DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.64K subscribers
9.69K photos
2.25K videos
10 files
6.09K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️🌟 Bugun, Kadastr agentlining “1-oktabr-Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tizimda faoliyat yuritib kelayotgan faol rahbarlar, yoshlar va faxriylar o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” davra suhbati o'tkazildi. Agentlik qoshida tuzilgan "Fahriylar kengashi"ning 11 kishidan iborat jamoasi tadbirga taklif etilib, ularga alohida e'tibor va e'zoz ko'rsatildi.

🇺🇿 Shuningdek, agentlik tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xotin qizlar ishtirokida tashkillashtirilgan “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusida o‘tkazilgan video-roliklar ko‘rik tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

🎖 Unga ko'ra;
I-o‘rin - Davlat kadastrlar palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi - Uralova Yulduz O‘tkirovna;

II-o‘rin - Davlat kadastrlar palatasi Toshkent shahar boshqarmasi xodimi - Mirzaraimova Dilnoza Hamidovna;

III-o‘rin - Davlat kadastrlar palatasi Qoraqalpog‘iston Respublika boshqarmasi xodimi - Smetova Guljaxon Jumabaevna va
Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimi - Aripova Mamlakat Mirzaevnalarga nasib etdi.

#DavKadastrPalata #ustozlar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Ona tilim - g'ururim, iftixorim!

⭐️🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalarida 21-oktabr - "Ozbek tili bayrami" ni munosib nishonlash barobarida "Ona tilim - faxrim" shiori ostidagi ommaviy tashabbusda ham faol ishtirok etdilar.

🌐 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda kadastr tizimi xodimlari masofalarga qaramay davlat bayramini o'zaro hamjihatlikda, birlikda va o'zgacha kayfiyatda kutib olganini ko'rishingiz mumkin.

▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Jizzax viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bayrog'im - g'ururim, iftixorim!


🇺🇿 Xabaringiz bor, yurtimizga milliy, ramziy bayramlarimizdan biri - Davlat bayrog'imiz qabul qilinganining 32 yillik tantanasi yaqinlashib kelmoqda. Shu munosabati bilan, bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatda bayram tadbiri tashkil qilindi.

💠 Mazkur tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti O‘zbek va xorijiy tillarni o‘qitish markazi dotsenti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot Universiteti mas'uli hamda Davlat kadastrlari palatasi xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati tarzida tashkil etilgan tadbirda tashrif buyurgan mehmonlardan Davlat bayrog'i haqida taqdimot ko'rinishida asosiy tushunchalar va qiziqarli ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, ko'tarinki ruhda o'tkazilgan davra suhbatida kadastr xodimlarining fikr-mulohazalari tinglanishi bilan birgalikda, ular uchun respublikamiz bayrog'i xususida qiziqarli savol-javoblar o'tkazildi. Eng ko'p savollarga javob bergan xodimlarga Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov tomonidan sovg'alar taqdim etildi.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

21- oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
 
✏️Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir.

📝 Mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak,mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
 

⭐️🌟Kadastr sohasida ham davlat tili me'yorlariga amal qilinishini ta'minlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kadastr idoralaridagi barcha hujjatlarning davlat tilida yuritilishiga qat'iy rioya qilinmoqda. Aholi yashash punktlari, mahallalar, ko'chalar, ziyoratgohlar kabi geografik obyektlarning O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bog‘liq nomlari asralishini ta’minlash, ularning asossiz qayta nomlanishini oldini olish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda.

📚Xabaringiz bor, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda tizim tashkilotlari tomonidan 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan “Ona tilim-faxrim” shiori ostida “Kitob marafoni” tadbirlari boshlangan edi. Mazkur xayrli marafon hududlarda ham davom etdi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Surxondaryo viloyati

💐 📃 Ushbu millatimiz g'ururi, mustaqillik belgisi bo'lgan "O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Ona tilimiz hamisha mag'rur yangrasin va abadiy yashasin!
 
#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Samarqand tarixiga nazar


🌟Davlat kadastrlari palatasi yurtimizning turli geografik hududlari nomlari, ularning kelib chiqishi, etimologiyasi va tarixiy ahamiyat kasb etib borishi haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

🇺🇿 "Joy nomlari tarixi" loyihasi doirasidagi mazkur videoda Samarqand so'zining shakllanib borish tarixiga yuzlanamiz hamda tarixiy manbalardagi bu so'z haqidagi tariflarni birgalikda ko'rib chiqamiz.

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Toshkent tarixiga nazar


🌟Davlat kadastrlari palatasi yurtimizning turli geografik hududlari nomlari, ularning kelib chiqishi, etimologiyasi va tarixiy ahamiyat kasb etib borishi haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

🇺🇿 "Joy nomlari tarixi" loyihasi doirasidagi mazkur videoda Toshkent so'zining shakllanib borish tarixiga yuzlanamiz.

◼️Toshkent – bu nom qanday kelib chiqqan?

◼️Tarixchilar bu nom haqida nima deydi?

◼️Toshkent so‘zining ma’nosi nima?

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM