Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.13K subscribers
11.6K photos
1.08K videos
4 files
4.44K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi rasmiy kanallari:
Face book:
https://www.facebook.com/EKO-Sirdaryo-108969855203848

You tube:
https://www.youtube.com/channel/UCBOj9azBxU6AWI7cXSroeyA
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar 2-kichik daha Voentorg magazin orqasida katta shumtol daraxt osti betonlab tashlanganligi yuzasidan xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Guliston shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

O'rganish davomida Guliston shahar "Namuna" MFY hududida bir dona shumtol daraxti tag qismi betonlanganligi ma'lum boʻldi.

Yuqorida koʻrsatilgan holat boʻyicha daraxtning tag qismi betondan ochildi va sugʻorish ishlari olib borildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

"Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi tizimidagi rahbar xodimlari mehnat qonunchiligidan bexabarmi?!" mazmunida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

"Toza hudud" DUK xodimlarini dam olish kunlarida ishga jalb etish alohida buyruq asosida qoshimcha haq to'lash evaziga amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, xodimlarning ish haqi to'lab berish taʼminlanadi.
Ushbu holatda mehnat huquqi buzilmagan boʻlib, majburiy mehnatga yol qo'yilmaganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda oʻrganish ishlari olib borilib, qo'shimcha ma'lumot beriladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqtida olib ketilmayotgan chiqindi qutilari oldida "jarima yozadigan" kuzatuv kameralari oʼrnatilgan” sarlavhasi bilan xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Koʻp qavatli uyimiz yonida axlat uyulib yotibdi, mehmon chaqirgani ham uyalamiz” tarqalgan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Xovos tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida  "Toza hudud" DUK Xovos tuman filialining biriktirilgan chiqindi tashish mashinasi nosozligi sababli  Xovos tumani Istiqlol mahallasidagi chiqindi yigʻish maydonchasida maishiy chiqindilar to'planib qolganligi maʼlum boʻldi.

Ushbu holat boʻyicha "Toza hudud" DUK Xovos tumani filiali tomonidan koʻp qavatli uylarning chiqindi yigʻish maydonchasidagi toʻplanib qolgan maishiy chiqindilardan toʻliq tozalandi va chiqindi poligoniga olib ketilishi taʼminlandi.

Avvalroq, oʻ z lavozimiga sovuqqonligi sababli "Toza hudud" DUK Xovos tumani filiali rahbari S.A lavozimidan ozod etilgan.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston shahar 194-uy oldidagi daraxtlarning tag qismi betonlangani” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi Guliston shahar xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida xabarda koʻrsatilgan manzilda 3 dona (shumtol, aylant, tut) daraxtlarining tag qismi betonlangani aniqlandi hamda ushbu daraxtning tag qismi Guliston shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kengroq ochilib, agrotexnik ishlov berildi va sugʻorish ishlari amalga oshirildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston tumani Uch qahramon jamoa xo‘jaligi to‘qayida noqonuniy baliq ovi bilan shug‘illanayotganligi” to‘g’risida tarqalgan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Sirdaryo viloyati  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari, viloyat prokuraturasi, Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari hamkorligida muntazam ravishda noqonuniy ov qilishni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ular tomonidan 2023-yil 6- noyabr holatiga ko‘ra Sirdaryo daryosida, kanal va zovurlarda noqonuniy baliq ovlash bo‘yicha 32  ta holat aniqlanib, barchasiga qonunda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilgan.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangi hayot mahallasi hududida chiqindi yig'ilib qolganligi” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida  Yangi bozor hududida maishiy chiqindilar to'planib qolganligi aniqlandi.

Holat boʻyicha "Toza hudud" DUK Guliston shahar filiali va Obodonlashtirish xodimlari tomonidan hudud chiqindilardan tozalandi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Sirdaryoda  “Toza hudud” korxonasi mas'uliga qonuniy chora ko'rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryo tumani Quyosh mahallasi Bogʻ koʻchasiga “Toza hudud” DUK tomonidan sifatli xizmat koʻrsatmayotganligi” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Sirdaryo tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida  Quyosh mahallasi Bogʻ koʻchasiga
"Toza hudud" DUK tomonidan grafik 
bo'yicha vaqtida xizmat koʻrsatilmaganligi holati maʼlum boʻldi.

Holat boʻyicha "Toza hudud" DUK Sirdaryo tumani filiali xodimlari tomonidan hudud chiqindilardan tozalandi.

Shuningdek, "Toza hudud" DUK Sirdaryo tumani filiali mas'ul xodimi  oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashganligi sababli tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yosh ijodkor Marjona Hayitboyeva bong uradi: Chiqindi poligoni xavfsizligi qachon taʼminlanadi?!“ sarlavhasi bilan habar tarqaldi.
Ushbu habar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guliston shahar 18-bogʻcha oldidagi daraxtlarning tag qismi betonlangani” toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi Guliston shahar xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida xabarda koʻrsatilgan manzilda 2 dona (shumtol, tut ) daraxtlarining tag qismi "Fayz Azizbek BSK" MChJ tomonidan betonlangani aniqlandi.

Ushbu daraxtning tag qismi "Fayz Azizbek BSK" MChJ ishchisi tomonidan kengroq ochilib, agrotexnik ishlov berildi va sugʻorish ishlari amalga oshirildi. Sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasidagi daraxtlarni kesib tashlashayotganligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi.
Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sayxunobod tumani Farovon mahallasidagi daraxtlarni kesib tashlashayotgan  toʻgʻrisida xabar  tarqaldi.

Ushbu xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi Sayxunobod tuman xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida xabarda koʻrsatilgan manzilda fuqaro T.M tomonidan  1(bir) dona tol daraxtini o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikast yetkazganlik holati  aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi” Qonunning 37, 49, 51-moddalari talabi buzilib, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 8 million 500 ming  so‘m jarima qo‘llanildi.

Shu kabi holatlar boshqa takrorlanmasligi yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan mahalla faollari va fuqarolar ishtirokida profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boyovut tuman Yangi avlod mahallasiga “Toza hudud” DUK tomonidan sifatli xizmat koʻrsatmayotganligi” toʻgʻrisida tarqalgan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan oʻrganildi.

"Toza hudud" DUK Guliston shahar filiali haydovchisi chiqindilarni vaqtida olib chiqib kyetmaganligi, belgilangan grafik asosida xizmat koʻrsatmaganligi uchun unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hozirda hudud chiqindilardan "Toza hudud" DUK Guliston shahar filiali texnikasi yordamida tozalanib, muammo bartaraf qilindi.
Ekologiya boshqarmasi tomonidan chiqindilarni belgilangan jadval asosida olib chiqib ketilishi nazoratga olindi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sirdaryo tumanida ekilgan koʻchatlar hali issiq kunlar kelmasidanoq qurib boshladi” mazmunida xabar tarqalgan  xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil va temir yoʻl oraligʻiga jami 108,2 km hududda 9 ta Davlat Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan loyiha asosida himoya oʻrmonzorlari barpo etish va 3 yil davomida koʻchatlarni parvarishlash vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunda 99,2 km hududda 195 248 dona koʻchatlar ekilgan.

Oʻrganish davomida xabarda koʻrsatilgan joy Xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent-Dushanbe" avtomobil yoʻlining Sirdaryo tumani Baxt shahri hududidan oʻtuvchi qismida Kitob davlat Oʻrmon xoʻjaligi tomonidan tuya archasi koʻchatlari ekilganligi, va ushbu koʻchatlarning tanasida namlik saqlanayotgani maʼlum boʻldi. Oʻz navbatida shuni aytish joizki ushbu archa koʻchatlarining qurib qolish ehtimoli mavjud.

Davlat inspektorlari tomonidan holat yuzasidan Oʻrmon xoʻjaligi masʼul xodimlariga koʻchatlarni saqlab qolish va agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish yuzasidan majburiy koʻrsatmalar berildi. Agar koʻchatlarning qurib qolganlik holatlari kuzatilsa tegishli tartibda jazo chorasi qoʻllanishi va shartnoma shartiga koʻra nobud boʻlgan koʻchatlar oʻrnini toʻldirish choralari koʻriladi.
Bu haqida yana maʼlumot beriladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston  Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining inson resurslarini boshqarish boʻyicha bosh mutaxassisi Shukurova Margʻuba Jumabayevnaning fuqarolar bilan qoʻpol munosabatda boʻlganligi haqida video yozuv hamda uning muqaddam Oʻzbekiston Milliy Universiteti talabaligidan chetlashtirilganligi haqidagi rektor buyrugʻidan koʻchirma nusxalari ilova qilinib, M.J.Shukurova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga  asossiz hujjatlarni taqdim qilgan xolda vazifasida ishlab kelayotganligi, shuningdek, boshqarmada ARGOS orqali xodimlar hujjatlari rasmiylashtirilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri ishga qabul qilish holatlari mavjudligi toʻgʻrisida xabar tarqaldi.  

  Mazkur holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Sirdaryo viloyati boshqarma boshligʻining 17.04.2024 yilgi buyrugʻi bilan M.Shukurovaning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi va M.Shukurovaning davlat xizmatchisi sifatida faoliyat yuritishiga vakolati bor-yoʻqligiga hamda boshqarmada ARGOS orqali xodimlar hujjatlari rasmiylashtirilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri ishga qabul qilinishi holatlari Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻrganilmoqda.
  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining xulosasi va xizmat tekshiruvi yakuniga koʻra M.J.Shukurovaga nisbatan qonuniy chora  qoʻllaniladi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Sirdaryo tumani Shirin MFYdagi “Ref Depo” yotoqxonasida yashovchilar yotoqxona atrofidagi manzaradan shikoyat qilmoqda” degan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan oʻrganish oʻtkazildi.

Oʻrganish jarayonida “Toza hudud” DUK tomonidan Sirdaryo tumani Shirin MFYdagi 1320 xonadonning 4560 ta aholisi toʻliq qamrovga olinganligi maʼlum boʻldi. Lekin bugungi kunda mahallada yashovchi 1150 ta abonentlarning maishiy chiqindi uchun majburiy toʻlovlardan 64,0 mln.soʻm qarzdorligi mavjud.

Shirin MFY Guliston koʻchasidagi
297-sonli umumiy yotoqxonada turgʻun yashovchilar boʻlmaganligi, yashovchilarning aksariyat qismi ijtimoiy himoya va probatsiya roʻyxatida turuvchilar ekanligi sababli maishiy chiqindi uchun majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirilmay kelinmoqda.

Shuningdek oʻrganish jarayonida 297-sonli umumiy yotoqxonaning chiqindi konteyneri tozaligi hamda “Toza hudud” DUK Sirdaryo tuman filiali tomonidan kunlik xizmat koʻrsatish tashkil qilinib, shu yerda yashovchi aholiga chiqindilarni oʻrnatilgan chiqindi konteyneriga tashlash kerakligi va majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Bundan tashqari Sirdaryo tuman hokimligi mablagʻi hisobidan umumiy yotoqxonadan hosil boʻlayotgan oqova suvlarni toʻplash uchun yangi beton xandak qurib berilgan. Qazish natijasida hosil boʻlgan tuproq qoldiqlari ushbu hududda toʻplanib qolgan. Hozirgi kunda tuman hokimligi tomonidan toʻplanib qolgan tuproqlarni maxsus texnika yordamida tekislash ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda noruda materiallar qazib olinmasa, xavotirli holatlarni yuzaga keltirishi mumkinligi, shuningdek, Sirdaryoda faoliyat yuritayotgan noruda materiallar qazib oluvchi tadbirkorlar ishsiz qolayotganligi to'g'risida tarqalgan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig'i I. Tagayev ma'lumot berdi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boyovut tumani markaziga yaqin hududda — yoʻl yoqasidagi oʻnlab koʻp yillik daraxtlar kesib tashlayotganligi" toʻgʻrisida tarqalgan  xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi  boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Boyovut tuman "Uchturgon" MFY Boyovut-Guliston avtomobil yoʻlining chetidagi daraxtlar birin ketin tag qismidan qoʻporilib avtomobil yoʻlining qatnov qismiga yiqilayotganligi sababli daraxtlarning holati tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va tuman Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi bilan hamkorlikda oʻrganilgan.

Oʻrganish jarayonda ushbu hududdagi 15 (oʻn besh) dona baqaterak daraxtlari avariya holatiga kelib qolganligi, tabiiy zararkunandalar va kasalliklar taʼsirida qurib, insonlarning hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdirayotganligi sababli daraxtlarni kesishga ruxsat etilgan. Ushbu daraxtlar Boyovut tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan kesib olinib, tuman zaxirasiga olingan.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahrida Markaziy bank oldidagi daraxtlar kesib tashlanganligi" toʻgʻrisida tarqalgan xabar yuzasidan Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Guliston shahar Oʻzbekiston shox koʻchasida joylashgan Markaziy bankning maʼmuriy binosi oldidagi mavjud archa daraxtlari tabiiy omillar taʼsirida qurib qolganligi, biroq masʼul shaxslar tomonidan daraxtlarni parvarishlash, sugʻorish va agrotexnik tadbirlarini oʻz vaqtida bajarmaganligi, daraxtlarning qurib qolishini oldini olish choralarini koʻrmaganligi oqibatida 14 dona archa daraxtlari oʻsishdan toʻxtash darajada qurib qolganligi maʼlum boʻlgan.

Mazkur daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir choralarni koʻrmaganlik uchun masʼullarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda 3-qismi bilan maʼmuriy jarima jazosi qoʻllanilgan.

Shuningdek, 2024 yilning 2 iyun kuni mutaxassislar ishtirokida qurib qolgan 14 dona archa daraxtlarini kesib olib tashlash boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan va shunga asosan Guliston shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan kesib olinib, zaxiraga olingan.

Ushbu qurigan daraxtlarning oʻrniga koʻchat ekish ishlari joriy yilning kuz mavsumida amalga oshirilishi belgilab olingan.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumani Ziyokor mahallasida 9-may ko'chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning “Toza hudud” DUK tomonidan sifatli xizmat koʻrsatilmayotganligi to'g'risidagi murojaati bo'yicha xabar tarqaldi.

Ushbu xabar Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Sirdaryo tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Ziyokor mahallasida 9-may ko'chasiga "Toza hudud" DUK tomonidan grafik bo'yicha vaqtida xizmat koʻrsatilmaganligi holati maʼlum boʻldi.

Holat boʻyicha "Toza hudud" DUK Sirdaryo tumani filiali xodimlari tomonidan hudud chiqindilardan tozalandi.

Shuningdek, "Toza hudud" DUK Sirdaryo tumani filiali haydovchisi SH. B oʻz vaqtida chiqindilarni olib kyetmaganligi uchun ma'muriy chora qo'llanilib, doimiy nazoratga olindi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube