DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.58K subscribers
10.1K photos
2.31K videos
15 files
6.29K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Download Telegram
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM

Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding,
tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy
Kuylab o‘tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi
ona yurtidan,
Turkiy
tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey,
tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.


✍️Xurshid Davron

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#ona_tilim

“SO‘Z DURLARIN TERMOQ..."


Iqbol MIRZO,
O‘zbekiston xalq shoiri.

“So‘z ham tirik mavjudot. Uning chaqaloqlik bolalik, o‘smirlik hamda balog‘at chog‘lari bo‘ladi. So‘zda mansub xalqning ruhi, fe’l-atvori aks etadi. O‘z so‘zingni qo‘yib, o‘zganing zaboniga suyanish - o‘z jigaringni uyingdan haydab, begonani yetaklab yurishdek gap..”

(Erkin Vohidov suhbatlaridan)

So‘z xiyoboni (Adiblar so‘z tarifida) kitobidan.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Kecha bittasi azbaroyi zerikkanidan Fb(!)ga yozibdi: “Xolodes”ning o‘zbekchasi nima bo‘ladi?”

Topqir o‘zbegim bir dunyo variantlarni qalashtirib tashlaganki, o‘qib maza qivorasiz! Mana ular: “liqqildoq”, “kilkildoq”, “qilpildoq”, “bilqildoq”, “jippildoq”, “dirildoq”, “hilhildoq”, “biliq-biliq”, “muzsho‘rva”, “yumshoqsovuq”, “ilvira”, “yaxnama”, “liq-liqa”, “liqliqi”, “aspiq”, “hashlama”, xorazmliklar “do‘ngdirmo” derkan, bittasi jonini ko‘p koyitib o‘tirmay “pishirib, sovutilgan yaxna go‘sht” deb qo‘ya qoldi. Mana sizga olam-olam so‘z! Xalq ziyrak. Xalq dono. Xalq topqir.

Sh.IBROHIMOV
Facebook

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ
#ona_tilim_mangu_makonim

TO‘QQIZINCHI FЕVRAL


Men ertaga o‘laman, ona,
Agar sen bu kecha boshimda
O‘zbek tilidagi qo‘shiqlarni aytib turmasang.

Men ertaga o‘laman,
ona,
Agar sening kelinlaring bu kecha
Buyuk shoirlarni tug‘masa agar.

Men ertaga o‘laman,
ona,
Agar sening baxshilaring bu kecha
Tonggacha tugatolmasa «Alpomish» dostonini.

Men ertaga o‘laman,
ona,
Daraxt shoxlarida qushlar bu kecha
«Lison ut-tayr»ni takror etmasa,
Men ertaga o‘laman,
ona.

Uxlay olmadim men...
Boshimda qadimiy qo‘shiqlar aytding,
Kelinlaring tug‘di ulug‘ shoirlaringni.

Baxshilar...
Nafasi tiqilib bo‘g‘izlariga
«Alpomish» so‘ngini aytdilar tongda.

Qushlar...
Daraxt shoxlarida titragan qushlar,
Navoiy tilida gapirib chiqdi.
Men hech qachon o‘lmayman,
ona!

✍️Eshqobil Shukur

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#ona_tilim_mangu_makonim

***
Men o‘ylayman:
hayot yo‘lida
Izlasa, ko‘p tarjimada sir.
Necha yildir o‘zbek tilida
So‘zlayotir, mana, Shekspir.

Shunday san’at bo‘lmasa agar,
Ko‘z o‘ngida qorong‘u dunyo –
Biz bilmasdik, goh shams, goh qamar
Bosh ustida – Tolstoy bobo.

Bular yaxshi. Bir narsa chatoq:
O‘zbekning ham bor shirin gapi.
Tarjimada, lekin tumtaroq,
Tarjimaning yo‘qdir maktabi.

Dunyo hamon bilmaydi, do‘stlar,
Navoiyning dardini tugal,
Mashrab qaysi ohangda bo‘zlar,
Nodiradan qolgan ne g‘azal.

O‘lkamizda, ko‘rsangiz, shuncha
Madaniyat, shuncha maorif,
Chiqmapti deb tarjimam uncha,
Kuyar, ammo Abdulla Orif.

Birov mumkin ochsa menga bahs,
Men baribir bu borada haq:
Kimdir kelib ko‘tarib qo‘ymas,
O‘z-o‘zini ko‘tarmasa xalq...


✍️Omon Muxtor

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

O‘zbekcha so‘ylaganim rost

✍️Shahlo Axrorova

🎻Abduxoshim Ismoilov

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_mangu_makonim

Ey ona til, aziz qadrdonim,
Iltifoti ruhim, Rahmonim.
Tug‘dig‘im kundan aylading ulfat,
O‘lguncha ayilma, ey jonim.
Menga ilm-u adab san o‘rgatding,
Chin adib, muallim, shonim.
Millatning ruhini ko‘targuchisan,
Ey muqaddas karamli sultonim.

✍️Abdulla Avloniy

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎬 "BEKAT"

🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.

🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ona_tilim

Bu yerda, O‘zbekistonda do‘stlarim meni Nodira deb chaqirishadi,deydi Bay Yang.

👉davomi

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim

Ona tili umummillat mulkidir, demak, til oldidagi masʼuliyat ham umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak. Unutilgan so‘zlarni tiklash, borini boyitib borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish yolg‘iz tilshunoslarning emas, millatning ishidir”.

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligida bugun davlat tiliga alohida eʼtibor qaratildi, binoning ichki va tashqi qismlaridagi tashqi yozuvlar, peshlavhalarni xatolarsiz davlat tilida yozilishini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Hududlarda amaliy tadbirlar davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM

Otam ham onam ham o‘zbek edilar
Ammo go‘daklikda men qush edim-ov...
Chug‘ur-chug‘ur qildim, «chumchuq» dedilar,
Keyin g‘o‘ldiradim, dedilar «soqov».

Sen esa abadiy g‘olib jangchiday,
Sezdirmay zabt etding ruhim, ko‘nglimni.
Allaning betimsol dard-ohangiday
Kuyga oshno etding, oxir, tilimni.

Men kuylay boshladim bulbul tilida,
Tabiiyki, yana «Bu – qush!» dedilar,
O‘zbekchaning bulbul til ekanligin
Bechora g‘ofillar bilmas edilar.

Kuylayverdim tinmay
ona tilimda,
Kimlardir xo‘rsinib, ko‘zin yoshladi.
Qushmas, insonligim anglab yetdi-yu,
Bulbul ham o‘zbekcha kuylay boshladi.

O‘g‘illarim, qizim, barchasi o‘zbek,
O‘zbek tug‘ilgandir nabiralarim.
Yoqimli so‘z bormi o‘zbekcha so‘zdek,
O‘zbekcha uyg‘onar xotiralarim.

Ona tilim, maqtay olmasam, kechir,
Sen o‘zing ruhimning quyoshi, oyi.
Axir, meni ming bor duo qilgandi
Tushlarimga kirib hazrat Navoiy.

Tilim, abadiysan, men ham o‘lmayman,
Tilning rivoj yo‘li – bulbul yo‘lidir,
Hatto qarg‘adan ham xafa bo‘lmayman:
Qag‘illash – qarg‘aning
ona tilidir.

✍️Abdunabi Hamro

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

Ona tilim, otam tili,
Kecham sensan, ertam tili.
Jonim tili, vatanim tili.


Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM

Buyuk Temur jahon bo‘ylab,
O‘z dovrug‘in solgan
tilim.
Mir Alisher bobomlardan,
Meros bo‘lib qolgan
tilim.
Bobur Mirzo she’rlaridan,
Rang va qiyos olgan
tilim.
Shunday tildan tonar bo‘lsam,
Qiyma-qiyma bo‘lsin
tilim.
Alla bo‘lib jaranglagan
Ona tilim – jon-u dilim.

©Tursunboy Adashboyev
(1939 – 2017)

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_mangu_makonim

ONA TILIM

Oh, ona tilginam, muqaddas tilim,
Bir og‘iz so‘zingga jonim tasadduq.
Bunchalar shirinsan, bunchalar so‘lim,
Bormikin ajib til sendan ham ortiq.

Sen onam tilisan, otam tilisan,
Sen bobom tilisan asrlar oshgan.
Mehrda beqiyos nozik gulisan,
G‘azabda quturib Amuday toshgan.

Sen yorim tilisan, bolam tilisan,
Nevaram-chevaram tili bo‘lib qol.
Sen mag‘rur quvonsang, o‘ssang haqlisan,
Ufqda kutadi yorqin istiqbol.


✍️Shuhrat

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕK
TILIM

Ko‘p qadimman,
Karvon bilan zamonlar kechdim,
Nor tuyaning norligi ham afsona ekan.
Bir kun tuya ayronini shifo deb ichdim,

Ona tuya nomi esa arvona ekan.
Davronimni surganman ham oq otga minib,
Hay-hay, uning qo‘ltig‘ida bor edi qanot.
Vaqti kelib, shon-shuhratdan xayolim tinib,

Bilsam, o‘sha oq otimni derkanlar – bo‘z ot.
Yuksak Hisor tog‘larining bag‘rida qat-qat,
Toshni yorib o‘sib yotgan na’matak edi.
Ustoz Oybek she’rin eslab shoir Xolmamat,

Bizning joyda uning nomi «Hululu», dedi.
Sen tuganmas chashmadirsan, oh,
ona tilim,
Yetmish ikki tomirimga mavjlaring bordi.
Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,

«Sandulochim!» – degan edim sayrab yubordi.
Inson degan qutlug‘ so‘zning tengi yo‘q hech bir,
U tanhodir, falaklarning quyoshi misol.
Lekin manov bolakaydir, bunisi o‘smir,
Bu yigitdir, bu zot esa bobo, oqsoqol.


✍️Abdulla Oripov

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

✔️ Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi chogʻida oʻzbek tilida tilak bildirdi.

Ushbu jarayon uning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep
#ona_tilim_mangu_makonim

O‘ZBЕK
TILIM

Ko‘p qadimman,
Karvon bilan zamonlar kechdim,
Nor tuyaning norligi ham afsona ekan.
Bir kun tuya ayronini shifo deb ichdim,

Ona tuya nomi esa arvona ekan.
Davronimni surganman ham oq otga minib,
Hay-hay, uning qo‘ltig‘ida bor edi qanot.
Vaqti kelib, shon-shuhratdan xayolim tinib,

Bilsam, o‘sha oq otimni derkanlar – bo‘z ot.
Yuksak Hisor tog‘larining bag‘rida qat-qat,
Toshni yorib o‘sib yotgan na’matak edi.
Ustoz Oybek she’rin eslab shoir Xolmamat,

Bizning joyda uning nomi «Hululu», dedi.
Sen tuganmas chashmadirsan, oh,
ona tilim,
Yetmish ikki tomirimga mavjlaring bordi.
Bir kun tinib qolgan edi bog‘da bulbulim,

«Sandulochim!» – degan edim sayrab yubordi.
Inson degan qutlug‘ so‘zning tengi yo‘q hech bir,
U tanhodir, falaklarning quyoshi misol.
Lekin manov bolakaydir, bunisi o‘smir,
Bu yigitdir, bu zot esa bobo, oqsoqol.


✍️Abdulla Oripov

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram