FARG'ONA KADASTR
1.64K subscribers
5.93K photos
1.07K videos
17 files
3.62K links
Download Telegram
Joriy yilning so‘nggi oyi – dekabrdan kuchga kiruvchi qonunchilikdagi o‘zgarishlar:

▪️Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting joriy etiladi;

▪️Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari va xorijiy shaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratiladi;

▪️Ko‘chma savdo ob’ektlari elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

▪️Yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi;

▪️Veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi.

#dekabr #huquqiy_asos #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
▫️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring▫️

❇️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muxofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 yildagi 22-qarori bo‘yicha ma’lumot.

◻️ Davlat nazoratini amalga oshirish asoslari.


#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #yerlarda_monitoring

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Yer munosabatlarida▫️

⚜️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-91-son, 24.03.2022 y.) qabul qilindi.

⚜️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.

⚜️ Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi.

⚜️ Shuningdek, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Ochiqlik siyosatini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi▫️

⚜️“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–786-son, 03.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

⚜️ Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Subsidiya asosida olingan uylarga imtiyozlar▫️

⚜️Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–377-son, 22.09.2022 y.) qabul qilindi.

⚜️ Qarorga muvofiq, 2023 yil 1- yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig‘iga tortilmaydi.

Batafsil⬇️
https://telegra.ph/Subsidiya-asosida-olingan-uylarga-imtiyozlar-09-23

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
▫️Subsidiya ajratish soddalashtirildi▫️

⚜️“Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (601-son, 14.10.2022 y.) qabul qilindi.

⬜️2022 yil 1- dekabrdan:

🔹 subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi;

🔹 subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi;

🔹 bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

➡️ Batafsil

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

1-noyabrdan ko’p qavatli uylarning umumiy mulki hududida qo’shimcha obyekt qurish taqiqlandi.

⚜️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo‘shimcha ko‘p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo‘lmagan obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

▫️PQ-346-son qarori

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube