Edu.uz
165K subscribers
19.8K photos
4.22K videos
232 files
12K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲https://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz
Download Telegram
#ichki_turizm

Ayni vaqtda Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filialining professor-oʻqituvchilaridan iborat bir guruh jamoa dunyoning qadimiy maskanlaridan biri, islom olamida diniy va ilm-ma’rifat markazi sifatida tanilgan “Buxoroi sharif”ga sayohat qilishmoqda.

Ular sayohat davomida shahrning diqqatga sazovor joylari, jumladan, “Bahouddin Naqshbandiy” ziyoratgohi, “Sitorai Mohi Xosa”, “Ark” saroyi, “Minorai Kalon” masjidi, “Mir Arab” madrasasi hamda “Labi hovuz” kabi qadimiy qadamjolarini ziyorat qilishni rejalashtirishgan.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari Farg‘ona viloyati turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha Rishtondagi Xalqaro kulolchilik markazida bo‘lishdi.



Студенты Ташкентского государственного университета востоковедения посетили Международный центр гончарного дела в Риштане в рамках развития туристического потенциала Ферганской области.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#ichki_turizm

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutining bir guruh xodimlari Samarqand, Urganch, Xiva shaharlariga hamda Zomin kurort zonasiga sayohat uyushtirdilar.

Iyul oyining birinchi sanalarida jamoaning 50 nafar xodimi uchun Kumushkon dam olish zonasiga sayohat tashkillashtirish rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Ichki_turizm
#sayohat

Guliston davlat pedagogika institutining bir guruh xodimlari hamda talabalari ichki turizmni rivojlantirish va dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati Zomin tumanining takrorlanmas fusunkor tabiati, tog’li maskanlarida shifobaxsh havosidan bahramand bo‘lishmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#ichki_turizm

⚡️QarDU jamoasi Samarqandga sayohat qildi

Bugun Qarshi davlat universitetining professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va nuroniylaridan iborat bir guruh jamoa qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga sayohat qilidi.

Dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish, yurtimizning so‘lim g‘o‘shalari hamda tarixiy yodgorliklari bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan ushbu sayohat unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Sayohat davomida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, jumladan, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli, Hazrati Xizr majmuasi va Islom Karimov maqbarasi"
kabi qadamjolarni ziyorat qilindi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#ichki_turizm

Termiz davlat universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlardan iborat jamoa bayram kunlari Xiva shahriga sayohat qildi.

Sayyohlar Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari, koʻp yillik tarixni oʻzida aks ettiruvchi meʼmoriy obyektlari va qadimiy yodgorliklarini yaqindan koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.

TerDU professor-oʻqituvchilari qadimiy Xivaning goʻzal va maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbara, minora va zamonaviy majmualarini tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega boʻldilar.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#ichki_turizm

Oliy ta’lim muassasalari xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning yurtimiz bo‘ylab sayohati davom etmoqda

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi oila a’zolari bilan birgalikda Andijon va Surxondaryo viloyatidagi go‘zal obidalar bilan tanishdi;

🔸Namangan davlat pedagogika instituti talabalari tyutorlari boshchiligida Qo‘qon shahriga sayohat qilishib, shahar markazida joylashgan Xudoyorxon o‘rdasi tarixiy-me’moriy obidasi, xalqaro kulolchilik markazi hamda u yerdagi hunarmandchilik namunalari, kulolchilik maktabi vakillari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar;

🔹“Namangan muhandislik-qurilish instituti umidlari” uyushmasi a’zolari bo‘lgan talabalar Axsikent arxeologiya yodgorligiga sayohat uyushtirdi;

🔸Өzbekstan mәmleketlik kөrkem өner hәm mәdeniyat institutы Nөkis filialы Kәsiplik ao‘qamы tәrepinen filial xыzmetkerleri ushыn Xiyo‘a qalasыna sayaxat shөlkemlestirildi;

🔹Farg‘ona davlat universiteti xodimlari ichki turizm imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumaniga sayohat qildilar. Ular bu yerda joylashgan “Nifrit” ko‘lida bo‘lib, tabiiy muhitni o‘rgandilar;

🔸“TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti professor-oʻqituvchilaridan iborat bir guruh jamoa hamda talaba yoshlar yurtimizning 8 ta hududi bo‘ylab sayohatga chiqdi;

🔹Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali xodimlari Samarqand ziyoratida bo‘lishdi;

🔸Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari uchun Oʻzbekistonning gullar shahri bo‘lmish Namangan viloyatiga sayohat tashkil etildi;

🔹Jizzax shahridagi Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari viloyatning so‘lim maskanlaridan biri bo‘lgan Baxmal tumani, qadimiy Samarqand va non shahri Toshkent bo‘ylab sayohat qilmoqda;

🔸Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti professor-o‘qituvchilari Samarqand shahridagi Registon majmuasi, Hazrati Dovud (Samarqand), Chillabuloq (Qashqadaryo) va Xo‘jamayxona ziyoratgohlari hamda Tangi darasiga (Surxondaryo) sayohati uyushtirildi.

🔹Farg‘ona politexnika institutining professor-o‘qituvchi hamda talabalaridan iborat bir guruh jamoa Xorazm viloyati Urganch shahriga sayohat qilishdi;

🔸Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimlaridan bir guruhi qadimiy va navqiron shaharlardan biri bo‘lgan Urganchga sayohatga borishdi;

🔹Buxoro davlat universitetining professor-oʻqituvchilari va talabalari O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishmoqda;

🔸Namangan davlat chet tillari instituti talabalari viloyatning turizm yo‘nalishida alohida o‘rinda turuvchi Nanay qishlog‘i (Yangiqo‘rg‘on tumani), Chodak qishlog‘i (Pop tumani), “Mavlono Lutfullo” istirohat bog‘i (Chust tumani) hamda ekoturistik maskanlaridan bo‘lgan G‘ova qishloqlariga ekskursiyalar tashkil etishdi;

🔹Toshkent shahridagi Vebster universitetining bir guruh xodimlari jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri, turistlarning eng sevimli manzili bo‘lgan Samarqand shahriga sayohat qilishmoqda;

🔸TITU Nókis filialında jumıs iskerligin alıp barıwshı bárshe texnik xizmetler elimizdegi tariyxıy orınlarǵa ziyarat hám sayaxat etti.

🔹Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilarining Samarqand va Buxoro shaharlariga, talabalarining esa, “Xumson” dam olish maskaniga sayohati uyushtirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#live #ichki_turizm #sayohat
Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari uchun yurtimizning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri - Shahrisabz shahriga sayohat tashkil etildi.

Bugun erta tongdan sayohatchilar manzil tomon yoʻl oldilar. Ishtirokchilar sayyohat dasturiga ko‘ra, Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lishdi. Jumladan, Oqsaroy majmuasi, Dorut-tilovat, Dorut-saodat, Ko‘kgumbaz jome’ masjidi, “Amir Temur” moddiy madaniyat tarixi muzeyi, Chorsu bozori kabi tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shahrisabz shahriga tashkil etilgan maroqli va mazmunli sayohat yakunlangach, ishtirokchilar sayohatni qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida davom ettirishdi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#ichki_turizm
#dayjest

Dam olish kunlarida OTM xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning yurtimiz bo‘ylab sayohati tashkil etildi

🔹Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari Samarqandda bo‘ldi;

🔸Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlari Nurota tumanidagi Sentob dam olish maskanida madaniy hordiq chiqarishdi;

🔹Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan iborat vakillar Zahiriddin Muhammad Boburning ramziy qabri va Al-Farg‘oniy ziyoratgohiga tashrif buyurib, buyuk ajdodlar haqqiga duolar qilishdi;

🔸Buxoro davlat pedagogika institutining professor-oʻqituvchilari, talabalari ketma-ket 5 kun dam olish kunlarida O‘zbekiston boʻylab sayohat qilishdi;

🔹Jizzax davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida 5 kun mobaynida viloyatdagi Zomin, Baxmal, Forish tumanlarida joylashgan ekologik bog‘lar hamda Xo‘jamushkent va Sa’d Ibn Abu Vaqqоs ziyoratgohlariga sayohatlar tashkil etildi;

🔸Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi Samarqand shahriga sayohat qildi;

🔹Andijon davlat chet tillari institutining bir guruh jamoasi oila a’zolari bilan birgalikda Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Xorazm va Toshkеnt viloyatlariga sayohat qildilar;

🔸Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabalari tyutorlari bilan birgalikda Kasbi tumani Qamashi qishlog‘iga, Samarqand shahri hamda Kitob tumanidagi Hazrati Bashir qadamjolariga sayohatini tashkil etishdi;

🔹Andijon davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va talabalari Jizzax viloyatida joylashgan Zomin tog‘lariga sayohat qildilar;

🔸Qoʻqon davlat pedagogika instituti bir guruh doktorantlari Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari bo‘ylab sayohat uyushtirdilar;

🔹Guliston davlat pedagogika instituti bir guruh jamoasi oilaviy madaniy dam olish maqsadida Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining muqaddas qadamjolari va tarixiy maskanlariga tashrif buyurdilar;

🔸Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi Xivaga sayohat uyushtirdi;

🔹Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kasaba uyushmasi tomonidan Navoiyda joylashgan “To‘dako‘l” eko zonasiga hamda shahar bo‘ylab sayohat tashkil etildi;

🔸Samarqand davlat universiteti Urgut filialining professor-oʻqituvchilaridan iborat jamoa tumandagi diqqatga sazovor maskanlarga sayohat qilishdi.

🔹 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bir guruh ishchi-xodimlari va talabalari ichki turizm salohiyatini amalga oshirish maqsadida Xorazmga sayohat qilishdi.

🔸 TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti xodimlari Samarqand, Buxoro hamda Bo‘stonliq, Zomin tumanlariga sayohat qilishdi;

🔹Milliy estrada san’ati instituti bir guruh xodimlari Samarqand, Xorazm va Xiva shaharlari hamda Zomin kurort zonasida dam olishdi;

🔸 Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari Samarqand, Namangan viloyatlari hamda “Chodak” dam olish maskanida bo‘lishdi.

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari Xiva shahriga sayohat qilishdi;

🔸Toshkent davlat stomatologiya instituti xodimlari va talaba-yoshlari Samarqand shahriga ichki va ziyorat turizmini uyushtirdi;

🔹O‘zbekiston milliy universiteti talabalari Samarqand, Namangan, Jizzax viloyatlaridagi diqqatga sazovor tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qildilar;

🔸Toshkent davlat agrar universitetining professor-oʻqituvchilari, ishchi xodimlari hamda talaba yoshlari Xorazmning tarixiy-madaniy maskanlari, Nurota tumanidagi Sentob dam olish maskanida, Buxoro viloyati Gʻijduvondagi Abduxoliq Gʻijduvoniy ziyoratgohlariga sayohat qilishdi;

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlari Mizdaxqon tarixiy majmuasiga sayohat qildi;

🔸TATU Farg‘ona filialining bir guruh xodimlari hamda talabalari Xorazm va Samarqand shaharlari bo‘ylab sayohat qilishdi;

🔹Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Buxoro shahrining tarixiy obidalariga va diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM