DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.58K subscribers
9.8K photos
2.26K videos
12 files
6.15K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Uchrashuv

🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida 23-avgust kuni Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Unda INSPEKSIYALAR, MARKAZLAR, AKSIYADORLIK JAMIYATLARI, KOMPANIYALAR VA UYUSHMAlarning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etishdi.

🔰Uchrashuv davomida Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, davlat tilida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

🔰Shuningdek, sohadagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklifalar eshitildi.


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#uchrashuv

🔰Yakkasaroy tuman hokimligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

☘️Uchrashuvda Yakkasaroy tuman hokimi A.Sayfutdinov, hokim o‘rinbosarlari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori,filologiya fanlari nomzodi,dotsent I.Azimov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i, katta o‘qituvchi O‘.Boboyorovlar, hokimlik xodimlari ishtirok etdilar.

👉BATAFSIL


Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#uchrashuv

Tilga e'tibor-elga e'tibor

So‘ngi yillarda o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’anava qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etish maqsadida tumanda ham ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda.

♻️Jumladan,bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish va hamkorlikda ishlarni tashkil qilish maqsadida tuman hokimining mazkur yo'nalish bo‘yicha maslahatchisi N.Usmonova hamda "Qibray sadosi" gazetasi bosh muharriri G.Axmedovalar tumandagi umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinboslari hamda til-adabiyot fani o'qituvchilari bilan seminar-trening tashkil etildi.

Shuningdek, tumanda 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kunini ta'lim maskanlari, korxona-tashkilotlarda keng nishonlash yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook