DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.56K subscribers
9.82K photos
2.27K videos
13 files
6.17K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#tilimiz_tarixi

“Boburnoma”dan olingan misollarga e’tibor berilsa, muallif Kobul viloyatidagi xalqlarning tili to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, sart yoki tojik tilini eslamaydi, u arabiy, forsiy, turkiy, mug‘uliy va boshqa tillarni eslaydi, xolos. Yana Bobur Marg‘ilon elini ham sartlar deb ataydi. Chamasi, marg‘ilonlik sartlar deyilganda ustachilik bilan shug‘ullanuvchi (o‘troq hayot kechiruvchi) toifa ko‘zda tutilgan ko‘rinadi. Bulardan anglashiladiki, sart atamasi o‘sha chog‘lar ham forsiy, ham turkiy tilli o‘troq, shahar aholisiga nisbatan qo‘llanilgan.
@shevashunos
O‘zbek tilim boshqalarga qandoq, bilmayman, lekin men uchun dunyoda eng boy, eng go‘zal, eng barkamol til. O‘zbekcha gapirib tilim chiqqan, qo‘limga qalam olib o‘zbekcha yozganman, qalbim sevinchlari va iztiroblarini o‘zbekchada qog‘ozga tushurganman. Unga mehrimni, minnatdorligimni izhor etib bir kitob yozsam degan niyatim bor. Yozganlarim she'r bo‘lmasa-da she'rdek o‘qilsa, deyman. Ona tilimning ko‘rki, barvasta qomati sahifalardan bo‘y ko‘rsatib tursa, deyman. Orzularim ko‘p. Qani edi parvozim orzularim qadar yuksak bo‘lsa...

Erkin VOHIDOV, O'zbekiston xalq shoiri

📚 So'z latofati kitobidan

Kanalga
ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi amalda.

Buxoro shahri Fayzobod ko‘chasi markaziy hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 6 moddalari ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida Buxoro shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Zikrillayev hamda tegishli tashkilot va korxona xodimlari hamkorligida davlat tilida ish yuritishning holati, ichki targ‘ibot vositalari va ish yuritish hujjatlarining lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi hamda davlat tili qoidalariga rioya qilinmagan tashqi reklama lavhalarini davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablariga mos ravishda chiqartirish masalasida tadbirkorlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borildi.

Buxoro shahar hokimligi axborot xizmati
#bilib_oling

Xafa bo‘lmoq
so‘zini sinonimlari bilan tanishing.

xafalanmoq,
o‘ksi(n)moq,
ranjimoq,
ozor chekmoq,
ozorlanmoq,
g‘amgin bo‘lmoq,
mahzun bo‘lmoq,
mahzunlanmoq (mahzunlashmoq),
munglanmoq,
qaygʻulanmoq,
qaygʻurmoq,
xomush bo‘lmoq,
xomushlanmoq,
ma’yus bo‘lmoq,
ma’yuslanmoq

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Audio
#Nodir_ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 162-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Muhammad Yusuf “Iqror” she’ri
2. Kamoliddin Rahimov “Nargiz” qo'shig'i
3. Tog’ay Murod “Oydinda yurgan odamlar” qissasi

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol

❗️.... tili turkiy tillarning qipchoq tili guruhiga mansub bo‘lib, XX asrning 30-yillariga qadar Kavkazdagi barcha xalqlar o‘zaro muloqot uchun ushbu tildan foydalanishgan.

❗️Hozirda Dog‘istonda rus tili bilan bir qatorda 14 ta davlat tili maqomiga ega tillardan eng ko‘p kishi so‘zlashadigan til sanaladi.

Ushbu qaysi til?

Fikringizni ushbu manzilga yuborishingiz mumkin.

Faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#oʻzbekcha_gapiramiz

Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi, oyina.uz portali #oʻzbekcha_gapiramiz shiori bilan tilimizga yot bo‘lgan, lekin tez-tez takrorlanadigan so‘zlarning o‘zbekchasini qo‘llashni targ‘ib qilmoqda.