DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.64K subscribers
9.69K photos
2.25K videos
10 files
6.09K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_mangu_makonim

TILING BIRLA KO‘NGLINGNI BIR TUT


So‘z erurki, o‘q-yoy nishonga,
Mo‘ljalni ham aniq olarkan.
Do‘stga shodlik, anduh dushmanga,
Bitta so‘z ham mangu qolarkan.
Kutgil meni, faqat meni kut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Charaqlaydi qalbim osmoni,
Yulduzlarim ishq dardin so‘zlar.
Oydir ming bir kecha dostoni,
Tong nutqidan ochilgay ko‘zlar.
Quyosh yo‘lin to‘solmas bulut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Men ergashdim so‘zga, navoga,
Haq diydorin ko‘rdim o‘shanda.
Berilmadim ortiq da’voga,
O‘z gulimni topdim gulshanda.
Asrashni bil, boshqasin unut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Ming yilda ham zanglamas oltin,
O‘zing meni yetkazding Haqqa.
Neki olsam, men sendan oldim,
So‘z durlarim qolgaydir xalqqa.
Bo‘lsin desang toleing bus-but,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

Til va ko‘ngil egizak erur,
Biri qolib biri o‘lmasun.
Ona tilim, o‘zligim, g‘urur,
Har ikkisi ayro bo‘lmasun.
Bo‘lmasin hech yuzimiz shuvut,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.

O‘z tilingni asragil, yurtdosh,
Toza bo‘lsin iymoning, qalbing.
Tiling erur tilingga dildosh,
Rozi bo‘lsin hamisha xalqing.
Rozi bo‘lsin sendan
ona yurt,
Tiling birla ko‘nglingni bir tut.


✍️ASHURALI BOYMUROD,
shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Farzandingga qaysi tilda bilim bersang bir kun kelib shu millatga xizmat qiladi!


Mustafo Cho‘qay

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_jon_u_dilim

QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

21-oktabr — "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan Toyloq tumani hokimligi jamoasi tomonidan chorlov o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

🫥 Ona tilimiz rivojiga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

21- oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
 
✏️Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir.

📝 Mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak,mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
 

⭐️🌟Kadastr sohasida ham davlat tili me'yorlariga amal qilinishini ta'minlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kadastr idoralaridagi barcha hujjatlarning davlat tilida yuritilishiga qat'iy rioya qilinmoqda. Aholi yashash punktlari, mahallalar, ko'chalar, ziyoratgohlar kabi geografik obyektlarning O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bog‘liq nomlari asralishini ta’minlash, ularning asossiz qayta nomlanishini oldini olish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda.

📚Xabaringiz bor, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda tizim tashkilotlari tomonidan 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Ona tilim-faxrim” shiori ostida “Kitob marafoni” tadbirlari boshlangan edi. Mazkur xayrli marafon hududlarda ham davom etdi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Surxondaryo viloyati

💐 📃 Ushbu millatimiz g'ururi, mustaqillik belgisi bo'lgan "O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Ona tilimiz hamisha mag'rur yangrasin va abadiy yashasin!
 
#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

To‘rtko‘l tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tumani bo‘linmasi, TTV telekanali bilan hamkorlikda 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tayyorlangan tahliliy lavha.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM