FARG'ONA KADASTR
1.81K subscribers
4.91K photos
966 videos
17 files
3.11K links
Download Telegram
#Tayinlov #Farg_ona_viloyati #Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar

🔹Joriy yilning 24-aprel sanasida Davlat kadastrlari palatasining Farg'ona viloyati boshqarmasida palata raisi M.Valiyev boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda barcha 19 ta tuman va shahar filiallari rahbarlari hamda boshqarma bo'lim boshliqlari ishtirok etishdi.

🔹Mazkur
yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga Abdualiyev Umid Abdumutalibovich tayinlandi.

🔹Abdualiyev Umid Abdumutalibovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi Axborot tahlil bo'limi mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Davlat_kadastrlari_palatasi

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan E-auksion savdo maydonchasiga bo'sh yer uchastkalari bo'yicha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taklif kiritish tartibi bo'yicha video rolikda.

E-kadastr.uz

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Vakant

#Davlat_kadastrlari_palatasi markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔰Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i

🔰Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i

🔰Axborot tizimlarini rivojlantirish va qo‘llab -quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

🔰
Davlat kadastrlari palatasi Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i

🔰Malaka oshirish, metodologiya va o‘quv bo‘limi Yetakchi mutaxassisi

🔰 Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi Yetakchi mutaxassisi

🔰
Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi mutaxassisi

🔰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yagona
davlat reyestrini yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi

❗️Hujjatlar 2021 yil 13 iyuldan 30 iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur. Nomzodlar suhbat asosida ishga qabul qilinadi.

Maʼlumotlar ushbu pochta orqali qabul qilinadi: [email protected]

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Matbuot_anjumani #Davlat_kadastrlari_palatasi

БУГУНГИ КУНДА АМАЛГА ОШИРИЛАЁТГАН ИШЛАР

Жаҳон банкининг қўллаб-қувватлаш жамғармаси кўмагида ишлаб чиқилган “Кадастр ва кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказиш интеграцион ахборот тизими” орқали Республика бўйича солиқ тўловчи сифатида рўйхатдан ўтган 93 487 та фермер хўжаликлари ихтиёридаги қишлоқ хўжалиги ерларини жорий йилнинг 1 майидан давлат рўйхатидан ўтказиш тизими йўлга қўйилган.

Бугунга қадар Геопорталга умумий киритилган ер участкалари сони – 82 322 та бўлиб, уларнинг ҳужжат бўйича ер майдони – 4 735 329 гектарни, амалдаги ер майдони эса – 4 930 828 гектарни ташкил этади.
Давлат рўйхатидан ўтказилган фермер хўжаликлари сони – 57 080 тани ташкил этади ва уларнинг ҳужжат бўйича умумий майдони – 3 485 716 гектарни, амалдаги умумий ер майдони эса – 3 453 027 гектарни ташкил этиши маълум бўлди.


Давлат кадастрлари палатаси раиси М.Валиев
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Komplaens_nazorati

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Atabek Allaberganov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda hozirgi kunda tizimga kiritilayotgan yangiliklar, fuqarolarga xizmat qilishda barcha xodim o'z vazifalariga jiddiy yondashishi kadastr xizmatiga bo'lgan ishonchni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi, hamda ushbu yo'nalishda ichki nazoratni yo'lga qo'yish muhim vazifalardan biri ekanligi haqida aytib o'tdi.

Shuningdek yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati Komplaens-nazorat xizmati boshlig'i lavozimiga Ahmedov Sunnatila Mamataliyevich tayinlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Farg_ona_viloyati

Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish bo'lib otdi.

Mazkur yig'ilishda Farg‘ona viloyatida xatlovdan o‘tkazilgan 1050 ta MFYlardagi 859 815 ta yaʼni 100 foiz ko‘chmas mulk obyektlarning foydalanuvchilar haqidagi maʼlumotlar shakllantirilib, xatlovdan o‘tkazish ishlari yakuni tahlil qilindi.

Shuningdek viloyatning barcha tuman filiallarida aholiga sifatli kadastr xizmatlarini ko'rsatish tashkilotga bo'lgan ishonchni oshirishda xizmat qilishi alohida ta'kidlab o'tildi.

Kun tartibidagi eng muhim masala: fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, targ‘ibot va tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish, har bir murojaatga individual yondashish lozimligi bo‘yicha viloyat boshqarmasi hamda barcha tuman filial rahbarlariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Kadastr_xizmatlari

2021 yil sentabr oyi holatiga holatiga 🏢 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Respublika kesimida 🧑🏻‍💻 Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va 💻 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali Kadastr xizmati bilan bog‘liq 720 348 ta xizmat ko‘rsatilgan.

Jumladan:

📄 fuqaroning nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha 39 570 ta;

📝 bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 620 ta;

📗 ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 344 438 ta;

🏠 turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumot berish 175 ta;

💳 kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha 206 011 ta xizmatlar ko‘rsatilgan.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Online_bot

Davlat kadastrlari palatasi tomonidan, saylov uchastkasini aniqlash bo‘yicha telegram bot ishlab chiqildi.

Ushbu bot orqali siz turgan ko‘chmas mulk obyekti qaysi saylov uchastkasiga tegishligi ekanligi hamda saylov uchastkasining manzili va joylashgan geolokasiyasi haqida ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Bot manzili: @saylov_xarita_bot
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Tayinlov

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasida Kadastr agentligi direktori Umarov Fazliddin Karimovich boshchiligida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔹Mazkur yig'ilishda:

-Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari-bosh muhandis lavozimiga Nishanov Ravshan Rustamovich hamda

-Palata raisining moliya va iqtisod masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga Jo‘rayev Dilshod Maxmudjonovichlar tayinlandi.

Nishanov Ravshan Rustamovich
shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Jo‘rayev Dilshod Maxmudjonovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Moliyaviy monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #So_rovnoma #Madaniya_istirohat_bog_lari

HURMATLI FUQAROLAR!

Madaniyat va istirohat bog'larning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha anonim so‘rovnomada ishtirok eting.

Sizningcha, quyidagi qulayliklar/imkoniyatlar dam olish joyi sifatida madaniyat va istirohat bog'larining Siz uchun jozibadorligini oshiradi deb o‘ylaysiz?

⚡️Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram