#Ijro
🕌XORAZM VILOYATIDA QONUN IJROSI TAʼMINLANMOQDA
📍Bugun Davlar kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasining "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi qonuni ijrosi doirasida viloyatdagi geografik obyektlarning nomlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi va uning birinchi kunida seminar-trening tashkil etildi.
📌Seminarda ishchi guruhi rahbari U.Mahmudov ma’muriy-hududiy birliklar, shaxs va tarixiy nomlar, ular bo‘yicha ekspert xulosalari olinishi, mahalliy kengashlarda tasdiqlanishi, davlat reyestri bazasiga kiritilishi masalalari muhokama qilinib, viloyatdagi mahallalarning aniq chegaralari, koʻchalarning toifalarga ajratilgan sxematik xaritalarini yaratish boʻyicha tushunchalar berdi.
👉Batafsil
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Audio
#Nodir_ovozlar
“Nodir ovozlar” loyihasining 90-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Faxriyor she'rlari
2. "Yomg‘irlarda" qo‘shig‘i. Ozoda Nursaidova
3. "Umr hikmati... saodati" asari. Obiddin Mahmudov

✨1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
🔅Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bayram-tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
🔅Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etilgan “Mámleketlik tilde is júrgiziw” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida Til fidoyilariga qimmatbaho sovg‘alar berildi.
🔅Ayni damda esa “Davlat tili haqida”gi Nizomning qabul qilinganligiga 33 yil to‘lgani munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lmoqda.
🔅Unda Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Sobir Shukurov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov ishtirok etib ma’naviyat fidoyilariga “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirdilar.

Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" RASMIY SAHIFA ️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tilbilimdan_bir_chimdim
❓CHIVINMI YO PASHSHAMI?
✔️Bir hasharotni O‘zbekistonning yarmi – pashsha, ikkinchi yarmi – chivin deydi va aksincha.
✔️Maʼlumki, Farg‘ona, Toshkent hududlarida “chivin” deganda – kichkina, qon so‘radigan hasharot, “pashsha” deganda – qora, kattaroq hasharot tushuniladi, boshqa hududlarda esa buning teskarisi.
✔️Tabiiyki, adabiy tilda har ikki hasharotni ikkala nomda ham atab bo‘lmaydi, pashsha va chivin biz uchun arzimas bo‘lib tuyulsada, lekin fanda ular mutlaqo boshqa-boshqa mavjudotlar, ularning aniq nomi bo‘lishi kerak, deylik, sigirni fil, filni sigir deyolmaymiz.
✔️Izohli lug‘atga ko‘ra, PASHSHA yozda juda ko‘payib ketadigan, turli suyuq organik moddalar bilan oziqlanadigan qo‘sh parda qanotli hasharot.
✔️CHIVIN esa ikki qanotli, uzun mo‘ylovli qon so‘ruvchi mayda hasharot.
✔️“Chivin” so‘zining eng qadimgi ko‘rinishlari: “chibin”, “chigun” shakllarida bo‘lib, X-XI asr obidalari: “Oltin Yoruq” yodgorligi, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari orqali bizgacha yetib kelgan. Ikkala manbada ham bu nom hozirgi adabiy tildagi chivin (kichigi) maʼnosida emas, balki viloyatlardagi so‘zlashuv tiliga oid deb qaraladigan “chivin” (katta) maʼnosida ishlatilgan (Jorї turmatї bir čїgünkä alїn – Bir chivinga kuchi yetmadi. “Qutadg‘u Bilig”).
✔️Navoiy bobomiz ham “chibin” deganda hozirgi adabiy tilimizdagi chivinni emas, balki olis o‘tmishda ajdodlarimiz bu nom bilan qaysi hasharotni atashgan bo‘lsa, xuddi o‘shani tushungan. Xususan, “Saddi Iskandariy” dostonida Navoiy aylanuvchi falak, yaʼni osmonni tegirmon uyiga, Zuhal (Saturn) sayyorasini o‘sha uydagi qora chivinga o‘xshatadi:
“Qaro yuz bila charxi gardunnishin,
Nechukkim, xaros uyi ichra chibin”.
✔️Shu o‘rinda bu hasharot (kattasi) qardosh tillarda qanday atalishiga eʼtibor bersak: qozoqcha: shыbыn; turkmancha: ҫybyn, uyg‘urcha: chivin (“چىۋىن”), qirgizcha: chыmыn; tatarcha: cheben, boshqirdcha seben. Yaʼni, aksariyat turkiy xalqlar “chivin” deb ataydigan hasharot faqat o‘zbek adabiy tilida “pashsha”ga aylanib qolgan.
✔️“Pashsha” esa fors tilidan o‘zlashgan bo‘lib, Shavkat Rahmatullayev o‘zining “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” III tomida unga shunday izoh beradi: “Pashsha forscha, tojikcha lug‘atlarda: “qo‘sh parda qanotli, uzun mo‘ylovli, tanasi ingichka, qon so‘ruvchi mayda hasharot (chivin)” maʼnosini anglatishi aytilgan.
✔️O‘zbek tiliga bu ot tojikcha shaklida olinib, “qo‘sh parda qanotli, tanasi dumaloq, asosan ovqat qoldiqlarini yeb yashaydigan hasharot” maʼnosini anglatadi.
Hozir ham tojik tilida “pashsha”, “xomӯshak”, fors tilida “pāshe” (“پشه”) deganda o‘sha qon so‘ruvchi mayda hasharot tushuniladi. Qizig‘i shundaki, o‘zbek tilida “pashshaxona”, “pashshaxo‘rda” so‘zlari ham aynan ana shu chaqadigan pashshaga nisbatan ishlatiladi, ammo hasharotning o‘zi "chivin" bo‘lib qolgan.
✔️Alqissa, narsani o‘z nomi bilan atab, "chivin"ni ajdodlarimiz, qardoshlarimiz qaysi hasharotga nisbatan qo‘llasa, shunday qo‘llasak, pashshani ham asliyati maʼnosiga moslasak, tilimiz bir qusurdan qutulgan bo‘lar edi.
Abduvohid Hayit

#Tabrik
✨1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
💐Shu munosabat bilan butun Qoraqalpoq xalqini bugungi qutlug‘ sana – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda Qoraqalpoq tili bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
💐Qoraqalpoq tilining qadri va nufuzi hamisha sarbaland bo‘lsin!
Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti.

Forwarded from Qarshi tumani hokimligi | Rasmiy kanal (To`lqin Turdiyev)
Viloyat hokimi maslahatchisi Qarshi tumanida o‘zbek alifbosida ish yuritish holatini o`rgandi
Viloyat hokimining maslahatchisi Ziyoda Aminova Qarshi tumanida bo‘lib, dastlab tuman xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim bo‘limlarida davlat tilida ish yuritilishi masalalarini o‘rgandi.
Barcha idoralararo hujjatlarning lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida bo‘lishi va tashqi yozuvlar, reklama va e’lonlarning joylashtirilishida sohaga oid qonun hujjatlariga amal qilinishi holatiga e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori talablariga asosan 2023-yilning 1-yanvaridan barcha yozuvlar, ish hujjatlari lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida amalga oshirilishi ko`zda tutilganligi ta`kidlandi.
Sohaga oid yangiliklar, huquqiy meyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarildi.
Kanalga ulanish: 👉 @qarshitumaniuz

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#meningmadhiyam
✨ Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovini eʼlon qiladi!
⚠️ Qadrli yurtdoshlar! Ushbu chorlovda barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
✨ Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida #meningmadhiyam chorlovini eʼlon qiladi!
⚠️ Qadrli yurtdoshlar! Ushbu chorlovda barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
🔰Sayyor seminar bo‘lib o‘tdi.
💫Joriy yilning 1-dekabr kuni “Ammofos-Maxam” AJda “O‘zkimyosanoat” AJ tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, matbuot xizmatlari va kasaba uyushmasi faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha sayyor seminar o‘tkazildi.
📋 Seminarda Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti masʼul xodimi Rustam Tursunov, “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar boshlang‘ich kengashi raislari, kasaba uyushma qo‘mitalari raislari hamda matbuot kotiblari ishtirok etdi.