Deputat Abdurayimov/ Ishonchni oqlash yo'lida...
149 subscribers
2.42K photos
559 videos
21 files
866 links
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimovning shaxsiy telegram kanali.


Instagram:
https://instagram.com/ergashabdurayimov?utm_medium=copy_link
Download Telegram
#So'ragan_edingiz

Ҳарбий хизматчиларнинг фарзандларига тавсияномалар қандай тартибда берилади?

Акобир Нуриллаев
- Ўбекистон ёшлар иттифоқи Тошкент вилояти Кенгаши Ҳарбий қисамлардаги бошланғич ташкилотлар билан ишлаш бўлими бошлиғи, маёр.

- Президентнинг “Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ҳарбий хизматчилари ва уларнинг оила аъзоларини ижтимоий қўллаб-қувватлашга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” қарорига мувофиқ республика олий таълим муассасалари давлат гранти асосида олий таълим муассасаларига умумий белгиланган қабул кўрсаткичлари квотасидан ташқари 5 фоизли квота ажратилиши белгиланган эди.
Ҳукуматнинг 2018 йил 22 июндаги қарори билан Қуролли Кучлари ҳарбий хизматчилари фарзандларининг квота асосида республика олий таълим муассасаларига ўқишга кириши учун тавсияномалар бериш тартиби тўғрисидаги Низом тасдиқланди.
Низомга мувофиқ олий таълим муассасаларига ўқишга кириши учун тавсияномалар қуйидагиларга берилади:
#So'ragan_edingiz

O'zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi Yoshlar yetakchilari o'z lavozimidan qanday ozod etiladi?

Xalq ta'limi vazirligi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2017-yil 7-avgustdagi "O'zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi Boshlang'ich tashkilotilari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Qo'shma Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq "Yoshlar yetakchisini o'z ixtiyoriga ko'ra yoki boshqa sabablar bilan lavozimidan ozod etish masalasi Xududiy tanlov komissiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi". Demak, Yoshlar yetakchisi ishdan har qanday sabab bilan bo'shashdan avval viloyat Komissiyasi bilan mazkur masala kelishilishi lozim. Maktab rahbari to'g'ridan-to'g'ri, ya'ni tanlov komissiyasi bilan kelishilmagan holda Yoshlar yetakchisini ishdan bo'shatishi mazkur Qo'shma Qaror va Nizomning buzilishi hisoblanadi.

https://t.iss.one/y_o_toshvil
#So'ragan_edingiz

Savol: Karantin davrida jarima maydonchasiga olib borib qo'yilgan avtotransport vositalari uchun maydonchaga to'lanadigan summa undiriladimi?

Javob: Ha, undiriladi. Ammo velosipedlar uchun undirilmaydi. (Asos: IIV Axborotidan)

https://t.iss.one/ergash_abdurayimov
#Koronavirus
#So'nggi_axborot

Яна бир бемор коронавирусдан вафот этди

Наманганлик М. шу йилнинг 20 апрелида Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий марказининг Наманган вилоят филиали реанимация бўлимига юрак қон-томир ва нафас етишмовчилиги ташхиси билан ётқизилган. Ёндош касалликлари ҳисобига у қарийб икки ҳафта давомида сунъий нафас олиш аппаратида бўлган. Ўтказилган тезкор диагностик таҳлиллардан сўнг беморда “Covid-19” инфекцияси ҳам аниқланган.
Бундан аввал эса ушбу бемор (эркак) бош мия фалажи, иккиламчи камқонлик оғир даражаси, ўткир юрак қон-томир ва нафас етишмовчилиги каби қатор ташхислари билан даволанган. 29 йилдан буён ётоқдаги бемор бўлиши билан бирга биринчи гуруҳ ногиронлиги ҳам белгиланган.
Беморнинг даволаниши давомида кунлик аҳволи мамлакатимиздаги шу соҳага ихтисослашган тиббиёт муассасаларининг нуфузли мутахассислари билан бирга хорижлик, жумладан, хитойлик шифокорлар томонидан ҳам бир неча бор консилиумлар ўтказилиб, назоратга олинган.
Бироқ пульмонолог, терапевт, кардиолог, вирусолог, реаниматологларнинг стандартлар асосида ўтказган тезкор реанимацион муолажаларига қарамасдан бемор ўткир нафас ва юрак қон-томир етишмовчилигидан вафот этди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими.


Ulanish👉 https://t.iss.one/ergash_abdurayimov
#Munosabat
#So'rov

Ijtimoiy tarmoqlarda Covid19 ga topshirilgan test natijalari musbat chiqqan Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasi xodimi va uning yaqin qarindoshlari, qolaversa, u bilan yaqin muloqotda bo'lgan deya tayyorlangan hujjat namunasi tarqaldi.

Shahar deputati sifatida shahar IIB dan bu hujjatlarning qanchalik to'g'riligi hususida rasmiy axborot berishini so'rayman. Bordiyu, bu ma'lumotlar to'g'ri bo'lsa, nima uchun shaxsning obro'si, qadr-qimmati bilan bog'liq hujjat bunday tarzda ommaga chiqib ketdi? Agarda, bu hujjatlar noto'g'ri va asossiz bo'lsa, rasman bu haqda ma'lum qiling va hujjatlardagi insonlarning obro'sini saqlab qoling.

Javobini kutamiz!

Ulanish👉 @ergash_abdurayimov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#So'nggi_qo'ng'iroq
#25_may

Ergash Abdurayimov 8-maktabda...

🎊Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Ergash Abdurayimov shaharning chekka hududlaridan birida joylashgan 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchi o'g'il-qizlarga tabrigini o'qib eshittirdi.

🤝Shu bilan birga, bitiruvchilar bilan sinf xonasida dildan suhbat qurdi.

@olmaliq_deputatlari
#So'rov_yubordik

Jismoniy tarbiya o'qituvchilarining ishga olinishi bo'yicha tartibga qay darajada rioya qilinyapti?

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmonining Olmaliq shahridagi ijrosini ta’minlash, jumladan mazkur Farmonning 5-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan (“davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktorlari) tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari bilan kelishilgan holda tegishli ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”) tartiblariga amal qilinishi, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, mas’ullar va rahbarlarning mas’uliyatsizlik holatlari aniqlanganligi va bu holatlarni bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli rahbarklarga Deputatlik so'rovi yubordim. Qonun bo'yicha 10 kun muddatda deputatga asoslantirilgan ma'lumotlar taqdim etilishi kerak. Natijalarini kutamiz.

@ergash_abdurayimov