Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.13K subscribers
11.6K photos
1.08K videos
4 files
4.44K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi rasmiy kanallari:
Face book:
https://www.facebook.com/EKO-Sirdaryo-108969855203848

You tube:
https://www.youtube.com/channel/UCBOj9azBxU6AWI7cXSroeyA
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Xavfsiz daryo boshqarmasi Sirdaryo viloyati boʼlimi hamkorlikda “Sirdaryo”daryosi oʼzanlarini tozalash ishlari nazorat qilinmoqda

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Atrof -muhit monitoringi, iqlim oʻzgarishi va choʻllanishga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan 2023-yil davomida qilingan ishlar yuzasidan  I. Ganiyev maʼlumot berdi.

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#moratoriy #ekoreyd

Ariqlarni betonlash davomida daraxtlarni qo'pargan tadbirkorga qat'iy choralar ko'riladi

Davlatimiz rahbari qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yoʻqotishlarni kamaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida bir yil davomida suvni tejash boʻyicha favqulodda ish tizimiga oʻtilishini taʼkidlagan edi. Bu bo'yicha mas'ullarga respublikada mavjud kanal va ariqlar ichini betonlash topshirig'i berilgandi.

Bugungi kunda ushbu topshiriq ijrosi doirasida tuman va shahar hududlaridan oqib oʻtgan kanal va ichki ariqlarni betonlash ishlari qizgʻin davom etmoqda. Shu bilan birga Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan betonlash ishlari olib borilayotgan joylardagi daraxtlarga zarar yetkazmaslik hamda ularni saqlab qolish maqsadida mavjud daraxtlar xatlovdan oʻtkazilib mas'ullar ogohlantirilmoqda.

Batafsil

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
🌱Yovvoyi hayvonlarning ko'chib yuruvchi turlari ekotizimlar va yashash joylarini saqlash hamda qayta tiklashga bevosita ta'sir qiladi. Ko'pgina madaniyatlarda ko‘chib yuruvchi turlar ramziy ahamiyatga ega va mahalliy meros hamda an'analarning ajralmas qismidir.

🌐Ko‘chib yuruvchi turlarni himoya qilish va ekotizimlarni tiklash maqsadida 1979-yilda Bonnda (Germaniya) CMS konvensiyasi imzolangan bo‘lib, bugungi kunda 133 mamlakat unga a'zo hisoblanadi.

📱Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda 360°da qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar oʻrnatilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Sirdaryoda ayrim fuqarolar tomonidan doimiy ravishda belgilanmagan joylarda chiqindilarni tashlash holatlarini bartaraf etish maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan videokuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda.

360 daraja aylanib, har tomonni kuzatish imkonini beruvchi va qonunbuzarliklarni kecha-yu kunduz qayd etib boradigan mazkur kameralar endilikda viloyatimizdagi barcha tuman va shaharlarda ham oʻrnatilmoqda.

‼️Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 91-pr1-moddasi 1-qismiga koʻra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima  solinadi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Sirdaryoda oʻrnatilgan maxsus qurilma bir kunda 8 ta huquqbuzarlik holatini aniqladi

Sirdaryo tumanining aholi gavjum boʻlgan uchta(Tinchlik, Paxtakor, Shirin) MFY hududlariga 360 daraja aylanib, har tomonni kuzatish imkonini beruvchi va qonunbuzarliklarni kecha-yu kunduz qayd etib boradigan kameralar oʻrnatildi.

Ushbu qurilma oʻrnatilganida bir kun boʻlishiga qaramay 8 ta huquqbuzarlik holatlarini aniqlab berdi.

Hozirda ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
#tadbir

🐦⬛️ Sirdaryoda qushlarni sovuqdan asrashga qaratilgan tadbir o'tkazildi

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Sirdaryo tumani bo'limi inspektorlari tomonidan qishning sovuq kunlarida qushlarni oziqlanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida tumandagi 1-DMTT da "Qushlarga ko'mak" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda jajji bolajonlarimizga qushlar haqida, ularni oziqlantirish va asrab- avaylash  yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bolajonlar bilan birgalikda  daraxtlardagi qush inlariga ozuqalar joylandi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yovvoyi tabiatning ko'chib yuruvchi turlari: qor qoploni

🐆Qor qoploni (ilvirs, qor leopardi) — Oʻrta Osiyo togʻlarida yashovchi mushuklar oilasiga mansub yirtqich hayvon. Sovuq iqlim sharoitida yashovchi oilaning yagona a'zosi.

Qor qoploni IUCN Qizil roʻyxati va Oʻzbekiston Qizil kitobiga toʻliq yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan hayvon sifatida kiritilgan. Oʻzbekistonda Gʻarbiy Tyan-Shan va Gʻarbiy Pomir-Oloyda yashaydi. So'nggi yillarda qoplonlar soni doimiy ravishda kamayib bormoqda - mamlakatdagi taxminiy soni 30-50 dan 80-120 gacha.

Yaqinlashib kelayotgan #CMSCOP14 konferensiyasida qor qoploni va ekotizimni himoya qilish bo‘yicha global dastur (GSLEP) muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
____
#Reyd

Daraxt kesgan fuqaro jarimaga tortildi

Sirdaryo viloyati Ekologiya,atrof muhitni muhofaza qilish va iqlimi oʻzgarishi boshqarmasining Shirin shahar bo'limi inspektorlari tomonidan shahar hududida reyd tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda “Farhod” MFY hududida fuqaro X. I tomonidan bir dona terak daraxtini hech qanday ruxsatsiz kesganligi holati aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro X. I ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 700 000 soʻm jarima qoʻllanildi va tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1 020 000 soʻm etib belgilandi.

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Web-site | Telegram | Face book | You tube
📜 9-fevral — Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

Bugun ulug‘ mutafakkir ajdodimiz tavallud topganiga 583 yil to‘ldi. Navoiy hayoti va ijodi hikmatlarga to‘la benazir inson bo‘lgan.

Adabiyotshunoslarning tahlillariga ko‘ra, mutafakkir bobomiz o‘z asarlarida turkiy, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi 1 million 378 ming 660 ta betakror so‘zni ishlatgan ekan.

Bundan tashqari Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda va mamlakatning boshqa shaharlarida bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 ta masjid, 10 ta xonaqoh, 9 ta hammom, 9 ta ko‘prik, 20 ga yaqin hovuz qurgan va ta’mirlattirgan.

👉Batafsil