DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.63K subscribers
9.7K photos
2.25K videos
10 files
6.1K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
#YANGI_NASHR

O‘ZBEK TILI KOREYADA

OʼzFА Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Sotsiolingvistika boʼlimi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Yorqinjon Odilovning Janubiy Koreyaning Hankuk universiteti professorlari (PhD) Аziza Mashrabbekova hamda Lee Jieon bilan hamkorlikda tayyorlangan
“Oʼzbek tili. Standart darslik” nashrdan chiqdi.

Darslik V2 darajasi uchun moʼljallangan.

Manba: O'zR FA

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#YANGI NASHR

“MIFOLOGIZM VA BADIIY MAHORAT” NOMLI MONOGRAFIYA NASHR ETILDI

Filologiya fanlari doktori Manzura Otajanovaning “Mifologizm va badiiy mahorat” nomli monografiyasi nashr etildi.
Mazkur monografiyada neomifologizmlarning poetik tafakkur yangilanishiga asos beruvchi muhim estetik vositalar sifatida qoʼllanilishida mushtarak hisoblangan universal mifologemalarni qoʼllash hamda arxaik mifologiyaga oid syujet, obraz va metaforik atributlar asosida “mifosxema”ni yaratish usuli badiiy-estetik tafakkur taraqqiyoti uchun asos-mohiyat kasb etishi; oʼzbek romanlarining badiiy konteksti va syujet-kompozitsion qurilishida muhim semantik funktsiya bajaruvchi mifologizmlar arxaik ishonch-eʼtiqodlarga aloqador mifologik arxetiplar diffuziyasi, mifologik syujet va motivlar stilizatsiyasi, jahon xalqlari mifologiyasi elementlarining transformatsiyasi kabi tiplardan iboratligi ochib berilgan.
#Yangi_nashr

📓📖 Ardoqli adibimiz, jamoat arbobi, shoirimiz Erkin Vohidovning sodiq mushtariylari bo‘lgan aziz kitobxonlar!

Sizga mamnuniyat bilan bildiramizki, yangi nashrlar - "INSON O‘ZING: Erkin Vohidov barhayot" maqolalar, xotiralar, izhorlar to‘plami hamda shoirimizning rafiqasi Gulchehra opa Vohidovaning "QALBIM ARDOG‘I" kitoblari SHARQ ZIYOKORI kitob do‘konida hamda "O'ZBEKISTON" nashriyotining Navoiy ko‘chasi, 30-uyda joylashgan kitob do‘konlarida ayni paytda mavjud.

Kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga egasiz.

♻️ Sizga yoqimli mutolaa tilaymiz!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Yangi loyiha

Oʻzbek tilidagi noyob sunʼiy chat-boti ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti ilmiy xodimi Ruzmat Safarov tomonidan kompaniyalar faoliyati rivoji uchun noyob sunʼiy intellekt chat-boti ishlab chiqildi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi yurtimizdagi korxona va tashkilotlarning chatlarida mijozlar soʻrovlarini qayta ishlash, biznes jarayonini avtomatlashtirish, xodimlarning ishlash samaradorligini oshirish va resurs xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, korxona mijozlariga xizmat koʻrsatishni yaxshilashdan iborat. Ushbu loyihani Davlat test markazi, vazirliklar, tibbiyot muassasalari, mobil aloqa kompaniyalari, internet doʻkonlar tizimida qoʻllash mumkin. Hozirda loyiha test rejimida oʻz ishini boshlagan (GPTuz-SmartBot).
#YANGI NASHR

OʼzR Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili,  adabiyoti va folklori instituti professori,  filologiya fanlari doktori Durdona Xudoyberganovaning "Аntropotsentrik tilshunoslik terminlarining izohli lugʼati"  kitobi nashr qilindi.

Lugʼatda til tizimini insonning milliy mentaliteti, milliy tafakkuri, dunyoni qabul qilish tarzi, ruhiyati kabi   jarayonlar bilan uzviylikda oʼrganuvchi, markazida shaxs va u mansub boʼlgan xalq omili turuvchi antropotsentrik tilshunoslikning asosiy terminlari izohlangan.

Lugʼatdan tilshunoslar, oliy  oʼquv yurtlarining filologiya yoʼnalishidagi fakultetlari oʼqituvchilari va talabalari, antropotsentrik paradigma asosida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

Taqrizchilar:
Usmonova Shoira, f.f.d., professor
Ismoilov Gʼulom, f.f.n., katta ilmiy xodim
Forwarded from Akbar Siddiqov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri tafsilotlari haqida video.

#uzkomnazorat #konstitutsiya #esdalik_nishoni #yangi_uzbekiston #taqdirlash_marosimi #konstitutsiyaga_30yil

@uzkomnazoratpress
#Yangi nashr

“USMON NOSIR” kitobi chop etildi



Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi tayanch doktaranti, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Javlon Jovliyevning lotin va kirill yozuvlarida “Usmon Nosir” dramasi chop etildi. Kitob Prezidentimizning 2022-yil 10-fevraldagi “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi taʼminlash maqsadida nashr qilingan. Maslahatchilar akademik Naim Karimov, professor Jabbor Eshonqul, nashr uchun masʼul professor Bahodir Karim. Drama faqat yuksak isteʼdod egasi, millatning chin shoiri Usmon Nosir haqida emas. Yoʻq, u bugungi davr haqida ham soʻzlaydi. Zero, tarix haqida yozib shu kun xulosasini chaqarmas ekanmiz, u qogʻozni shunchaki boʻyab-bejashdek gap. Vatan, shubhasiz, oʻz ilmli yoshlarini asrashi, koʻpaytirishi va qoʻllashi kerak. Zero, uning ertasi shunga bogʻliqdir!
#Yangi_kitoblar_taqdimoti

🔰 Vаzirlаr Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan

🔰 O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan chop etilgan

📚 “Ona tilim – mangu makonim”

📚 “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati”

📚 “Davlat tilida ish yuritish” kitob va qo‘llanmalari

🔰 Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga taqdim etildi.

📚 Qo‘mita xodimlari orasida ushbu kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

👉 https://t.iss.one/ACRU_Davlat_tili
#yangi_nashr

🔰YANGI NASHRLAR RUKNI: ilk bor “Areal lingvistika” darsligi nashr qilindi

🔰Samixon Ashirboyev
ning “Areal lingvistika” darsligi sharhi

🔰Oʻzbek tilshunosligida areal lingvistika nisbatan yosh fan hisoblanadi. Bu fan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik negizida shakllangan bo‘lsa-da, u keyinchalik dialektologiya bilan birga rivojlandi va uning natijalariga asoslandi. Endilikda u mustaqil fan darajasiga ko‘tarildi.

🔰Areal lingvistika oliy ta’limning “Lingvistika (oʻzbek tili)”, “Folklorshunoslik va dialektologiya” magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalarida majburiy fanlar blokidan joy oldi va uning ta’limi bo‘yicha tajribalar to‘plandi.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from ToshDO‘TAU | RASMIY
#yangi_nashr

📚 18-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Oʻzbek tili sinonimlarining oʻquv lugʻati” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

🔗 Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 #yangi_loyiha

🙏 "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi "Yoshlar qanoti"dan yangi loyiha

🖥 MTDP | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM