DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.64K subscribers
9.69K photos
2.25K videos
10 files
6.09K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#Qashqadaryo #Kadastr_agentligi

21- oktabr. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun !

Qashqadaryo viloyatida kadastr xodimlari #ONATILIMFAXRIM heshtegini targ‘ib etishmoqda.

🇺🇿A'zolik— t.iss.one/Qashkadastrpress
#Kadastr #Zahiriddin_Muhammad_Bobur

🇺🇿Bugun Ulug‘ bobokalonimiz, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Kadastr agentligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, shoir, sarkarda, donishmand ,tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida o'tkazilgan tadbirda Yozuvchilar uyushmasi raisi-O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Qoraqolpog‘iston xalq shoiri Rustam Murusmon, “Sharq Yulduzi” va “Zvezda Vastoka” jurnallari bosh muharriri, shoir Sirojiddin Rauf, “Saodat” jurnali bosh muharriri, shoira Munavvara Usmonova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shodi Otamurod hamda agentlik xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida Bobur hayoti va ijodi bo'yicha qiziqarli faktlar hamda g'azalxonlik bo'lib o'tdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Zahiriddin_Muhammad_Bobur #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastr agentligida Ulug‘ bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tafsiloti Sevimli telekanalining "Zamon" informatsion dasturi nigohida.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Sirdaryo Kadastr
#kadastr #bayroq

⚡️ 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

🇺🇿Bayroq – insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlardan biridir. Zero milliy bayrog‘imiz mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro miqiyosda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kunga 31 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab aholi vakillari ishtirokida “MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!”, “SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!” shiori ostida o‘tkazilayotgan o‘ziga xos xeshteg ostida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#kadastr #chorlov #bayroq
VATANIMIZ BAYROG‘I — FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ!

🇺🇿 Har bir mamlakatni dunyoga tanitadigan asosiy ramzlaridan biri — bu uning bayrog‘idir.

🇺🇿 Sana munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari ham #bayrog‘imizfaxrimiz chorlovini ommalashtirishda faol qatnashmoqdalar.

🇺🇿Sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsoli bo‘lgan Vatanimiz bayrog‘ini hamisha e’zozlab, boshimiz uzra baland ko‘taraylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya #Toponimika

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasinng "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi "Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (OʻRQ 799-son) qabul qilindi.

Shu munosabat bilan Respublika aerogeodeziya markazining Respublika toponimika xizmati Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash ishlari haqida "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturidan lavha.

📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdimot #Kadastr #Navoiy #Bobur

🔰Bugun ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan Kadastr agentligida "Ma'naviyatimizda buyuk siymolarning o'rni" nomli ma'naviy-ma'rifiy hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan chop etilgan kitoblar taqdimoti o’tkazildi.

🔰Tadbirda Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov, O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi mas'ul xodimi Guljamol To'ychiyeva, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Ma'mura Zohidova, O'zbek adabiy til me'yorlari va davlat tilida ish yuritish markazi bo'lim boshlig'i O'rinboy Boboyorov, hamda agentlik xodimlari ishtirok etishdi.

🔰Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv davomida tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida Navoiy va Boburning hayoti va ularning o'zbek tili rivojiga qo'shgan hissasi haqida so'z bordi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Kadastr #ona_tilim_faxrim

Bugun 🌟Kadastr agentligi markaziy apparati va tizim tashkilot xodimlari uchun O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to'lgani munosabati bilan "Ona tilim-faxrim" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

🫥 Tadbirga Iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatchisi Obiddin Mahmudov, Oʻzbekiston milliy universiteti filologiya fanlar nomzodi Muzaffar Artikov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyoti sektori dotsenti, filologiya bo‘yicha falsafa doktori Yulduz Eshmatovalar mehmon sifatida taklif qilindi.

🫥 Tadbir davomida 🌟Kadastr agentligi xodimlari va tizim tashkilotlarda faoliyat olib boradigan xodimlar faol qatnashib she'r va g'azallar o'qib berishdi. Bundan tashqari taklif qilingan mehmonlar tomonidan berilgan mantiqiy savollarga to'g'ri javob bergan xodimlar kitoblar bilan taqdirlanishdi.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
#Kadastr #ona_tilim_faxrim

🫥 Avval xabar berganimizdek, 21-oktabr O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to'lgani munosabati bilan "Ona tilim-faxrim" shiori ostida tadbirlar o'tkazilmoqda.
Quyida hududlarda bo'lib o'tgan tadbirlar bilan tanishishingiz mumkin:

🟢 Farg'ona viloyati
🟢 Sirdaryo viloyati
🟢 Andijon viloyati
🟢 Samarqand viloyati
🟢 Toshkent shahar
🟢 Qashqadaryo viloyati
🟢 Buxoro viloyati

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM