Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.22K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#Sayohat_2022

Samarqand shahrida joylashgan OTM talabalari uchun respublika hududlari bo‘ylab sayohat uyushtirilmoqda

Joriy yilning 16—17-sentabr kunlari Samarqand shahrida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tishi munosabati bilan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining Samarqand shahrida yashovchi talabalari uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida respublika bo‘ylab sayohatlar tashkil etilmoqda.

Ayni kunlarda arzonlashtirilgan sayyohlik dasturlari asosida 11 ta oliy ta’lim muassasasining 6000 ga yaqin talabalari ichki turizm asosida viloyatlarga sayohat qilishmoqda.

Manzillar aniq, demak sayohat boshlandi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
#Ichki_turizm
#sayohat

Guliston davlat pedagogika institutining bir guruh xodimlari hamda talabalari ichki turizmni rivojlantirish va dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati Zomin tumanining takrorlanmas fusunkor tabiati, tog’li maskanlarida shifobaxsh havosidan bahramand bo‘lishmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#live #ichki_turizm #sayohat
Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari uchun yurtimizning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri - Shahrisabz shahriga sayohat tashkil etildi.

Bugun erta tongdan sayohatchilar manzil tomon yoʻl oldilar. Ishtirokchilar sayyohat dasturiga ko‘ra, Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Jumladan, Oqsaroy majmuasi, Dorut-tilovat, Dorut-saodat, Ko‘kgumbaz jome’ masjidi, “Amir Temur” moddiy madaniyat tarixi muzeyi, Chorsu bozori kabi tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shahrisabz shahriga tashkil etilgan maroqli va mazmunli sayohat yakunlangach, ishtirokchilar sayohatni qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida davom ettirishdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube