DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#Davlat_tilida_ish_yuritish Sana ✔️Imzo chekilish sanasi, tasdiqlash sanasi, rozilik sanasi, shuningdek, matn ichidagi sanalar so‘z bilan ifodalangan sana usulida rasmiylashtiriladi. Sanalar arab raqamlarida alohida satrda ko‘rsatiladi. Masalan: 2024-yil…
#bilib_oling
SANALAR IMLOSI
1. Hujjatlar odatda imzolangan kundan kuchga kiradi, shu bois ularga imzo qoʻyilgan sanasi yoziladi.
2. Sanalarni yozishda arab raqamlari ishlatiladi (yilni ifodalash uchun toʻrtta, oyni ifodalash uchun ikkita va kunni ifodalash uchun ikkita raqam), ular nuqta bilan ajratiladi: 2020.13.09, 2020.08.01.
3. Sanani raqamlar bilan yozganda, avval kun, keyin oy va yillarni yozish maqsadga muvofiq emas: 13.09.2020 ❌
4. Shunday yozilgan taqdirda, soʻnggida yil soʻzi yoki uning qisqartmasi (y.) qoʻyilmaydi: 13.09.2020-yil ❌
5. Yilni ikkita raqam bilan ifodalash maqsadga muvofiq emas: 20.09.13 ❌
6. Sanani harf va raqamlar bilan ham yozish mumkin: (1992-yil 1-sentabr)
7. Vaqt oraligʻini ifodalovchi ikki sana orasiga chiziqcha (–) qoʻyiladi va ularning orasida boʻsh joy boʻlmaydi: 2015–2020-yillar, 12–13-sentabr.
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Telegram
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling
🔰"Tolchovkon" so‘zining maʼnosini bilasizmi?
📺 "Bir so‘z taʼrifi"

KОRCHAL(L)ОN [dallоl; ishbilarmоn]
1 O‘zini hammadan bilimdоn dеb hisоblоvchi, bilarmоn;
mahmadоna.
Sanamay sakkiz dеb yurgan ekansiz, kоrchalоn kеksa! Оybеk,
О.v. shabadalar.
2 Ishbilarmоn, epchil.
S.Ayniy, Dохunda. Azimjоn o‘zi badavlat kоrchalоn, yigit yoshidan buyon qоrako‘l bo‘yicha nоyob mutaхassis.
A.Muхtоr, Chinоr.

🔰"Qaysa" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📌Ranglarni o‘zbekcha nomlarini bilib oling.

MEZANA
Masjid minorasining muazzin azon aytadigan yuqori qismi.
Yaqin oradagi masjid mezanasidan muazzinning azon aytayotgan ovozi eshitildi. “Fan va turmush”.
So‘fi azon aytadigan mezana buzilganida men kelinchak edim. Sh.Xolmirzayev, Saylanma.

Dakki nima?
✔️Oʻrinsiz, nojoʻya ish, xatti-harakat uchun aytilgan qattiq tanbeh, taʼzir, koyishdir.
Qizigʻi shundaki, manbalar bu soʻzning tarixini hind tilidagi zarb, turtki, iztirob maʼnosidagi dhakka soʻziga olib boradi.
✔️Buni "dakki eshitmoq", "dakki yemoq" iboralarida koʻp eshitganmiz. Yoshligimizda bobolarimiz, ustozlarimiz bizga dars berishlari bilan bir qatorda dakki ham berishgan. Shunday maqol bor: Chakki yursang, dakki yersan.
shevashunos

Burgʻulash yoki burgʻilash?
Bu soʻzni yozishda koʻpchilik adashar ekan. Buning asosiy sababi — burgʻu va burgʻi soʻzlarining mavjudligi. Bugun soʻzni qanday yozish kerakligini bilib olamiz.
1. Geologik izlanishlarda, togʻ-konchilik ishlarida jinslarni parchalash, chuqur qazish uchun ishlatiladigan asbob burgʻi deyiladi. Burgʻi yordamida bajariladigan ish burgʻilash ishi boʻladi.
2. Hayvon shoxidan yasalgan cholgʻu asbobi burgʻu deb ataladi. Bu soʻzdan burgʻulash feʼli hosil boʻlmagan.
Demak:
Burgʻulash ❌
Burgʻilash ✅
@xatoliklar_lotin

Heshtegni o‘zbek tilidagi muqobili bormi?
Heshteg – inglizcha hash va tag so‘zlaridan olingan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqda biror mavzuga oid manbalarni oson topish uchun panjara belgisi (#) qo‘shib yoziladigan kalit so‘z yoki ibora.
Filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Dadaboyev tavsiya etadi:
Heshteg – qulavuz; yo‘lchi. Ilk bor “yo‘lchi, yo‘l ko‘rsatuvchi” ma’nosida XI asrda eski turkiy til obidalari “Qutadg‘u bilig” hamda “Devonu lug‘otit-turk”da qulavuz //qulabuz istilohi qayd etilgan:
Bu ko‘kdaki yulduz bir ancha bezak,
Bir ancha qulavuz, bir ancha yazak
(“Qutadg‘u bilig”).
O‘rxun yodnomalaridan To‘nyuquq bitigida qayd etilgan ma’no yerchi yasamasi bilan ifodalangan: Yerchi tiladim – Yo‘l ko‘rsatuvchi istadim.
Qadimgi Turfon matnlarida “yo‘lboshlovchi, yo‘lchi” anglami yo‘lchi-yerchi juft so‘zi yordamida anglashilgan. Ayni ma’noni bildirish uchun Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” pandnomasida qulavuzning ma’nodoshi yo‘lchi istilohini ishlatgan: Qamug‘ ishka yo‘lchi bilig bar uqush – Har qanday yumushda bilim va aql yo‘lchidir.
Qulavuz istilohi XIV asrda Xorazm adabiy muhitida yaratilgan “Guliston bit turkiy” hamda “Nahjul-farodis” asarlari so‘z boyligidan o‘rin olgan: Payg‘ambar alayhissalom aytdikim, bizga bir qulavuz kerak (“Nahjul-farodis”, 12-b. 110).
Hozirgi o‘zbek kompyuter tilshunosligi terminlari tizimida muayyan mavzuga tegishli manbalarni topish yengil kechishi uchun “#” belgisiga qo‘shib yozilayotgan inglizcha heshteg so‘zini ajdodlar tilida keng qo‘llangan qulavuz, yo‘lchi, yerchi so‘zlaridan biri bilan almashtirish mumkin.
Bu inglizcha so‘z o‘rnida qulavuz istilohini iste’molga kiritish tarafdoriman. Zotan, ushbu birlik tarixan bir ma’noda ishlatilgani bilan e’tiborga molik. Qolaversa, hozirgi turk tilida keng qo‘llanayotgan kulavuz 1) yo‘lboshlovchi; sayyohlarga tushuntirish beruvchi (gid); 2) yo‘lko‘rsatkich; ma’lumotnoma; 3) boshqaruvchi, yetakchi (uchaq); 4) sovchi; 5) tex. yo‘naltiruvchi (izga, yo‘lga) ma’nolarini ifodalashda qo‘l kelmoqda.
manba

Barsetkaning o‘zbekchasi nima?
Barsetka tutaman. Qulay idish. Ichiga talay narsani sig‘dirsa
bo‘ladi. Hujjat-pujjat, pul-muldan tashqari kalit-palit, fleshka, hatto kichikroq telefonni ham joylasa bo‘ladi.
Aslida bu so‘z italyan tilidan tarqalgan bo‘lib, «sumkacha» ma’nosini bildiradi.
Lekin bu matohni o‘zbek tilida qanday atasak bo‘larkin, deb o‘ylab yuraman. Hamyon desak, hamyonda faqat pul saqlanadi. Qopchiq desak, kichikroq bo‘lishi kerak. Yaqinda Abdulla Qodiriyni mutolaa qila turib, xilondon degan so‘zga duch keldim.
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni varaqlasam, xayriyat, unda bu so‘z bor ekan. Izohi ushmundoq:
XILONDON
esk. Ichiga soqoltaroq, qayirma pichoq, tishkovlagich kabi buyumlar solib, belboqqa osib yuriladigan, charmdan yasalgan kichik sumka. Qo‘lida o‘sha o‘zing ko‘rgan xilondoni, oyog‘ida nag‘malik etik. Abdulla Qodiriy. “Kichik asarlar”.
Xullas, xilondon barsetkaning o‘zginasi ekan-da. Lekin hozircha bu so‘zning qanday paydo bo‘lgani va ildizi haqida biror ma’lumotni topolmadim.
BOBOSO‘Z IZIDAN
(So‘zlar bilan so‘zlashuv)
✍️Eshqobil Shukur

Oʻzbek tili tarixiy taraqqiyoti va oʻzbеk etnоnimi
Oʻzbek tili eng qadimiy tillardan biri. Albatta, dastavval, mazkur til “oʻzbek tili” deya atalmagani barchamizga ma’lum.
Uning qadimiy bosqichlari haqida turkologlar, tilshunoslar turli fikrlarni, turli tasniflarni qayd etganlar.
Biz ham mazkur monografiyada oʻzbek tilining tarixiy taraqqiyotini an’anaviy tarzda 4 bosqichga ajratishni ma’qul koʻrdik.
1) qadimgi turkiy til;
2) eski turkiy til;
3) eski oʻzbek adabiy tili;
4) hozirgi oʻzbek adabiy tili.
Qadimgi turkiy til hamda eski turkiy til barcha turkiy tillarning taraqqiyotida mavjud boʻlgan bosqichlardir. Chunki bu davrlarda turkiy tillarning hech birisining oʻziga xos xususiyatlari paydo boʻlmagan, barcha turkiy xalqlar yagona tildan foydalangan.
Toʻgʻri, ayrim qabila, urugʻ foydalangan til shakli umumiy turkiy tildan farqlari boʻlgan, ammo ular alohida til sifatida shakllanib ulgurmagan.
XII asr oxiri XIII asr boshlarida asta-sekin turkiy xalqlarning
tillaridagi farqlar, ularning oʻziga xos xususiyatlari yuzaga kela boshlagan.
"OʻZBЕK TILINING SHАKLLАNISHI VА RIVОJLАNISHI TАRIXI"
А.R.MАTNIYAZОV, B.YUSUFOV
Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

❓Najdak qayroqtoshmi?
"Ruscha-o‘zbekcha lug‘at"ning 1983-yilgi nashrida najdak
so‘ziga shunday izoh berilgan:
Najdak m.r. -a najdak, jilvir qumqayroq.
Qumqayroq so‘zi bizga tushunarli.
Jilvir so‘ziga "O‘zbek tilining izohli lug‘ati"da quyidagicha izoh berilgan:
Jilvir, jilvir qog‘oz – qayroqqum qoplangan qog‘oz yoki mata (buyumlarning sirtini silliqlash, sayqallash, jilolash uchun ishlatiladi).
❗️Qoshg‘ariy "Devon"ida berilgan izohga ko‘ra, bu so‘z nijdag‘
shaklida qo‘llanib, qayroqtosh ma’nosini anglatgan.
✔️Demak, ko‘pchilikka ruscha bo‘lib tuyulgan najdak so‘zining ham tub ildizi turkiy tilga borib taqaladi.
"BOBOSO‘Z IZIDAN"
(So‘zlar bilan so‘zlashuv)
✍️Eshqobil Shukur
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil

“XOBBI”NING OʻZBEKCHASI YOʻQMIDI?
❓ Shunisi aniqki, “xobbi”ni hamma “xobbi” deydi. Hatto, ikki jildlik “Ruscha-oʻzbekcha” lugʻatda ham u “xobbi” deb “tarjima” qilinib, qavs ichida: “Asosiy ishidan boshqa biror narsaga qiziqish, sevgan mashgʻuloti” (Ruscha-oʻzbekcha lugʻat. Ikki tomli. T. 2. ‒ Toshkent: oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi, 1984. ‒ B. 689).
✔️Nima, ruscha terminlar kirib kelgunicha odamlarimizning “xobbi”si boʻlmaganmi? Boʻlgan. Bor. Navoiy shatranj oʻynamaganmi, soz chalmaganmi?!
✔️Faqat biz oʻzbekchasini topib, joy-joyiga qoʻymaganmiz. Ishlatilavermasa, soʻz nofaol (passiv), timsoliy qilib aytilsa, dangasa boʻlib qoladi.
✔️Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamol “Anvarmirzo hikoyatlari” kitobida “xobbi” ning sof oʻzbekchasini topib, juda oʻrnida ishlatgan:
Bir ajoyib koʻngilxushi yamoqchiga yor edi,
Uning yetti bedanasi, uch bulbuli bor edi (B. 270).
Yana:
Uchinchisi ‒ oʻziga bir koʻngilxushi saylasin
Va oʻshanga mashgʻul boʻlib, koʻnglini shod aylasin (B. 271).
✔️Marhamat, bundan keyin hammamiz “xobbi” emas, “koʻngilxushi” deyaveraylik! Aytaversak, faollashib, korimizga yarab qoladi.
✔️Axir, pichoqni ham ishlatmay qoʻysak, zanglaydi-ku. Tappa-tayyor ish qurolimizni zang bostirib, zarur boʻlib qolganida qoʻshnidan soʻrab yurmaylik!
✍️Sultonmurod OLIM,
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi.

Bir yasharlar
bir yashar toychoq – yabag‘li;
bir yashar tuya – bo‘ta (loq);
bir yashar buzoq – tona (tana);
bir yashar echki – shishak (ikki yoshli qo‘y ham shunday ataladi);
ikki yoshli tuya – kashak;
ikki yoshli ho‘kiz – ko‘na va do‘na.
Hayvonlarning qadimgi nomlari:
qo‘shoyoq – yalman;
kaptar – ko‘karchin (kӧkӓrchin), o‘karchin (ӧkӓrchin);
olmaxon – tiyin;
buyurchuq – bedananing modasi;
tartaz – bedana xo‘rozi;
kaltakesak – kesaltki;
lochin – balaban, yag‘labay, to‘g‘an;
qaldirg‘och – qarlug‘ach, qarlag‘ash;
turna – kalak (kӓlӓk);
suvsar – ko‘ganak (kögӓnӓk).
(«Kitobat-tuhfa» asaridan)
✍️ Eshqobil Shukur, "Boboso‘z izidan".
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bir yasharlar
bir yashar toychoq – yabag‘li;
bir yashar tuya – bo‘ta (loq);
bir yashar buzoq – tona (tana);
bir yashar echki – shishak (ikki yoshli qo‘y ham shunday ataladi);
ikki yoshli tuya – kashak;
ikki yoshli ho‘kiz – ko‘na va do‘na.
Hayvonlarning qadimgi nomlari:
qo‘shoyoq – yalman;
kaptar – ko‘karchin (kӧkӓrchin), o‘karchin (ӧkӓrchin);
olmaxon – tiyin;
buyurchuq – bedananing modasi;
tartaz – bedana xo‘rozi;
kaltakesak – kesaltki;
lochin – balaban, yag‘labay, to‘g‘an;
qaldirg‘och – qarlug‘ach, qarlag‘ash;
turna – kalak (kӓlӓk);
suvsar – ko‘ganak (kögӓnӓk).
(«Kitobat-tuhfa» asaridan)
✍️ Eshqobil Shukur, "Boboso‘z izidan".
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Telegram
DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi
Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
Murojaatlar uchun: @Davlat_tili_murojaat_bot
#bilib_oling
Toshmat Gʻishmatovich Eshmatov. Familiya, ism va otaismlar imlosi
FIOni qanday yozish kerak? Qayerdadir bularni qanday yozish kerakligi belgilab qoʻyilganmi? Tashkilotlar, nashriyotlar, turli muassasalar buni istaganicha yozib keldi, bundan keyin ham istaganicha yozib boraveradimi?
Rasmiy hujjatlarda avval ism, keyin otaism, soʻngida familiya yoziladi: Toshmat Gʻishmatovich Eshmatov.
Qisqartirib yozish variantlari:
- T.Gʻ.Eshmatov (ism va otaism orasida ham, otaism va familiya orasida ham boʻsh joy qoldirmay yozilgan);
- T.Gʻ. Eshmatov (otaism va familiya orasida boʻsh joy qoldirib yozilgan);
- T. Gʻ. Eshmatov (barchasining orasida boʻsh joy qoldirib yozilgan);
Bularning qay biri toʻgʻri?
Probel (boʻsh joy) oʻzi nimani bildiradi? Bu soʻzlarni bir biridan ajratish uchun ishlatiladi, har bir yangi soʻz ajratib yozilishi kerak. Biz Toshmat Gʻishmatovich Eshmatov soʻzlarini ajratib yozamiz, nima uchun bularning qisqartmalarini qoʻshib yozishimiz kerak?
Mana shu mantiqdan kelib chiqib, T. Gʻ. Eshmatov shaklida, yaʼni har bir elementni ajratib yozishimiz toʻgʻri boʻladi.
Boshqa tarafdan, matnda FIOning bir qismi birinchi qatorda, qolgani ikkinchi qatorga oʻtib qolishi mumkin, deydiganlar boʻlishi mumkin. Bu muammoni hal qilish uchun, ularning orasiga oddiy probel emas, boʻlinmas probel qoʻyish kerak.
Microsoft Word dasturida boʻlinmas probel qoʻyish: klaviaturada Ctrl va Shift tugmalarini bosib turib, probel tugmasini bosing.
Demak:
T.Gʻ.Eshmatov ❓
T.Gʻ. Eshmatov ❓
T. Gʻ. Eshmatov ✅

Bedananing tullagi
Biz odatda yomon fe’lli, ayyor, tuban odamlarga nisbatan tullak
so‘zini qo‘llaymiz. Bu so‘zni birovga nisbatan ishlatish haqorat bilan
barobar. Holbuki, tullak so‘zi u darajada yomon ma’noni anglatmaydi.
«O‘zbek tilining etimologik lug‘ati»da izohlanishicha, tullak – «bulturgi, bir yoshdan oshgan bedana» ma’nosini bildirib, uning tub ildizi tullagan fe’liga borib taqalar ekan.
Boshqa turkiy tillarda ham bu so‘z mavjud. «Oltoy-Olatog‘ lug‘ati»da tullak so‘zi «tulak» shaklida berilib, mazmuni «yalang‘och», «kal», «tuksiz», «o‘tovda saxtiyon teridan qilingan to‘shama» deb izohlanadi.
Nima bo‘lganda ham, tullak so‘zi tilimizda yomonotliqqa chiqib bo‘lgan. Balki bu so‘zning bunday ramziy ma’noga kelishiga hayvonlarning tullaganda juda xunuk ko‘rinib qolishi sabab bo‘lgandir. Har holda har kimni «tullak» degan nomdan saqlasin.
«Devon» muallifi tӱlӓk (tülӓk) («tullash») so‘zining «tullamoq» ma’nosini ifodalagan tӱlӓ fe’lidan hosil bo‘lganini qayd etgan: At tӱlӓdi – ot tulladi.

Kasb egasi va kasb nomi
Rus tilidan tarjima qilganda koʻpincha kasb egasi va kasb nomini adashtirib qoʻyadilar. Rasmga qaraydigan boʻlsak, SMM-menejer kasbi deyilgan, aslida bu kasb emas, kasb egasining nomidir.
Farqlab olish uchun sodda qilib tushuntiramiz:
• kasb nomi — jonsiz (kasb);
• kasb egasi — jonli (odam).
Aytaylik, siz novvoyxonada non yopasiz. Novvoy — bu sizning nomingiz, kasbingiz emas. Unda kasbingiz nima? Kasbingiz — novvoychilik.
Kasb nomlari odatda -lik (baʼzi hollarda -chilik) qoʻshimchasi yordamida hosil boʻladi.
SMM-menejer kasbi ❌
SMM-menejerlik kasbi ✅
Oʻqituvchi kasbi ❌
Oʻqituvchilik kasbi ✅
Zargar kasbi ❌
Zargarlik kasbi ✅
Arxitektor kasbi ❌
Arxitektura kasbi ✅
Meʼmorchilik kasbi ✅
Dizayn kasbi ❌
Dizayner kasbi ❌
Dizaynerlik kasbi ✅