FARG'ONA KADASTR
1.64K subscribers
5.04K photos
986 videos
17 files
3.19K links
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qomusimiz huquqlarimiz kafolati


🇺🇿Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

🇺🇿Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🇺🇿 Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🇺🇿 Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

📖 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer va mulk munosabatlari

🇺🇿 Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, 66-modda.


#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun - 9 dekabr «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»

🖥 Korrupsiya millat kelajagiga, insonlarning osoyishta hayotiga va taraqqiyotga xavf soladi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi soha xodimlarini, fuqaro hamda tadbirkorlarimizni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga chorlaydi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

10-dekabr O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!


🇺🇿 Bugun 10-dekabr, xalqimizning asriy orzu-umidlarini, milliy qadriyatlarimizni o'zida mujassamlashtirgan, mamlakatimiz ramzlari ichida badiiyligi jihatidan ajralib turadigan davlatimiz madhiyasi qabul qilingan kun.

🎼 Madhiyamiz o'zbek xalqining mustaqilligi, ozodligi va farovonligi, tarixiy yuksalishi va qadriyatlari, hamjihatligi, kelajakka bo'lgan ishonchi va yurtga sadoqati, shuningdek, vatanimizning tinchliksevar siyosati va millatlararo totuvlik kabi umumbashariy tuyg‘ularni tarannum etadi.

🎵 U nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo bo‘ylab milliy g‘ururimiz va yurtimizni barqaror rivojlanishiga bo‘lgan ishonchimiz, xalqimizning mardlik, ezgulik va yuksak qadriyatlarini madh etib, ona zaminimiz ravnaqi yo‘lida yanada mustahkam poydevor yaratishda davom etmoqda.

🎶 O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi bilan samimiy qutlaymiz. Vatanimiz madhiyasi yuksak marralarni zabt etayotgan hamyurtlarimiz sharafiga, xalqaro tashkilotlar va jahon arenalarida milliy g'urur hissini baxsh etgan holda, baralla yangrashda davom etishini tilaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Geografik obyektlar nomlari davlat ekspertizasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi tomonidan  bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

◼️ Mazkur infografika orqali 2024-yil yanvar-noyabr oylari davomida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilasizmi?

📹 Batafsil videoda.

#DavKadastrPalata #foydali_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🇺🇿 Sizning O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni bo‘yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔Mavzu: "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishning huquqiy asoslari va ahamiyati"

▶️ Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🗓 Vaqti: 2024-yil 24-dekabr, soat 15:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorijda yer munosabatlari


🇨🇴 Kolumbiya - Janubiy Amerikaning shimoli-g'arbida joylashgan agrar-industrial mamlakat bo'lib, 10 ta davlat bilan chegaradosh. Qishloq xo'jaligining asosiy qismini dehqonchilik tashkil etadi.
☕️ Qahva ishlab chiqarilishi bo'yicha mamlakat dunyoda 2-o'rinda turadi.

🎚 Xo'sh, Kolumbiyada yer munosabatlari va kadastr tizimi qanday tashkil etilgan?

🎚MCPning joriy etilishidan ko'zlangan maqsad nima?

🎞 Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #xorijda_yer_munosabatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Joy nomlari tarixiga nazar" loyihasi sarhisobi


😞😡😞😕-yil davomida amalga oshirilgan "Joy nomlari tarixiga nazar" loyihasi doirasida yurtimizdagi qadimiy shaharlar, madaniy obyektlar nomlarining kelib chiqish tarixi va etimologiyasi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

🇺🇿 Loyihaning maqsadi – faqat geografik joy nomlari emas, balki har birining o‘ziga xos etimologiyasi, tarixiy konteksti va ular bilan bog‘liq voqealar haqida ham batafsil ma’lumotlar berish, yurtimizning boy tarixini va madaniyatini o‘rganish orqali, har bir joy nomining ortida qanday ulkan tarixiy, madaniy meros mujassamlashganligini xalqqa tanitishdir.

🪬 Yil davomida quyidagi obyektlar nomlariga oid qizg‘in tadqiqotlar olib borildi:

🇺🇿 Xorazm
🇺🇿 Farg'ona
🇺🇿 Navbahor
🇺🇿 Termiz
🇺🇿 Asaka
🇺🇿 Nukus
🇺🇿 Sherobod
🇺🇿 Qorako‘l
🇺🇿 Jayraxona
🇺🇿 Forish
🇺🇿 Jondor
🇺🇿 Samarqand
🇺🇿 Toshkent

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM