишлоқ хўжалиги ерларини хатловдан ўтказиш жараёни ҳамда амалга оширилган ишлар ҳақида "Замон" информацион дастуридан лавҳа.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya #video_rolik

🔷Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi faoliyat turlari, amalga oshirilayotgan yirik hamkorlik loyihalari, markaz tomonidan taqdim qilinayotgan sifatli va yuqori aniqlikdagi geodezik xizmat turlari, toponimika xizmati, yerlarni xatlovdan o‘tkazish borasidagi samarali ishlar haqida tayyorlangan videorolik.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadasr #Aerogeodeziya

🇺🇿Respublika aerogeodeziya markazi Farg'ona hududlararo bo'linmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 299-sonli qaroriga asosan xatlov o'tkazishda 🛬 aerosurat asosida dala o'quv seminari tashkil etildi. Bundan ko'zlangan maqsad dalada bajarilgan deshefrovka materiallari ArcGIS dasturi asosida qishloq xo'jaligi xaritalarini yaratishda yo'l qo'yiladigan xato va kamchiliklarning oldini olish hamda mutaxassislarning tajriba, malakalarini oshirish.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #aerogeodeziya #Topografiya

📊Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Geodeziya va topografiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan Farg‘ona vodiysining davlat geodeziya tarmog‘i punktlari yetarli bo‘lmagan hududlarida geodeziya punktlarini o‘rnatish (zichlashtirish) ishlari amalga oshirilmoqda.

📌Hozirgi kunda 32 ta 187 (A) tipdagi punktlar o‘rnatildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Aerogeodeziya

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligining ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi Farg’ona hududlararo bo'linmasi hodimlari tomonidan Farg’ona viloyati Bag’dod tumanida xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

Bag’dod tumanida 31 ta ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari muvjud bo‘lib, shundan 1 ta shahar, 20 ta shaharcha va 10 ta qishloqlarni tashkil etadi. Tumanda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarida qishloq va shaharchalar chegaralari aniqlanib, xaritalari va chegara tavsifi tayyorlanmoqda.

Xozirda 12 ta hududdagi jami 33381 gektar yer maydonlarining 30857 gektarida deshifrovka ishlari bajarildi va 96 nafar yerdan foydalanuvchi va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining yer maydonlari xatlovdan o‘tkazildi.

Xatlov ishlari davomida 8 ta holatda jami 4,24 gektar, shundan 2,8 gektar qishloq xo’jaligi va 1,44 gektar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlarida o’zgarishlar aniqlanib, qonuniyligi o'rganilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📆Joriy yilning 14-19 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi: Kazanforum” xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

🌐Forum dasturidan islom moliyasi, investitsiya, ishlab chiqarish, logistika, turizm, texnologiya, xalqaro hamkorlik, diplomatiya, biznes imkoniyatlar kabi mavzular bilan bir qatorda fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ulardan strategik maqsadlarida foydalanish masalalari ko‘tarildi.

🫥Tadbir doirasida “Mamlakatlarni geofazoviy maʼlumotlar sohasida qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlik” mavzusida panel muhokamalari o‘tkazildi hamda Rossiya va Islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi geodeziya va kartografiya sohasidagi hamkorlikning dolzarbliligi kabi masalalarni muhokama qilindi.

🌟Kadastr agentligi⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.S.OmonovO‘zbekiston Respublikasida fazoviy maʼlumotlarni rivojlanishi” mavzusi bilan spiker sifatida ishtirok etdi.

➡️Bunda Kadastr agentligida kadastr, geodeziya va kartografiya ishlarida masofadan turib zondlash va geofazoviy maʼlumotlarni rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🌟Kadastr agentligi ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 2024-yilda “O‘zbekiston Respublikasi hududida Milliy koordinatlar tizimini joriy etish” maqsadida respublikamiz hududi bo‘yicha maxsus geodezik o‘lchovlar amalga oshirilmoqda.

🇺🇿Maxsus o‘lchov ishlari keng qamrovda amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamda 2024-2025-yillarda respublikamiz hududidagi 3 000 dan ortiq I-va II-klass punktlarida GNSS o‘lchov ishlari amalga oshirilishi loyihalashtirilgan.

🔭Shuningdek Samarqand shahrida joylashgan, Mirzo Ulug’bek observatoriyasi hududida Milliy Koordinatlar tizimi uchun “0” nuqtani joylashtirish bo‘yicha ham loyihalash ishlari olib borilmoqda.

O‘lchov ishlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida to‘liq yakuniga yetkazildi.
Hozirgi kunda ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi I-va II-klass Davlat geodezik tarmoq punktlarida maxsus GNSS o‘lchov ishlari bajarilmoqda.

📍O‘lchov ishlariga 27 nafar mutaxassis va haydovchilar 11 ta maxsus avtomashinalar jalb etilgan.
Milliy koordinatlar tizimini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikamiz hududida ochiq koordinatlar tizimini yaratish va foydalanishga joriy etishdan iborat.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya #GNSS

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM