DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.64K subscribers
9.69K photos
2.25K videos
10 files
6.09K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#bilib_oling

GO‘SAM

folk. 1 Qo‘ylarni ergashtirib yuradigan katta qari serka.


2 shv. Boqib semirtirilgan (qo‘y yoki echki); bo‘rdoqi.

Chavandozlar-ov, eshitmadim demanglar, ustiga yana bir go‘sam serka qo‘yildi! Chavandozlar chuh-chuh, deya otlarini uloqqa chorladi. T.Murod, Ot kishnagan oqshom.

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

JIYAK


1 Do‘ppi, to‘n vа sh.k. ning chetigа tutilаdigаn mахsus ensiz tаsmа.

U [Bоltа аrаvаkаsh] do‘ppisining jiyagini qаytаrib, shоhi belbоg‘ bilаn bog‘lab оlgаn. K.Yashin, Hamza.

2 Birоr nаrsаning gir аtrоfi, cheti.

Jiyaklаridа bоychechаklаr o‘sib yotgаn nаm so‘qmоqdаn оq оtli yo‘lоvchi jаdаl ketyapti. Sh.Хоlmirzаyev , Оq оtli.

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#bilib_oling

✔️SERGELI – qishloq. Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani. Toshkent shahrining shahar tumani.

✔️Sergeli – qozoqlar qabila ittifoqi. Ushbu ittifoq vakillari XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Kazigurt, Karjantau, Chimyon tizmalari atrofida, Badam, Keles, Chirchiq daryolari vodiysida yashashgan. Sergeli 12 ta qabiladan tashkil topgan.

✔️Sirg‘ali (sergeli) urug‘i o‘zbek qabilalari tarkibida ham uchragan.

(X.Doniyorov. O‘zbek shajara va shevalari).

📚O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

✔️SERGELI – qishloq. Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani. Toshkent shahrining shahar tumani.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Gidir" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Xafa bo‘lmoq
so‘zini sinonimlari bilan tanishing.

xafalanmoq,
o‘ksi(n)moq,
ranjimoq,
ozor chekmoq,
ozorlanmoq,
g‘amgin bo‘lmoq,
mahzun bo‘lmoq,
mahzunlanmoq (mahzunlashmoq),
munglanmoq,
qaygʻulanmoq,
qaygʻurmoq,
xomush bo‘lmoq,
xomushlanmoq,
ma’yus bo‘lmoq,
ma’yuslanmoq

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#bilib_oling

Arafa

✔️Arafa - bu soʻz bo'yicha bir qancha qarashlar ilgari suriladi. Bulardan eng bilingan va maqbuli sifatida Qurbon bayramidan avvalgi kun hojilar "Arafot" ( arabcha arafaning koʻplik shakli) togʻiga chiqib, haj arkonlaridan birini ado etadilar. Ushbu jarayonni nazarda tutib, Arafa so'zini mana shu diniy marosimdan kelib chiqqan deyiladi. Bayramdan oldingi kun mohiyatida ishlatiladi.

Keyinchalik esa bu so'zning semantik doirasi kengayib, boshqa bayramlar yoki muhim hodisalardan oldingi kunga ham shu atamani qo'llay boshlaydilar. (Masalan: Navro'z arafasi, To'y arafasi).

Bu soʻzning togʻ nomidan tashqari o'zagi arabcha "arafa", ya'ni bizga tanish bo'lgan bilmoq mazmunidagi irfon, ma'rifat so'zlarining o'zagi boʻlib, oldindan bayram daragini bilish, idrok qilish deb talqin qilinadi.
Yana, xalq ogʻzida yolg'on arafa degan so'z ham ishlatiladi. Bu Qurbon bayramidan ikki kun oldinga toʻgʻri keladi.
@shevashunos

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#bilib_oling

“Ishing o‘ngidan kelsin” – “o‘ng”ning o‘ngligi nimada?

O‘ng qo‘l, chap qo‘l deymiz. “Ishing o‘ngidan kelsin” deb niyat bildiramiz. “Bugun o‘ng yonidan turgan”, “Xudo yo‘lini o‘nglabdi” kabi iboralarni ishlatamiz. Xo‘sh, nima uchun o‘ng? O‘ngning afzalligi nimada? Nega biz o‘ng so‘zini yaxshi ko‘ramiz? Bu so‘z asli qanday ma’noni anglatadi?

Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida o‘ng – ong so‘zi “qulay, oson” ma’nosida izohlangan. Demak, o‘ng tomon degani aslida “qulay tomon” degani, o‘ng qo‘l ham qulay qo‘l degani. Darhaqiqat, dunyoning 95 foiz aholisiga o‘ng taraf qulay keladi.

✍️Eshqobil SHUKUR

📘“Boboso‘z izidan” kitobidan.


Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ