🗣 Insonga salbiy ta'rif
AYYOR, MUG‘OMBIR, HIYLAGAR, QUV, USTOMON, MAKKOR, DOG‘ULI, MO‘LTONI, QILVIR(I), SHAYTON, TULKI, TULLAK, QIRRIQ, XIRPA, MASTON.
Aldab, chalg‘itib, har qanday ishni o‘z foydasiga hal qiladigan, makr-hiylaga usta. Ayyor, quv, mug‘ombir so‘zlari odamga va ayrim boshqa jonivorlarga nisbatan ham qo‘llana oladi. Ustomon, hiylagar so‘zlarining ma'nosi uning o‘zagidan anglashilib turadi. Mug‘ombir so‘zida belgi darajasi ayyor so‘zidagiga nisbatan bir oz kuchsiz. Quv so‘zida belgi darajasi kuchliroq. Dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), makkor so‘zlarida ham belgi darajasi kuchli, lekin bu so‘zlar nisbatan kam qo‘llanadi. Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa so‘zlari «ish ko‘rgan ayyor» ma'nosida qo‘llanadi. Maston so‘zi folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi.
🔹 Tulkini aldab sog‘urlar, Turfa ayyordir to‘ram. («Mushtum»)
🔹 Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug‘ombir, puxta-pishiq. (Oybek)
🔹 Bir ertakda tulki hiylagar odamning qilmishlarini ko‘rib ayyorlikdan voz kechib yuborardi. («Mushtum»)
🔹 Biz xuddi bekdek sezgir, quv bo‘lishimiz kerak... (H. G‘ulom)
🔹 Tavba, bunday ustomonni ko‘rgan emasman. (Oybek)
🔹 Dushmanning makkor va qo‘rqinchli niyatini oynaday ravshan ko‘rsatgan xaritadan xo‘rsinib boshini oldi. (Oybek)
🔹 Bunaqa dog‘ulilar ishni boplab yuradi. (Said Ahmad)
🔹 Avvali shuki, hech kimim yo‘q, yolg‘iz boshim degandir, shum ukasi, ilonning yog‘ini yegan mo‘ltoni onasi borligini yashirgandir. (A. Qahhor)
🔹 Ha-ha, juda qilvirsan, ilonning yog‘ini yegansan. (Yashin)
🔹 Yana u Mirzakarimboy xonadoniga boshliq bo‘lib kekkaysin... boylikning nishabini o‘z tomoniga to‘g‘rilasin!.. U juda shayton xotin. (Oybek)
🔹 Chol soqolini timiskilab: «Ehtiyot bo‘ling u Qo‘qonboy juda tulki odam, kattaroq shikast yetkazmasin», - dedi. (Mirmuhsin)
🔹 O‘zi ham ish ko‘rgan tullak emasmi, endi bu og‘ir holatdan ustalik bilan chiqib olish yo‘llariga yopishadi. (A. Qodiriy)
🔹 Haydarov esa rahbar kishilarga xos fazilatlardan tamoman mahrum, qirriq kishi. («Tanish basharalar»)
🔹 Yerning tagida ilon qimirlasa bilaman! Bilasizmi, o‘sha eski, xirpa Boymat buning ham chorasini allaqachon topib qo‘ygan! (Yashin)
🔹 Erdan ayyor, xotindan ko‘p mastoni. Siringni yolg‘izim aslo bildirma. («Ravshan»)
#maʼnodoshlar / #sifat_salbiy / #tanbeh / #toifa_odamlar / #insonga_salbiy_taʼrif
Oʻzbek tili xazinasi

#maʼnodoshlar / #sinonimlar
Ayyor soʻzining maʼnodoshlari:
- mugʻombir,
- hiylagar,
- quv,
- ustomon,
- makkor,
- dogʻuli,
- moʻltoni,
- qilvir(i),
- shayton,
- tulki,
- tullak,
- qirriq,
- xirpa,
- maston,
- pixini yorgan,
- ilonning yogʻini yalagan,
-nayrangboz
@mening_tilim
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Boqiy soʻzining maʼnodoshlari:
- mangu,
- umrbod,
- umrbodga,
- toabad,
- ilalabad,
- mudom,
- doimiy,
- muntazam,
- uzluksiz,
- toʻxtovsiz,
- cheksiz,
- chegarasiz,
- hadsiz.
Ziyolilar uchun 👉 @mening_tilim