Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.13K subscribers
11.6K photos
1.08K videos
4 files
4.44K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi rasmiy kanallari:
Face book:
https://www.facebook.com/EKO-Sirdaryo-108969855203848

You tube:
https://www.youtube.com/channel/UCBOj9azBxU6AWI7cXSroeyA
Download Telegram
Ulugʻ alloma siymosiga ehtirom

Nafaqat barcha turkiy xalqlar, balki jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri boʻlgan Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi yurtimiz boʻylab keng tantana qilinmoqda.

Cirdaryoda ushbu bayram tantanalari erta tongdan Alisher Navoiy nomidagi bilimdonlar maskanidan boshlandi. Viloyat hokimligi, qator tashkilot, idoralar jamoalari, taʼlim muassasalari, ijod ahli va keng jamoatchilik ishtirokida oʻtgan tadbirda ulugʻ alloma haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, xotirasiga ehtirom koʻrsatildi.

Shu yerning oʻzida ijodkorlar, yoshlar vakillari soʻzga chiqib, ulugʻ bobokalonimizning gʻazallaridan namunalar oʻqidilar.

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev Navoiyning benazir shaxsiyati, bebaho adabiy merosi va ibratli hayot yoʻli haqida toʻxtalib, asarlarida ulugʻlangan ezgu gʻoyalar xalqimiz, yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Bu kabi tadbirlar, mushoiralar, nazm va navo kechalari, adabiyot bayramlari viloyat boʻylab davom etadi.
🍀 @ecogovuz_bot orqali ariza va takliflarni qabul qilamiz

Siz yon-atrofingizda daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida bizga ma'lum qilishingiz mumkin.
Shuningdek, bot orqali o‘z fikr va takliflaringizni ham yuborish imkoniga egasiz.

Muhim! Murojaatingiz barcha bosqichdan to‘liq o‘tganingizdan so‘ng qabul qilinadi. Qabul qilingan har bir murojaat e’tiborga olinadi.
___

🍀 Принимаем заявки и предложения через @ecogovuz_bot

Если вы столкнулись с незаконной вырубкой деревьев, накоплением отходов или другими подобными ситуациями, наносимые экологический ущерб, вы можете сообщить нам об этом, отправив фото или видео через @ecogovuz_bot, а также внести свои комментарии и предложения.

Ваша заявка будет принята после того, как вы выполните все шаги. Каждая поступившая заявка будет рассмотрена специалистами.

@ecogovuz 🕊 kanaliga a'zo bo'ling va sohaga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib boring.

📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’zingizni sinab ko’ring.
SAVOL: Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisidagi qonun qachon qabul qilingan?
Anonymous Quiz
25%
A. 1992
16%
Б. 1994
31%
В. 1996
28%
Д. 1993
O’zingizni sinab ko’ring.
SAVOL:O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi .........qarori
Anonymous Quiz
32%
A. PQ-81
48%
B. PQ-171
12%
S. PQ-181
8%
D. PQ-158
#seminar

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida seminar boʻlib oʻtdi

Joriy yil 9-fevral kuni Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli Farmonning 6-bandi ijrosi yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Tovar xom-ashyo birjasi mutaxassisi hamda viloyatdagi ikkilamchi xomashyoni qabul qilish, sotish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Soha xodimi tomonidan ushbu Farmonning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tushuntirib oʻtildi. 2024-yil 1-iyundan boshlab maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshirilishi hamda birja savdolarida ishtirok etish tartibi tushuntirildi.

Maʼlumot uchun, viloyatimizda 2023-yilda 11 ta ikkilamchi xomashyoni qayta ishlovchi korxonalar tomonidan 51100 tonna chiqindilar qayta ishlanib, qayta ishlash darajasi 36 foizni tashkil qiladi.

Web-site | Telegram | Face book
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston shahar 18-bogʻcha oldidagi daraxtlarning tag qismi betonlangani” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi Guliston shahar xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida xabarda koʻrsatilgan manzilda 2 dona (shumtol, tut ) daraxtlarining tag qismi "Fayz Azizbek BSK" MChJ tomonidan betonlangani aniqlandi.

Ushbu daraxtning tag qismi "Fayz Azizbek BSK" MChJ ishchisi tomonidan kengroq ochilib, agrotexnik ishlov berildi va sugʻorish ishlari amalga oshirildi. Sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#CMSCOP14 boshlanishi arafasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va BMT Atrof-muhit dasturi (UNEP) ijrochi direktori Inger Andersen hamda suvli-botqoqli yerlar bo‘yicha Ramsar konvensiyasi Bosh kotibi doktor Musonda Mumba birinchi marta O‘zbekistonga keldi.

Samarqand aeroportida yuqori martabali mehmonlarni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov kutib oldi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 1992-yilda BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturiga qo‘shilgan va UNEP tomonidan boshqariladigan 9 ta ko‘p tomonlama ekologik bitim va tashkilotlarning a’zosi hisoblanadi.

O‘z navbatida mamlakatimiz 2002-yil 8-fevralda Ramsar konvensiyasiga a’zo bo‘lgan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suvli-botqoqli yerlarning umumiy soni 4 taga, maydoni 674,4 ming gektarga yetdi.
___
Yuksalish liderlar akademiyasi Sirdaryo filiali liderlari ommani “Tozalik farishtalari” mehnatini qadrlashga chaqirib fleshmob oʻtkazdi

Web-site | Telegram | Face book | You tube