DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.63K subscribers
9.7K photos
2.25K videos
10 files
6.1K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Dangal" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

Taniqli shoir Eshqobil Shukur ushbu so‘zning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 "Bobo so‘z"

👉 @mm_telekanal

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#YANGI NASHR

OʼzR Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili,  adabiyoti va folklori instituti professori,  filologiya fanlari doktori Durdona Xudoyberganovaning "Аntropotsentrik tilshunoslik terminlarining izohli lugʼati"  kitobi nashr qilindi.

Lugʼatda til tizimini insonning milliy mentaliteti, milliy tafakkuri, dunyoni qabul qilish tarzi, ruhiyati kabi   jarayonlar bilan uzviylikda oʼrganuvchi, markazida shaxs va u mansub boʼlgan xalq omili turuvchi antropotsentrik tilshunoslikning asosiy terminlari izohlangan.

Lugʼatdan tilshunoslar, oliy  oʼquv yurtlarining filologiya yoʼnalishidagi fakultetlari oʼqituvchilari va talabalari, antropotsentrik paradigma asosida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.

Taqrizchilar:
Usmonova Shoira, f.f.d., professor
Ismoilov Gʼulom, f.f.n., katta ilmiy xodim
#jarayon

Farg'onada “Reklama to‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash maqsadida nazorat tadbirlari o'tkazildi

🌀Qo‘qon shahrining markaziy ko‘chalaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining nomlanishi, u yerdagi reklama vositalari va qurilmalari holatining qonun talablariga mosligi o‘rganildi.

🌀Furqat tuman “Shoyimbek” mahalla fuqarolar yig'inida nazorat tadbiri tashkil qilinib, tadbirkorlarga eskirgan va xato bilan yozilgan tashqi yozuvlarni zudlik bilan yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🌀Bag‘dod tuman "Dasht" mahalla fuqarolar yig'inida tadbirkorlar ishtirokida hududdagi reklamalarning qonun talablariga mosligi bo'yicha davra suhbati o‘tkazildi.

🌀Farg‘ona, Toshloq va Uchko'prik tumanlarida ham Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida tadbirkorlar o'rtasida targ‘ibot ishlari olib borldi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from O‘zMTDP YOSHLAR QANOTI
Bozorlarga “ko‘rk” berib turgan tashqi reklama va peshlavhalar
“Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhining navbatdagi safari Yashnobod tumaniga bo‘ldi. Jumladan, “Aviasozlar” bozorida “Davlat tili to‘g‘risida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi bilan tanishildi.

Batafsil:👇🏻
https://mt.uz/yangiliklar/761


@Yoshlarqanotii
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya #Toponimika

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasinng "Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida"gi "Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (OʻRQ 799-son) qabul qilindi.

Shu munosabat bilan Respublika aerogeodeziya markazining Respublika toponimika xizmati Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash ishlari haqida "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturidan lavha.

📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birodar  so'zi haqida

Bu ot asli 'tugʻishgan aka-uka  maʼnosini anglatib, keyinchalik barcha erkak kishilarga murojaatda ham ishlatila boshlagan. Forscha so'z. Lekin forschaga ham qadimiy tillardan o'tgan ko'rinadi.
 ➡️ Birādar بُرَادر  yoki  burādar بِرَادر  so'zlari bilan bir xildir. Bu so'z Avesto va eski forscha brātar so'zidan kelib chiqqandir. Yana Sanskritcha  bhrātr भ्रातृ so'zi bilan bir negizdir.
➡️ Hind-yevropa tillaridagi *bʰréh₂tēr (*bʰrā‌tēr)  ham yuqoridagi so'z bilan bir xil. Umumiy negizdan rivojlangan ushbu so'z qolgan hind-yevropa tillarida quyidagicha:  Kurtcha (Kurmancha) bira; Lotincha frater; İtalyancha fratre; Fransuzcha frère; İnglizcha brother;  nemischa Bruder;  Eski Slavyancha braty  kabi.
➡️ Hozirgi o'zbek tilida aka-uka ma'nosi bilan bir qatorda, eng ko'p do'st, ulfat, yaqin kishi anglamida ishlatiladi. Birodar, Birodarbek kabi atoqli ismlarda ham qo'llaniladi!
@shevashunos
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Tolchovkon" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook