DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
3.61K subscribers
9.74K photos
2.26K videos
11 files
6.12K links
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2024-yil 20-dekabrdagi 24/24-171-sonli xatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2024-yil 29-noyabrdagi 01/01/04-1740-son xatida ''Sof til'' boti ishga tushurilganligi, mazkur bot orqali joylarda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid va o‘zbek tilida imloviy xatolar bilan yozilgan e'lonlar, peshlavhalar hamda tashqi tasviriy vositalarni to‘g‘rilash yuzasidan fuqaro murojaati haqida ma'lum qilingan.

Ushbu murojaat yuzasidan ko‘rsatilgan manzildagi fuqarolar bilan tuman hokimi maslahatchisi D.Vaxabova, O‘zbekiston mahalla raisi hamkorligida suhbat olib borildi.

Murojaat yuzasidan ''EXSPRES DOLINA'' MCHJ QK rahbari A.Dadaxonov, ish yurituvchi hodimlari bilan yangi avtobuslarning harakatlanish yo‘nalishi to‘g‘risida hamda murojaat yuzasidan davlat tili to‘g‘risida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi va o‘zbek tilida imloviy xatolarni to‘g‘rilash yuzasidan tushuntirish olib borildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Til qadri...

Ssenariy muallifi va rejissyor: Shohruh Norqulov
Operator: Jasur Yusupov
Rassom: Erkin Xushmatov
Maslahatchi: Xurshid Abdurashid

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Jadid.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e'lon

“Ommaviy diktant” tadbiri g‘olib va sovrindorlari diqqatiga!

✍️ 2024-yilning 16-oktabr kuni soat 11:00 da Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2024-yil II yarim yillik ish rejasida belgilab qo‘yilgan vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida www.tilbilig.uz platformasi orqali “O‘zbekiston kelajagi savodxon yoshlar qo‘lida” shiori ostida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazilgan edi.
Batafsil 👈

“Eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega OTM”
“Eng yaxshi diktant matni egasi”

☎️ +998933344491

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
#JARAYON

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Farg‘ona hududiy boʻlinmasida “Oʻzbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” malaka oshirish bo‘yicha 2025-yil uchun an’anaviy kurs tinglovchilarining ro ‘yxati shakllantirildi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona tili alla bilan jon-u ruhimizga singadi. O‘zligimiz, o‘zbekligimiz u bilan. Ona tilimiz borki, millatimiz bor. Bugun qadr topgan tilimizning kechagi kuni oson kechmagan.

Tilimizning shonli va suronli o‘tmishi haqqi uning qadriga yetmog‘imiz, rivojiga hissamizni qo‘shmog‘imiz kerak...

Adabiyotshunos, adib va shoir Muhammad Valining o‘zbek tili bayrami arafasida bitilgan she’rida ham ana shunday fikrlar qalamga olinadi. Namangan davlat universiteti talabalari ushbu she’rni yod o‘qidilar.

Namangan davlat universiteti

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Orif Tolib
Zidlov bogʻlovchisi va esa: bittasini ishlating

Baʼzan zidlov bogʻlovchisi bilan boshlangan gapda esa ham qoʻllanadi. Bu xatodir. Chunki zidlov bogʻlovchilari zamiridagi nisbatlash, ajratish maʼnolari esa soʻzida ham bor. Mazmunni takrorlash gʻalizlik keltirib chiqaradi:

Oʻtgan gal tortishuv boʻlgandi, ammo bugun esa unday emas.

Ikkovidan birini ishlatish kerak:

Oʻtgan gal tortishuv boʻlgandi, ammo bugun unday emas.
Oʻtgan gal tortishuv boʻlgandi, bugun esa unday emas.

Boshqa misol:

Men unga rosa tushuntirdim, biroq u esa tushunmadi.

Men unga rosa tushuntirdim,
biroq u tushunmadi.
Men unga rosa tushuntirdim, u esa tushunmadi.


#Soʻragan_edingiz

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
FARG‘ONADA QONUN IJROSI YUZASIDAN NAVBATDAGI NAZORAT TADBIRLARI O‘TKAZILDI

“Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ijrosi yuzasidan Buvayda tumani hamda Marg‘ilon shahar hokimlarining maslahatchilari tomonidan markaziy ko‘chalardagi tashqi yozuvlar (peshlavha, reklama va boshqa e’lon, axborot matnlari) davlat tilida, xatolarsiz yozilishini ta’minlash borasida nazorat tadbirlari tashkil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonun talablariga mos kelmagan, davlat tilida yozilmagan, eskirib, yirtilgan tashqi reklama vositalari bevosita tadbirkorlik subyektlari guvohligida olib tashlandi.

Hududlarda amaliy tadbirlar davom etmoqda.

S.Tongotarova,
Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tilida_ish_yuritish HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR (REKVIZITLAR) VA ULARNI RASMIYLASHTIRISH Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlarning belgilangan majmuiga va barqarorlashgan…
#Davlat_tilida_ish_yuritish

«Axborot kompyuterda ko‘chirilganligi haqidagi qayd».


Ma’lumotlarning kompyuterga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi «Axborot kompyuterga ko‘chirildi» yozuvi, ma’lumotlarni kompyuterga o‘tkazish uchun mas’ul shaxs imzosi va ko‘chirish sanasidan iboratdir.

Bunday qayd hujjatning quyi qismidagi bo‘sh joyga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil
Veb-sahifa | Telegram | Facebook