DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.38K subscribers
10.5K photos
2.4K videos
16 files
6.53K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#Tabrik

Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni berish toʻgʻrisida MDH PA Kengashining qarori qabul qilingan edi.

💐Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov hamda Departament xodimlari bugun olimning bu yuksak mukofotga sazovor boʻlgani bilan qutladilar.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

🇺🇿“Vatanim bayrog‘i”

✍️Zulfiya Mo‘minova

🎙Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda vazirlik, idoralar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari

💐O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Sizni muborakbod etadi!

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Tabrik

💐O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda “Turkiston” sanʼat saroyida O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Yaxshilikka kelganman” nomli nazm va navo kechasi o‘tkazildi.

🌺Gullar bilan bezatilgan sahna ekranida shoirning tavallud sanasi ko‘rsatilgan fotosurati aks etdi. Tadbir avvalida shoir hayoti va ijodi haqidagi “Istiqlol shoiri” nomli hujjatli film namoyish etildi

Kechada O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, O‘zbekiston xalq artistlari hamda sanʼatkorlar ishtirok etdi.

💫Yubiley tadbirida xonandalarning shoir sheʼrlariga bastalangan qo‘shiqlari tinglandi. Iliq tilaklar bildirildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍1
#tabrik

💐O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019-yil 3-maydagi qaroriga muvofiq maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni taʼsis etilgan.

💐Bugun “Xalqlar do‘stligi” maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 31 yil to‘lishi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gullola Isakova «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Akbar Siddiqov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

“O‘zkomnazorat” Davlat inspeksiyasi jamoasi milliy ramzimiz hisoblangan davlat bayrog‘i tasdiqlanganining
31 yilligi bilan tabriklaydi!

#tabrik #davlat_ramzlari #bayroq

@uzkomnazoratpress
👍2
#tanlov #tabrik

“Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” mavzusidagi videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

🏆Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 31 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” mavzusidagi videoroliklar tanlovi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi.

🥇🥈🥉Tanlov uchun 300 ga yaqin videorolik yuborildi. Ular orasidan hakamlar hayʼati qaroriga koʻra, 5 nafar nomzod nominatsiya sovrindori deb topildi.

🎖Shuningdek, bir necha fidoyilar «Maʼnaviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

👉Batafsil

manba
Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Tabrik

💐Bugun Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas'ul xodimi Hamroyev G‘afur Hasanovich “Ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlari ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi.

💐 Shu munosabat bilan G‘afur Hasanovichni Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, shuningdek, barcha davlat tashkilotlari rahbarlari, qolaversa, hokimlarning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʻminlash masalalari boʻyicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐G‘afur Hasanovichga ilmiy, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti
👏10👍1
#Tabrik

1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

💐Shu munosabat bilan butun Qoraqalpoq xalqini bugungi qutlug‘ sana – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda Qoraqalpoq tili bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

💐Qoraqalpoq tilining qadri va nufuzi hamisha sarbaland bo‘lsin!

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti.
👍2👏1
#Tabrik

💐Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri hamda mas'ul xodimi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminovni tavvalud ayyomi munosabati bilan samimiy tabrikladi!
👍10👏4
#Tabrik

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bosh Qomusimiz – nafaqat davlatchiligimizning huquqiy asosi, balki ozod va obod hayotimizning shahodati sifatida ham xalqimiz uchun hamisha qadrlidir.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt-u omad, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍3🔥1
#Tabrik

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, tiynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassamdir.

Ushbu sana munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt-u omad, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
1👍1
#Tabrik

🎊Naim Karimov 90 yoshda!

Naim Karimov — oʻzbek adabiyotshunosi, jamoat arbobi. U 1932-yil 12-dekabrda Toshkentda ziyoli oilada tug'ilgan.

🔅Filologiya fanlari doktori, professor Naim Karimov “Hamid Olimjon” (1979), “Oybek” (1985), “Usmon Nosir”, “Usmon Nosir hayotining so‘nggi yillari” (1993-1994) asarlari muallifidir.

🔅 Yubiley munosabati bilan Fanlar akademiyasida xalqaro anjuman bo'lib o'tmoqda.

🔅Yuksak xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Naim Karimov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy mukofoti bilan taqdirlandi.

🔅O‘zbek tili hamda adabiyotining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Naim Karimovga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🎉3👍2🔥1
#Tabrik

💐Bugun atoqli adabiyotshunos Naim Karimov 90 yoshga toʻlganligi munosabati bilan Fanlar akademiyasida xalqaro anjuman bo'lib oʻtganligi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

💐Ushbu munosabat bilan Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri hamda Departament xodimlari olimning uyiga tashrif buyurib Naim Karimovni qutlashdi.
👍13👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

🇺🇿 Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar)bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 90-sonli maktab-internati jamoasi va o‘quvchilari 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha Vatanimiz himoyachilarini chin qalbdan tabriklaydi.

🇺🇿 Ushbu qo‘shiqning surdo tarjima ko‘rinishidagi aksini sizlarga bayram tabrigi sifatida taqdim etadi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
👍3
#Tabrik

💐Qadrli o‘qituvchi va muallimalarimiz!

💐Sizlarni 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

💐Siz bergan munavvar saboqlar, avvalo, yosh avlod qalbida milliy o‘zligimiz ramzi – ona tilimizga mehru muhabbat uyg‘otadi.

💐Ushbu shukuhli kunlarda barchangizni kasb bayramingiz bilan qutlab, Sizlarga mustahkam sog‘lik kabi, oilangizga fayzu baraka, maʼrifat sohasidagi ezgu va xayrli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti

Kanalga ulanish
👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👏3
#tabrik

25-oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

⚜️Tinchlik va osoyishtalik – buyuk ne’mat. Bu bebaho ne’matni asrab avaylash yo‘lida tunu-kun orom bilmay mehnat qilayotgan har bir yurt posbonining bayramidir bu!

⚜️Yurtimiz ravnaqi va hayotimiz farovonligiga qo‘shayotgan hissangiz, vatanparvarligingiz hamda kasbingizga bo‘lgan sadoqatingizni yuksak qadrlaymiz.

⚜️Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-quvvat, xonadonlaringizga xotirjamlik va galdagi ulkan yutuqlaringizga tilakdoshmiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
#Tabrik

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bosh Qomusimiz – nafaqat davlatchiligimizning huquqiy asosi, balki ozod va obod hayotimizning shahodati sifatida ham xalqimiz uchun hamisha qadrlidir.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt-u omad, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔥21👏1
#Tabrik

🇺🇿Qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayram – Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

🇺🇿Mustaqilligimizni mustahkamlash, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz hayoti farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu va xayrli ishlaringizga zafarlar yor bo‘lsin!

🇺🇿Xalqimizning bebaho xazinasi, milliy o‘zligimiz ramzi bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, uni avlodlarga bezavol yetkazishda, jonajon tilimizning o‘rni va nufuzini oshirishda barchangizni hamjihatlikka, hamkorlikka chorlaymiz!

🇺🇿Sizlarga mustahkam salomatlik, uzoq umr, oilangizga to‘kinlik, totuvlik, shodu xurramlik tilaymiz!
Betakror diyorimiz – g‘o‘zal O‘zbekistonimizning quyoshi mangu porlab tursin!
Istiqlolimiz umrboqiy bo‘lsin!

Vazirlar Mahkamasining
Davlat tilini rivojlantirish departamenti
3🔥3👍1👏1
#Tabrik

💐Qadrli o‘qituvchi va muallimalarimiz!

💐Sizlarni 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

💐Siz bergan munavvar saboqlar, avvalo, yosh avlod qalbida milliy o‘zligimiz ramzi – ona tilimizga mehru muhabbat uyg‘otadi.

💐Ushbu shukuhli kunlarda barchangizni kasb bayramingiz bilan qutlab, Sizlarga mustahkam sog‘lik kabi, oilangizga fayzu baraka, maʼrifat sohasidagi ezgu va xayrli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti
👏3🥰1