Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tilimiz_tarixi
Endi turkiy (o‘zbek) tilning o‘tmishdagi otlarini yozma yodgorliklar misolida ko‘rib chiqaylik. Turkiy tilning o‘tmishda keng qo‘llanilgan otlaridan biri türk (türkčä, türk tili) atamasidir. Bu ot buddizmning VII–IX asrlarga mansub “Maytri simit no‘m bitig” asarida qo‘llangan. Chunonchi, asarda Partanarakshit Karnavajiki otli kishi uni to‘xri (tohar) tilidan turk tiliga tarjima qilganligi qayd etiladi: Partanarakšit Karnavajiki türk tilinčä ewirmiš Maytri simit nom bitig (MS.145).
X asrda yashab o‘tgan beshbaliqlik mashhur tarjimon Shingku Sheli tudung ham o‘z tarjimalarida ana shu atamani qo‘llagan. Uning tavg‘achcha (xitoycha) versiya asosida turkiyga o‘girilgan “Syuan-szan kechmishi” asari turk tilida ekanligi ta’kidlanadi: Tawğač tilintin yana bešbalïqlïğ Šïŋqu Šeli tuduŋ yaŋïrtï türk tilinčä ewirmiš (Tavg‘ach tilidan yana beshbaliqlik Shingku Sheli tudung turk tiliga o‘girdi) (ST.V.87). Türk tili atamasi Shingqu Shelining boshqa bir tarjimasi – “Vujud va ko‘ngilni anglash kitobi”da ham uchraydi. Unda asar qanday tildan o‘girilgani to‘g‘risida shunday ma’lumot berilgan: Šïŋqu Šeli tuduŋ tawğač tilintin türk tilinčä ewirü tegintim (Shingqu Sheli tutung tavg‘ach tilidan turk tiliga tarjima qildim) (Hazai 1975,95). Lekin bu tarjimon ijodiga mansub “Oltun tusli yorug‘” sutrasining yakunida asar tavg‘achchadan turk-uyg‘ur tiliga o‘girilgan debqayd etilgan: bešbalïqlïğ Šïŋqu Šeli tuduŋ tawğač tilintin türk
uyğur tilinčä ikiläyü ewirmiš Altun öŋlüg yaruq yaltïrïqlïğ qopta kötrülmiš nom eligi atlïğ nom bitig tügädi (Beshbaliqlik Shingqu Sheli tudung tavg‘ach tilidan turk-uyg‘ur tiliga tarjima qilgan “Oltin rangli nurli yaltiroqli hammadan ustun turadigan no‘m tojdori” otli no‘m bitig tugadi). Chamasi, mazkur atama asar qulyozmasining ko‘chirilgan davri (XVII asr) bilan bog‘liq qo‘llangan chiqar (Qosimjon Sodiqov, Turkiy Til tarixi).
@shevashunos

O’zbek tili o’tmishda qanday atalgan?!
Davomi
Čïğatay so‘zi atama sifatida XIII asrdan boshlab qo‘llanilgan. Manbalarga qaraganda, bu atama boshlab (XIII–XIV asrlarda) Chig‘atoyxon sulolasi (turk-mo‘g‘ullar), davlat hokimiyatining oliy tabaqa vakillari, shuningdek, cherikka nisbatan qo‘llanilgan. Keyinchalik (XV asrda) butunMavoraunnahr va Xurosondagi turk ulusiga nisbatan, XVI asrdan boshlab Mavoraunnahrdagi ham turkiy, ham forsiy tilli ulusga nisbatan qo‘llanilgan (Благова 1982,155–156).
XV–XVI asrlarda bu atamaning ijtimoiy-siyosiy vazifasi o‘ta kengaygan bir sharoitda butun Mavoraunnahr elini, uning xalqini, xalqining tilini ham ifodalay boshladi: yurtini, elini Čïğatay, Čïğatay eli, xalqini Čïğatay ulusï, uning tilini esa čïğatay türkîsi deyildi. Jumladan, Muhammad Solihning “Shayboniynoma” asarida:
Čïğatay el meni özbek demäsün,
Behuda fikr qïlïp ğam yemäsün (ŠN.111).
“Abushqa” lug‘atida “yurt” ma’nosida Čïğatay, Čïğatay diyārï atamalari qo‘llanilgan (DDT.96,276).

O‘tmishda o‘zbek xalqi va uning tilini anglatgan atamalardan boshqa biri sart dir. Sart (<skr. sartha) so‘zi Yusuf Xos Hojib va Mahmud Koshg‘ariy asarlarida “savdogar” ma’nosini bildirgan. Masalan, “Qutadg‘u bilig”da:
Nekü ter ešitkil bu sartlar bašï (Bu savdogarlar boshi nima deydi, eshitgin) (QB.474). Yoki: Sartnïŋ azuqï arïğ bolsa, yol üzä yer (Savdogarning moli toza bo‘lsa, yo‘l ustida yoyadi. So‘zma-so‘z: Savdogarning ozig‘i halol bo‘lsa, yo‘l ustida yeydi) (MK.I.97).
Ushbu so‘z etnonim sifatida keyingi davrlardan boshlab ishlatilgan. U boshlab forsigo‘ylarni, keyinchalik turkiy o‘troq ulusga nisbatan ham qo‘llanilgan.
“Muhokamatu-l-lug‘atayn”da Alisher Navoiy forsiy tilda so‘zlovchilarni sart (sart, sart ulusï, sart eli) hamda fārsîgoy otlari bilan tilga oladi. Ularning tilini esa sart tili, sart lafzï, fārsî (fārsî, fārsî til, fārsî alfāz) deb ataydi.
Bu so‘zning “Boburnoma”dagi ma’nosi e’tiborga molik. Zahiriddin Bobur Marg‘ilon (Marğïnān)ni ta’riflar ekan, uning eli sartlar ekanini ta’kidlaydi. U yozadi: Eli sarttur va muštzan-u puršaru šor eldür. Jaŋaralïq rasmï Māvarāunnahrda šāye‘dur. Samarqand-u Buxārāda nāmdār jaŋaralar aksar marğïnānidur (BN.7).
Kobul viloyatining ta’rifida sartlarni tojik va atrok (turklar) bilan qorishtirmaydi; ayri oladi. U shunday yozadi: Julgasïda va tüzläridä atrāk-u aymaq va ’arābdur. Šahrïda va ba’zi kentläridä sartlardur. Yana ba’zi kentläridä va vilāyatïda pašāyi-vu parāji va tājik-u baraki va afğāndur (BN.120). Ushbu viloyatda yashovchi ellarning tili xususida yozadi: On bir-on ikki lafz bilä Kābul vilāyatïda talaffuz qïlurlar: ’arabî, fārsî, türkî, moğulî, hindî, afğānî, pašāyî, parājî, gabrî, barakî, lamğānî. Munča muhtalif aqvām-u muğāyir alfāz ma’lum emäs-kim, heč vilāyatta bolğay (o‘sha joyda).
Manba: Prof. Qosimjon Sodiqov, Turkiy Til tarixi

“Boburnoma”dan olingan misollarga e’tibor berilsa, muallif Kobul viloyatidagi xalqlarning tili to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, sart yoki tojik tilini eslamaydi, u arabiy, forsiy, turkiy, mug‘uliy va boshqa tillarni eslaydi, xolos. Yana Bobur Marg‘ilon elini ham sartlar deb ataydi. Chamasi, marg‘ilonlik sartlar deyilganda ustachilik bilan shug‘ullanuvchi (o‘troq hayot kechiruvchi) toifa ko‘zda tutilgan ko‘rinadi. Bulardan anglashiladiki, sart atamasi o‘sha chog‘lar ham forsiy, ham turkiy tilli o‘troq, shahar aholisiga nisbatan qo‘llanilgan.